Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə21/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Iogan Fridrix Sher (1846-1924) - shvetsariyalik buxgalter, buxgalteriya amallarini ikki qator schotlaming (aktiv va passiv) shaklan nazariyasidan kelib chiqqan holda matematik bayon qilgan. U hisob balansdan boshlanadi va undan schotlar kelib chiqadi; sintetik schotlar bo'yicha yozuvlar analitik schotlar bo'yicha yozuvlarga qaraganda katta ishonchga sazovor deb hisoblagan. Balansni, xususan oborot mablag'larini tahlil qilish, «zarar ko'rmaslik nuqtasi»ni topish, xarajatlar sig'itnini hisoblab chiqarish va boshqalar ustida ham ulkan izlanishlar olib borgan. U hisobchilikning kartochka shaklini tashviqot qilgan.
Genrix Niklish (1876-1946) - nemis buxgalteri, statik balans nazariyasining asoschisi. Ushbu nazariyaga muvofiq, balans korxona ixtiyoridagi mol-mulklaming qiymati aniq hisoblab chiqariladi. Bu mol-mulklar balans tuziladigan sanada sotilishi murnkin bo'lgan bahoda taqdim etilgan bo‘lishi lozim. G.Niklish balans faqat shundagina korxonaning haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettiradi deb hisoblagan. U balansning asosiy vazifasi kreditorlar manfaatini hitnoyalash deb faraz qilgan. Bunda u korxona foydasini nafaqat o‘z kapitalini, balki tashqaridan jalb qilingan kapitalni ham ishlatishning natijasi sifatida o'rgangan.
Eygen Shmalenbax (1873-1955) - nemis buxgalteri, dinamik balans nazariyasi asoschisi. Bu nazariyaga muvifiq balans moliyaviy natijalaming aniq hisoblab chiqarilishini va kapitalning harakatini takror ishlab chiqarishning turli bosqichlarida aks ettiradi. Shmalenbax korxonada sarf qilingan, mablag‘laming doiraviy aylanish bosqichlarini ko'rsatadigan, detsimal davr bo'yicha tuzilgan yagona schotlar rejasini yaratgan. U xarajatlar va daromadlar o‘rtasiga qat'iy chegara qo'ygan, grafik va sxemalami ishlab' chiqqan va keng qo‘Hagan. Ushbu grafik va sxemalardagi bar xil figuralar schotlaming u yoki bu guruhlarini, chiziqlar esa ular o'rtasidagi bog‘lanish(korrespondensiya)lami ifodalaydi deb hisoblagan.
Schotlar balansga munosabatiga ko'ra aktiv va passiv schotlarga bo‘ling an. Ulaming tomonlari qarama-qarshi hisoblangan: aktiv schotning debetida - ko‘payish, kreditida kamayish, passiv schotlarda esa aksincha.
Shuningdek, Germaniya maktabida G. Niklish, E. Shmalenbax, F.Gyugli va boshqalar buxgalterlik ilmining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar.
Fridrix Gyugli (1833-1902) - shvetsariyalik buxgalter, kanieral buxgalteriyani eng to‘liq bayon qilgan va uni buxgalteriya hisobi digrafik patrimonal tizimining an’anaviy qoidalari bilan uyg'unlash- tirishga harakat qilgan. Uyg‘unlashtirishning mohiyati pul mablag'larini hisobga olish tizimiga, ulaming tayinlanish (rejalashtirilgan daroniadlar va xarajatlar) va bajarilishi (haqiqiy daromadlar va xarajatlarjni bir- biridan ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan nazorat muomalalarini kiritishdan iborat. Ushbu yondashuv konstant buxgalteriya nomini olgan. Gyugli birinchilardan bo‘lib hisobchilik shakllarini tahlil qilgan.
Shunday qilib, Germaniya maktabida balansshunoslik yo'nalishi vujudga kelgan, iqtisodiy tahlil rivojlangan, tannarx hisoblash bo'yicha qoidalar shakllangan va buxgalteriya hisobining markazlashgan va tnarkazlashmagan turlari vujudga kelgan.
5. Anglo-amerika maktabi
XIX asr boshlarida buxgalteriya hisobining anglo-amerika maktabi tez rivojlana boshlagan. Uning yorqin namoyondalari sifatida I.Garrison, LFisher, Dr. Skott, R.X.Montgomery I.Ye.Shprut, V.E.Paton, D.O.Mey kabilarni ko'rsatish mumkin.
Buxgalteriya hisobi nazariyasining rivojlanishiga amerikalik olimlar I.Fisher va D.Skottlar katta ulush qo'shgan.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin