20-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBOTI Haqiqat qanday bo‘lsa, shundayli- gicha aks ettirish, balki yaxshidir, ammo haqiqatni yaratgan yaxshiroq. Juzeppe Verdi REJA 1. Hisobotning mohiyati va ahamiyati 2. Hisobotlarning turlari, tarkibi va unga
qo'yiladigan talablar 3. Umumlashtirilgan (konsolidatsiyalangan)
moliyaviy hisobot 4. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati 1. Hisobotning mohiyati va ahamiyati Korxonaning joriy faoliyati ma’muriyat tomonidan boshqaruv funksiyalarini safarbar qilish yo'li bilan amalga oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan ma’lum vaqt oralig'ida amalga oshirilgan xo'jalik muoma- lalari to'g'risidagi axborotlar tegishli bisob registrlarida umuinlash- tiriladi va guruhlangan holda ulardan buxgalteriya hisobotlariga o'tkaziladi. Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimida hisobot korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo'jalik faoliyati natijalari to'g'risidagi ma’lumotlaming yagcna tizimi sifatida qaraladi. Hisobotlar ma’lum hisobot davri uchun belgilangan shakllar bo'yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari asosida tuziladi. O'z navbatida hisobot davri - bu korxona moliyaviy hisobotini tuzishi lozim bo'lgan davr.
«Buxgalteriya hisobi to'g'risidawgi qonunning 18-moddasiga muvofiq moliyaviy hisobotning hisobot davri 1-yanvardan 31-dekabrga qadar bo'lgan kalendar yil deb belgilangan. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun ular yuridik shaxs huquqiga ega bo'lgan sanadan boshlab, yuridik shaxs hisoblanmaydigan subyektlar uchun esa ular tegishli davlat organlarida ro'yxatga olingan sanadan boshlab, o'sha yilning 31 -dekabrigacha bo'lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanishi belgilangan.
Agar xo'jalik yurituvchi subyekt joriy yilning 1-oktabridan keyin ro'yxatga olingan bo'lsa, uning uchun birinchi hisobot yili keying! yilning 31-dekabrida tugaydi.
Xo'jalik yurituvchi subyektni davlat ro'yxatidan o'tkazgungacha amalga oshirilgan xo'jalik muomalalari to'g'risidagi ma’lumotlar uning birinchi yildagi hisobotiga kiritiladi.
Hisob axborotlarini umumlashtirishning bunday tartibi awalo, korxonaning o‘zi uchun zarur va muayyan korxona moliya-xo'jalik faoliyatini aniqlashtirish hamda ayrim hollarda unga tuzatish kiritish bilan bog'liq.
Shuning uchun buxgalteriya hisobotining mazmuni axborotdan foydalanuvchilaming mulklar, moliyaviy ahvol, foyda va zararlar ahvoli to'g'risidagi ma’lumotlami baholashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo'lgan, istalgan faktlami ochib berishi lozim. Bunday axborotlardan foydalanuvchilar rahbarlar, ta’sischilar, ishtirokchilar va korxona mulkining egalari hisoblanadi.
Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati, mulkiy ahvoli va moliyaviy barqarorlik darajasi to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni kapital qo'yishdan manfaatdor bo'lgan investorlarda ham qiziqish uyg'otadi.