Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Buxgalterlik (moliyaviy) hisobot- bu hisobot davri uchun korxona



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə132/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Buxgalterlik (moliyaviy) hisobot- bu hisobot davri uchun korxona faoliyatining natijalari, tegishli tarzda tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladigan, о ‘zaro bog ‘liq ко ‘rsatkichlar to 'plami
Moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili buxgalteriya hisobi uslubiyatining asosi hisobfangan muhim tamoyillardan biridir.

oddiyligl





Qat 'iy belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi











taqqoslanuvchanligi


Ishonchlilik nafaqat buxgalterlik hisobi axborotlari, balki hisobning boshqa turlari, eng awalo statistik hisob ma’lumotlariga asoslanadi. Ushbu yondashuvning buzilishi biznes-reja tuzish, xo'jalik faoliyatining turli pog'onalarida mulklarni tezkor boshqarish imkonini ham yo'qqa chiqaradi. Ushbu talab hisobot va reja ko'rsatkichlarining taqqoslanuvchanligini talab etadi.
To'liqlik aniqroq asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Shu maqsadda sintetik va analitik hisob ma’lumotlari inventarizatsiya natijalari va mustaqil auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan bo'lishi lozim.
O‘z vaqtidalik zzmr moliyaviy hisobotlami tegishli joylarga belgilangan muddatlarda taqdim etishni bildiradi. Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar (budjet tashkilotlaridan tashqari), barcha tashkilotlar har chorakda choraklik yakunlanganidan keyin 30 kun ichida moliyaviy hisobot taqdim etishlari lozim. Yillik moliyaviy hisobot yil yakunlanganidan so‘ng 90 kun davomida, agar boshqacha muddat 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanmagan bo'lsa, taqdim etilishi lozim. U mulkdorlaming ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Moliyaviy hisobotning oddiyligi uning qisqa va tushunarliligidan iborat. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarga o'tkazilishi ushbu talabni amalga oshirishga yordam bermoqda.
Moliyaviy hisobotning tekshirishga qulayligi unda taqdim etilgan axborotning istalgan vaqtda tasdiqlanish imkoniyatini nazarda tutadi. Ushbu shart bilvosita unda taqdim etilgan axborotning betarafligini bildiradi.
Taqqoslanuvchanlik kechayotgan jarayonlar va tafovutlarni aniqlash maqsadida har xil vaqt oralig'ida bir xil ko'rsatkichlar mavjudligini nazarda tutadi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini ta’minlash maqsadida hisob siyosatiga o'zgartirishlar moliyaviy yilning boshida kiritilishi lozim.
Agar bunday taqqoslanuvchanlik bo'lmasa, hisobot davridan oldingi davr uchun ma’lumotlarga tuzatish kiritilishi kerak. Bunda 0‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimining amaldagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan qoidalar qo'llaniladi. Moliyaviy hisobot ko'rsatkichlarining uslubiy birligi shundan iborat.
Tuzatishlar va ulami bajarish uslubi moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida tuzatishlar sababi ko‘rsatilgan holda ochib berilishi lozim.
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi uning to‘laqonligi bilan kuchayadi, ya’ni u korxonaning o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati ko'rsatkichlari kabi, uning filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalari, jumladan mustaqil balansga ajratilgan boshqa tarkibiy bo‘linmalar ko'rsatkichlarini ham o‘z ichiga olishi lozim.
Bunday taqqoslashning maqsadi korxona rivojlanishining borishini aniqlash uchun zarur. Lekin undan foydalanishda axborotlaming foydalilik chegarasi tamoyilidan chetga chiqish mumkin emas. Bu esa noto‘g‘ri xulosalami shakllantirishga olib keladi. Masalan, korxona hisobot davrida ishlab chiqarishni pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish nizulmasini o‘zgartirish(diversifikatsiyalash) to‘g‘risida qaror qabul qilgan va shu munosabat bilan bankdan uzoq muddatli kredit olgan. Taqdim etilgan moliyaviy hisobot ma’lumotlariga ko‘ra korxonaning moliyaviy holati yaxshilanishini faqat uzoq kelajakda ko'rish mumkin.
Ushbu yondashuvlami amalga oshirish uchun moliyaviy hisobotda keltirilgan o‘tgan davrdagi va hisobot davridagi aniq ko'rsatkichlar bo'yicha axborotlami taqqoslash keltirilishi lozim.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin