Tejamlilik tegishli hisobot shakllarini unifikatsiyalash va standartlash, ayrim ko’rsatkichlami hisobot ina’lumotlarining sifatiga zarar yetkazmaydigan tarzda qisqartirish yo‘li bilan erishiladi. Bu eng avvalo, axborot-ma’lumotnoma tavsifidagi ko'rsatkichlarga taalluqlidir.
Moliyaviy hisobotga qo'yiladigan talablardan biri - uni rasmiylashtirish hisoblanadi. Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham inulklar, majburiyatlar va xo'jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish kabi, o‘zbek tilida va milliy valuta - so'mda amalga oshirilishini bildiradi. Moliyaviy hisobot korxonaning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobotni e’lon qilish 0‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 20-moddasida belgilangan ro’yxatdagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Ularga ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, sug'urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar biijalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari kiradi.
Moliyaviy hisobotni e’lon qilish axborotdan foydalanuvchilar uchun ma’lumot olish imkoni bo'lgan ommaviy axborot vositalarida yoki tegishli nashrlarda hamda qiziquvchilarga taqdim etish uchun korxona ro’yxatdan o'tkazilgan joydagi davlat statistika organlariga taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Yillik buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechikmasdan e’lon qilinishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishidan oldin auditor!ik tekshiruvidan o'tkazilib, ijobiy auditorlik xulosasi olingan va xo'jalik yurituvchi subyektning boshqaruv organi (aksiyadorlaming umumiy majlisi, ta’sischilar majlisi vah.k.) tomonidan tasdiqlangan bo'lishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot shakllaridan buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot (2-shakl) e’lon qilinishi lozim. Bunday tajriba xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan bo'lib, tashqi axborotdan foydala- nuvchilarga mazkur korxonaga kapital qo'yish va boshqa masalalar bo'yicha asosli qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Buxgalteriya balansi qisqartirilgan shaklda e’lon qilinishi mumkin va uning mazmuni korxona tomonidan 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qoidalarida ko'zda tutilgan talablar doirasida bo'lishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot bilan birga auditorlik xulosasi ham e’lon qilinishi mumkin. Uning mazmuni mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobotning ishonchliligi to'g'risidagi fikr (baho)dan iborat.
Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor etilmasligi uchun e’lon qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlami noqommiy olish va oshkor etish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
2. Hisobotlarning turlari, tarkibi va unga
qo'yiladigan talablar Xo'jalik yurituvchi subyektning hisobotlari uchta asosiy mezon bo'yicha turkumlanadi:
axborotlar hajmiga ko'ra;
tuzilish maqsadiga ko'ra;
davriyligi bo'yicha.
Hisobotdagi ma’lumotlar hajmiga ko'ra xususiy hisobot va umumiy hisobotlarga bo'linadi.
Xususiy hisobot xo'jalik yurituvchi subyektning bitta faoliyat uchastkasidagi ishi to'g'risidagi axborotlami o'z ichiga oladi.
Umumiy hisobot xo'jalik yurituvchi subyektning butun moliya- xo'jalik faoliyatini tavsiflaydi.
Hisobotlar tayinlanishiga ko'ra tashqi va ichki hisobotlarga bo'linadi.
Tashqi hisobotlar xo'jalik yurituvchi subyektning faoliyat tavsifi, daromadliligi mulkiy hamda moliyaviy ahvoli to'g'risidagi axborotdan tashqi foydalanuvchi-manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslami axborot bilan ta’minlash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunining 20-moddasiga muvofiq tashqi yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishi lozim.
Ichki hisobotlar xoj'alik yurituvchi subyektning ichki ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuziladi.
Hisobot qarnrab oladigan davrlar bo'yicha davriy (joriy) va yillik hisobotlarga bo'linadi.
Davriy hisobotlar hisobot yili ichida muntazam ravishda ma’lum davr oralig'i (kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yarirn yillik, 9 oylik) uchun tuziladi. Yillik hisobot hisobot yili tugaganidan so‘ng tuziladi (13.1-rasm).