Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Fransiya maktabining vakillari



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə16/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

3.Fransiya maktabining vakillari
4. Germaniya maktabi
5. Anglo-amerika maktabi
6.Rossiya maktabi
7.Mustaqillik yillarida hisob ilmining rivojlanishl


1.Buxgalteriya hisobining tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida
umumiy ma’lumotlar

«Tarix - bu o‘tmishga oid fakt va hodisalar majmui»l6.Tarix hamisha odamlar e’tiborini jalb etib kelgan. Har bir odam uchun o‘z Vatanining, o’z oilasining va o‘z kasbining tarixini bilishi muhim ahamiyatga ega.
Vatanimiz jahon hamjamiyatida o'zining munosib o’rnini topgan hozirgi paytda har bir kasbning, jumladan, buxgalterlik hisobining ham tarixini o'rganish zarurligi muhim ahamiyat kasb etmoqda, O’tmish tajribasini puxta bilgan buxgalter yillar o‘tib o‘z kasbining piriga aylanadi. Tarixda ma’lum bo'lgan narsalami ixtiro qilish uchun bekorga vaqt sarflab, yangidan «g'ildirak kashf etib» yurmaydi. Buxgalterlik ilmining tarixini o'rganuvchi uni takomillashtirishga harakat qilishi, fandagi haqqoniylik va xolislikni ta’minlashga o‘z hissasini qo’shishi hamda uning istiqbolini tasavvur eta olishi mumkin. Zero, «Moziyga qaytib ish ko'rish xayrlik, deydilar».
Buxgalteriya hisobiga oid ilmiy va o'quv adabiyotlarida hisob insoniyat tamadduni (sivilizatsiyasi) bilan birga taxminan 6000 yillar muqaddam vujudga kelganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Kishilik jamiyatining o’sib boruvchi ehtiyojlari hisobning rivojlanishiga olib kelgan va bu o‘z navbatida sivilizatsiyaning, xususan uning yozuv va matematika kabi ajralmas qismlarining rivojiga ulkan hissa qo'shgan.
Buxgalterlik hisobining tarixi haqidagi hozirgi kunda mavjud manbalarda ta’kidlanishicha, bu fanning asoschilaridan biri italiyalik matematik professor Luka Pacholi hisoblanadi, Uning 1494-yili Venetsiyada nashr qilingan «Schotlar va yozuvlar haqidagi traktat» nomli kitobida hozirgi zamon buxgalterlik ilmining dastlabki kurtaklari bayon etilgan1.
Lekin buxgalterlik hisobining paydo bo’lgan vaqtini aniq bir tarixiy sana bilan ko’rsatish, bizning fikrimizcha, unchalik to‘g‘ri emas. Gap Benedikti Kotrulining kitobi yoki Luka Pacholining traktati oldin yozilganida emas. Shunday ekan, buxgalterlik tarixini o‘rganishda tashqi va ichki sabablardan kelib chiqadigan, ikkita parallel evolutsiyani nazarda tutishimiz lozim. Tashqi sabablar bizni o'rab turgan dunyoning fanga bo'lgan talabidan kelib chiqadi. Bugungi buxgalterlik hisobi hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida axborotdan foydalanuvchilaming talablarini qondirishi, korxonalaming raqobatbardoshligini va xususiy mulk egalarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi lozim.
Ichki sabablar esa ilm-fan rivojlanishining mantiqiyligidan kelib chiqadi. Unda yuqorida ta’kidlaganimizdek, buxgalterlikka oid u yoki bu manbalaming yozilgan vaqtidagi ketma-ketlik hamda ular orasidagi mantiqiy bog'liqlik tushuniladi.
Masalan, Raymond de Ruver o‘z asarida ikkiyoqlama buxgalteriya hisobining paydo bo'lishi haqida shunday deb yozadi: «Bir narsa aniq: ikkiyoqlama buxgalteriya hisobi 1250 va 1350-yillar ichida Italiyada paydo bo‘lgan. Buning birinchi shubhasiz dalilini 1340-yili Genuaz boshqaruvchisining hujjatlaridan topamiz, ammo uning yanada qadimiy ekanligi haqida ham ma’lumotlar bor».
Takidlash joizki, hisobning rivojlanishi barcha xalqlarda tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tabiiy va boshqa shart-sharoitlari bilan bog’liq holda turlicha kechgan.
Darhaqiqat, o'tmishda ajdodlarimiz ham hisob-kitob ilmiga alohida ahamiyat berishgan. Jumladan, «Temur tuzuklari»da hisob, moliya va nazorat ishlari mamlakatni boshqarishda muhim vosita bo’lganligi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Masalan, «Raiyatdan mol-xiroj olish, mamlakatni tartibga keltirish va yuksaltirish, uning obodonchiligi, xavfsizligini amalga oshirish tuzuk»da saltanatni boshqarishda hisob va nazorat ishlari haqida shunday ma’lumotlar keltirilgan:
«... у ana har о 'lkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim. Bulardan biri raiyat uchun bo'lib, undan yig'iladigan oliq-soliqlaming undirilishini kuzatib, hisobotini olib borsin. Oliq-soliq miqdori, soliq to'lovchilaming nomlarini yozib borsin va raiyatdan yig'ilgan mablag'ni saqlasln. Ikkinchi vazir sipoh ishlarini boshqarsin. Sipohga berilgan va berilishi lozim bo'lgan mablag' hisobini olib borsin. Uchinchi vazir esa daraksiz yo'qolgan kishilar, kelib-ketib yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar), har xil yo'l bilan yig'ilib qolgan hosil, aqldan ozganlar- ning mol-mulki, vorissiz mol-mulkni, qozilar va shayxulislomlaming hukmi bilan olingan Jarima- larni tartibga keltlrsin»20.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin