Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə128/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Korrektura usuli ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar topilgan xatolami tuzatishda qo'llaniladi. Bu usulda noto'g'ri yozuv ustidan, uni o'qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va yuqorisiga to'g'ri yozuv yozib qo'yiladi. Bunday tuzatish to'g'risida tegishli registming bo'sh joyiga izoh berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jumal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar tuzatiladi. Registrlar jamlangandan so'ng, lekin yozuvlar bosh daftarga o'tkazilmasdan oldin, registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun belgilangan bo‘sh qator yoki grafada, maxsus buxgalteriya ma'lumot- r.omasi (spravkasi) asosida amalga oshiriladi. Jamlangan ma’lumotlar daftarga o'tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni tuzatishga yo'l qo'yilmaydi. Bunday vaqtda ham xatoni tuzatish maxsus tuziladigan buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu ma’lumot- nomadagi yozuv Bosh daftarga alohida o‘tkaziladi. Ma’lumotnoma esa xato topilgan jumal-orderga ilova qilinadi (tikib qo'yiladi).
Qizil sterna usuli schotlar aloqasida yo‘1 qo'yilgan va schotlarga tarqatib yozilgandan so‘ng yoki hisobot tuzilgandan so'ng topilgan xatolami tuzatishda qo'llaniladi. Bu usul noto'g'n schotlar aloqasi bilan yozuv yana o‘shaning o‘ziday qilib qizil siyoh bilan yoziladi. Shundan so‘ng to‘g‘ri yozuv oddiy rang bilan yozib qo'yiladi. Summalar jamianganda xato yozuv va qizil rang bilan yozilgan (stomo) yozuv o zaro bir-birini yo'qotadi va to'g'ri yozuv qoladi.
Yo‘1 qo'yilgan xatoni qizil stomo usuli bilan tuzatishni quyidagi misolda ko'rib chiqamiz.
Masalan, ferrner xo'jaligida hisobdor shaxsga xizmat safari uchun kassadan 50000 so'm bo'nak berildi va bu muomala schotlarga quyidagicha aks ettirilgan:

  1. 4890 - «Boshqa debitorlar qarzlari» schotining debeti - 50000 so'm 5010-«Milliy valutadagi pul mablag'lari» schotining krediti - 50000 so'm

Bu yozuv noto'g'ri, chunki hisobdor shaxsga xizmat safari uchun berilgan bo'naklar 4890 -«Boshqa debitorlar qarzlari» degan schotda emas, balki 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo'naklar» degan schotda hisobga olinishi kerak. Yo‘1 qo'yilgan xatoni tuzatish uchun avval xuddi shu xato yozuv qizil siyoh bilan yoziladi yoki oddiy rangda yozilib to'rtburchak ichiga olinadi;

  1. 4890-«Boshqa debitorlar qarzlari-joriy qismi» schoti debeti |50000| so'm.

50l0-«Milliy valutadagi pul mablag'lari» schoti krediti |50000| so'm.
Natijada ushbu qizil yoki to'rtburchak ichiga olingan yozuv oldingi xato yozuvni yo'qqa chiqaradi. So'ngra mazkur xo'jalik muomalasining mazmuniga mos keladigan to'g'ri yozuv oddiy rangda yoziladi.

  1. 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo'naklar» schotining debeti 50000 so'm.

5010-«Milliy valutadagi pul mablag'lari» schotining krediti 50000 so'm
Yuqoridagi schotlar korrespondensiyasi buxgalterlik hisobi schotlarida quyidagicha aks ettiriladi:

SchotM 4890 «Boshqa debitorlar qarzlari» D-t K-t

Schot№50!0 «Milliy valutadagi pul mablag'lari» D-t K-t
Schot № 4220 «Xiztnat safari uchun berilgan bo'naklar» D-t K-t

3) 50000




Oborot: 50000

Oborot: —

S-do: 50000













Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin