Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə13/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Umumlashgan (konsolidatsiyalangan) moliyaviy hisobotni tuzish qoidalari 17-moddada belgilangan bo'lib, u xalqaro standartlarga muvofiq tuziladi. Bunda bosh firmadan ajralib chiqib faoliyat qilayotgan korxonalar guruhi uchun umumlashgan moliyaviy moddalami tuzish va taqdim qilish to'g'risida so'z yuritiladi. Qonunning mazkur moddasiga inuvofiq bir yoki bir necha sho'ba korxonalar, filiallar va vakolat- xonalariga ega bo'lgan korxonalar umumlashgan moliyaviy hisobot tuzadilar.
Ushbu moddaning talablari vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlarining yig'ma moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi. Umumlashgan moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tuziladi.
Bosh korxonaning sho'ba korxonalariga qo'shgan hissalari uning moliyaviy hisobotida moliyaviy qo'yilmalari sifatida aks ettiriladi. Yuridik shaxslar o'z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo'linmalarini, ulaming balanslari va hisobot shakllarini belgilangan tartibda tegishli yuridik shaxsning umumlashtirilgan hisobotiga kiritish sharti bilan mustaqil balansga ajratib chiqishlari mumkin.
Moliyaviy hisobotning hisobot davri 18-moddaga muvofiq 1- yanvardan 31-dekabrga qadar bo'lgan kalendar yil deb belgilangan. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun ular yuridik shaxs huquqiga ega bo'lgan sanadan boshlab, yuridik shaxs hisoblanmaydigan subyektlar uchun esa, ular tegishli davlat organlarida ro'yxatga olingan sanadan boshlab, o‘sha yilning 31-dekabrigacha bo'lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanishi belgilangan.
Agar yuridik shaxs joriy yilning 1-oktabridan keyin ro'yxatga olingan bo'lsa, uning uchun birinchi hisobot yili keyingi yilning 31- dekabrida tugaydi.
Ro'yxatdan o'tishga yoki yuridik shaxs huquqini qo'lga kiritgunga qadar amalga oshirilgan xo'jalik muomalalari to'g'risidagi ma’lumotlar birinchi hisobot yili moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy hisoboti soliq organlari, mulkdorlar, davlat statistika organlari va boshqa organlarga taqdim qilinadi.
Turli xil davlat muassasalari va boshqalar uchun moliyaviy hisobotni tuzish bo'yicha qo'yiladigan talablar buxgalteriya hisobi standartlarida bayon qilingan.Moliyaviy hisobot yilining boshidan o'sib boruvchi jami bilan har chorakda, Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim qilinadi.
Budjet muassasalari choraklik va yillik hisobotlami Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda yuqori organlarga taqdim qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq boshqa ayrim turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun hisobotni taqdim qilishning boshqa muddatlari belgilanadi.
20-moddaga muvofiq xo'jalik yurituvchi subyektlaming yillik moliyaviy hisobotlari manfaatdor banklar, biijalar, investorlar. kreditorlar va boshqalar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar yillik moliyaviy hisobotlar bilan tanishish va nusxa ko'chirish sarflarini to'lab undan nusxa olish huquqlariga egadirlar
Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari, sug'urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar biijalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari har yilgi moliyaviy hisobotini, ularda ko'rsatilgan ma’lumotlar to'g'riligi auditorlar tomonidan tasdiqlangan, hisobot yili tugaganidan so‘ng birinchi maygacha e’lon qilishlari shart.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tugafilganida (bankrot, ixtiyoriy ravishda yoki boshqa asosda tugatilishi) sud yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan bankrot deb e’lon qilingan, yoki tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan sanaga yakuniy moliyaviy hisobot tuzish tartibi 21- moddada belgilangan. Xo'jalik yurituvchi subyektni tugatishga doir muomalalami hisobga olish, tugatish balansi va hisobotni tuzish uchun javobgarlik, tugatish komissiyasiga yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq xo'jalik yurituvchi subyektni tugatishni amalga oshiradigan boshqa organga yuklatiladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektning aktivlari tugatish balansida tugatish komissiyasi tomonidan aniqlangan bahoda, ya’ni ulami sotish mumkin bo'lgan baholarda baholanadi. Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Tugatilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektning majburiyatlari aniqlashtiriladi va ulami tuzish vaqtiga qadar hisoblangan foizlar bilan birga qo'shib tugatish balansida aks ettiriladi.
22-moddaga muvofiq buxgalteriya axborotlari xo'jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish, texnologik moliyaviy va boshqa turdagi faoliyati to'g'risidagi axborotlar saqlanganligi sababli maxfiy (tijorat siri) hisoblanib, ulami oshkor qilish uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin. Maxfiy buxgalteriya axborotlarining ro'yxati va hajmi xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan aniqlanib, bu haqda manfaatdor shaxslar yozma ravishda xabardor qilinadi.
Auditorlar, soliq inspektorlari va buxgalteriya hisobi axborotlarini olish huquqiga ega boshqa shaxslar qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari, maxfiylikka rioya qilishlari lozim. Sir hisoblangan axborotlami oshkor qilish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Qonunning 23-moddasi buxgalteriya hujjatlarini saqlash tartibini belgilaydi. Buxgalteriya hujjatlari yozuvlar, mikrofilmlar xo'jalik yuri­tuvchi subyekt tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat markaziy arxivi Qoidalarida belgilangan davr (3 yildan kam bo'lmagan) davomida saqlanishi lozim.Hujjatlashtirish oldiga qo'yiladigan umumiy talablar va hujjatlashtirishni boshqarish barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiydir. Qoidalarga muvofiq subyekt hujjatlarini tanlanishi, hisobga olinishi, saqlanishi, ishlov berilishining sifati, lining faoliyatida vujudga keladigan doimiy saqlanadigan hujjatlaming ishlatilishi, ulami saqlash uchun o'z vaqtida arxivga topshirishni ta’minlash lozim. Manfaatdor shaxslar belgilangan tartibda nusxa ko'chirish xarajatlarini to'lab, zarur hujjatlardan nusxa olishlari mumkin. Buxgalteriya hujjatlarini olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qonunning yakunlovchi, 24-moddasida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish uchun mas’ul shaxslar buxgalteriya hisobi to’g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishini belgilaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, soliq va boshqa qonunchilik hujjatlarida ro'y bergan o'zgarishlar buxgalteriya hisobi uslubiyati, moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish tartibiga ta’sir qilmasligi lozim. Ular faqat tegishli buxgalteriya hisobi standartlari o'zgarganida o'zgarishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon hamjamiyati bilan uyg'unlashish jarayoni faollashmoqda. Buxgalteriya hisobini isloh qilish ushbu dastuming tarkibiy qismi hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun va unga asosan qabul qilinadigan me’yoriy hujjatlar milliy iqtisodiyotning samara!i faoliyat qilishiga ko'maklashishi lozim.
3. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarl
Ikkinchi pog'ona 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlarini o‘z ichiga olib, ularda hisob yuritishning asosiy tamoyillari va qoidalari mujassamlashgan shu vaqtgacha tasdiqlangan va amaliyotda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi standartlarini quyidagi jadval tarzida keltiramiz (14.1-jadval).
Uchinchi pog'ona - buxgalteriya hisobini uning alohida bo'limlari bo'yicha yuritishni ifodalaydigan uslubiy ko‘rsatmalar, yo'riqnomalar va tavsiyanomalami o‘z ichiga oladi.
* 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil i 4-noyabridagi buy­rug'iga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan
** Yangi tahrirda tasdiqlangan

Korxonaning hisob siyosati



Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin