Buxgalteriya daftarlari - bir-biriga biriktirilgan va muqovalangan qog'oz varaqlaridir. Muqovasida muayyan korxonaning nomi, hisobot yili va buxgalterlik hisobi schotlarining nomi va shifri ko'rsatiladi. Daftar varaqlari buxgalteriya yozuvlari yozilishiga qadar raqamlanadi, ayrim maxsus ahamiyatga ega bo'lgan daftarlar ip o'tkazib, ipning uchlari daftaming oxirgi betiga surg'uchli muhr bilan muhrlanadi va «Ushbu daftarda hamma betlar raqamlangan» degan yozuv yozilib, korxona rahbari va bosh buxgalterining imzolari qo'yiladi. Daftaming kerakli betini tez topish maqsadida uning birinchi betiga mundarija qilinadi.
So'nggi yillarda daftar shaklidagi hisob registrlari kam qo'llanilmoqda. Chunki, ular hisob xodimlari orasida vazifalami taqsimlashda noqulay va xo'jalik muomalalarini qayd qilishda hisoblash texnikasidan foydalanishni qiyinlashtiradi.
Kartochkalar xo'jalik muomalalarini ro'yxatga olish uchun mo'ljallangan bir xil shakldagi qog'oz va kartondan tayyorlangan, tnaxsus rekvizitlari matbaa usulida bosilgan jadvallardir. Ular analitik hisob uchun ishlatiladi.
Kartochkalar ochilish vaqtida maxsus reestrda qayd qilinadi. Yil boshida reestrda awal qoldig'i bor schotlar bo'yicha ochilgan kartochkalar, so'ngra yangi ochilgan kartochkalar xronologik tartibda qayd qilinadi. Amalda kartochkalar bir nusxada ochiladi va korxona buxgalteriyasida maxsus quti-kartotekalarda saqlanadi. Kartochkalami saqlash va ulardan foydalanish qulay bo'lishi uchun kartoteka bo'igichlar (karton plastinkalar) va indikatorlar (metall plastinkalar) bilan jihozlanadi. Jamlash va hisoblash texnikasida bajarilganda ham kartoclikalardan foydalanish yozuvlami bajarishga imkon beradi. Bundan tashqari, ular hisob xodimlari o'rtasida ishni taqsimlashda yordam beradi.