Emanuel Pizani (1845-1915) - italiyalik buxgalter, statmografiya - ma’muriyat hisobchilik ma’lumotlariga tayangan . holda qanday qilib eng kam mablag'lar hisobiga eng ko'p iqtisodiy natijaga erisha olishi to'g'risida ta’limot, boshqacha qilib aytganda statmografiya (aktivlami maqbullashtirish haqidagi fan)ni ixtiro etgan. Pizani ta’limotiga muvofiq balans aktivi va passive o'rtasi- dagi farq foydani tashkil etib, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotdagi daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi farqqa teng bo'lishi lo-zim; balans korxona xo'jalik faoliyatining statikasini, hisobot esa dinamikasini tashkil etadi. Pizani digrafik hisob usullarini xalq xo'jaligi darajasida tatbiq etish zarur deb hisoblagan.
J.Rossi - xo'jalik faoliyatidagi faktlami matritsalarda aks ettiradigan shaxmat shaklidagi hisobchilikning muallifi. Xo'jalik faktlarini matritsalarda aks ettirish tahlil qilish maqsadida chiziqli algebradan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Djino Dzappa (1879-1960) - italiyalik buxgalter, hisobshunoslikni korxonani boshqarish haqidagi fan sifatida talqin qilgan. Debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar korxonaning tashqi dunyo bilan aloqasi ekanligini, ayni paytda boshqa schotlar kabi korxona ichidagi munosabatlaming mohiyatini ochib berishini ko'rsatgan. U balansning mohiyati, uning moddalari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ko'rsatishga olib kelishini, balansning o‘zi esa moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan oborotlar oqibati deb hisoblagan. Bunda u korxona daromadlari ayon, xarajatlari esa shubhali deb e’tirof etgan. U firma kapitalining qiymati uning daromadiga bog'liq deb hisoblagan. (D.Dzappa. La determinatione del reddito nelle imprese commercial! - Rome, 1929).
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi rivojlanisbining birinchi pog'onasi Italiyada bosib o'tilgan. Aynan o'sha davrda buxgalteriya hisobining ko'plab atamalari vujudga kelgan. Jumladan, eski lotin (italyan)chadan kelib chiqqan: «Debet - u qarzdor»; «Credit - u ishonadi»; «Saldo - hisob-kitob, qoldiq»; «Accept - to'lovga rozilik» kabi so'zlar hozirgi kunda ham ishlatilmoqda.
Italiya maktabi tomonidan buxgalteriya hisobi metodining asosiy elementlari: schotlar va ikkiyoqlama yozuv shakllantirilib, buxgalteriya hisobining keyinchalik fan sifatida rivojlanishiga katta ta’sir ko'rsatgan.
3.Fransiya maktabining vakillari XVII asrdan boshlab buxgalterlik ilmining Fransiya maktabi rivojlana boshlagan. Fransiya maktabining vakillari italiyalik mualliflar g'oyalarini rivojlantirib, buxgalterlik ilmining taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shganlar.
Shulardan biri M.Van Damm (1606 y.) barcha buxgalteriya yozuvlari uchun sirli asos sifatida dastlabki hujjatlami kiritishni taklif qilgan. Bu bizning zamonaviy tasavvurimizdagi buxgalteriya hisobi barpo bo'lishi yo'lidagi muhim qadam bo'lgan. Shunday qilib, dastlabki hujjat xo'jalik operatsiyalarini hisobga olish uchun asos hisoblangan. Boshqa bir fransuz buxgalteri M.Toma (1631 y.) xronologik yozuv tuzilmasini takomillashtirgan.