Fanidan O’quv-uslubiy majmua


* Ushbu tamoyillar UMKning l-bob(l.8)da batafsil sharhlangan



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə11/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

* Ushbu tamoyillar UMKning l-bob(l.8)da batafsil sharhlangan

  • xo'jalik operate iy alari, aktivlar va passivlaming pulda

baholanishi;

  • aniqlik;

  • hisoblash;

  • oldindan ko'ra bilish (ehtiyotkorlik);

  • mazmunning shakldan ustunligi;

  • ko'rsatkichlaming qiyoslanuvchanligi;

  • moliyaviy hisobotning betarafligi;

  • hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;

  • aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.

Qonunning 7-moddasi buxgalteriya hisobini tashkil etishga bag'ishlangan. Buxgalteriya hisobi korxona aktivlari, xususiy, kapital, niajburiyatlari, daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlami to'plash, ro‘yxatga olish va umumlashtirish tizimidan iborat. Barcha subyektlar ikkiyoqlama yozuv usulidan foydalanib, Buxgalteriya hisobi milliy standartlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishlari lozim. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tashkil etish uchun xo'jalik yurituvchi subyektning rahbari javobgardir.
Qonunga muvofiq rah bar quyidagi huquqlarga ega:

  1. Bosh buxgalter rahbarligida alohida tarkibiy bo'linma sifatida buxgalteriya xizmatini tashkil etish"

  2. Shtatga bosh buxgalter lavozimini kiritish.

  3. Buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida ixtisoslash- tirilgan buxgalter! ik firmasiga yoki buxgalter-mutaxassisga topshirish;

  4. Buxgalteriya hisobini shaxsan o‘zi yuritishi. Ammo har qanday holatda rahbar quyidagilami ta’minlashi lozim:

  • ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqish;

  • xo'jalik muomalalarini nazorat qilish;

  • hisob hujjatlarining saqlanishi;

  • tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotni tayyorlash;

  • soliq hisoboti va boshqa moliyaviy hujjatlami tayyorlash;

  • hisob-kitoblaming o'z vaqtidaligi.

8-modda imzo huquqi to'g'risida bo'lib, unga muvofiq xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari xo'jalik muomalalarini amalga oshirish va subyekt nomidan hujjatlami imzolash huquqiga ega bo'lgan shaxslar ro'yxatining mavjudligi uchun javobgardir. Ro'yxatda imzo huquqiga ega shaxslaming lavozimi va buxgalterlik funksiyalari hamda rahbarlik funksiyalarini amalga oshiradigan har bir mansabdor shaxs uchun pul
summalari bo'yicha cheklanishlarga ko'ra imzo huquqlarining ierar- xiyasi (ketma-ketligi) o'matiladi. Xo'jalik yurituvchi subyekt tomorudan elektron raqamli imzodan foydalanilganida zarur ehtiyotkorlik choralari va nazorat o'matilishi zarur, Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun bilan tartibga solinadi.
Qonunning 9- moddasi boshlang'ich hisob hujjatlari to*g‘risida. Xo'jalik yurituvchi subyektning aktivlari, xususiy kapital va majbu- riyatlariga ta’sir etuvchi barcha xo'jalik muomalalari va xo'jalik faoliyatining natijalari dastlabki hujjatlarga asosan aks ettirilishi lozim. Dastlabki hujjatlar xo'jalik muomalasi sodir bo'layotgan paytda, agar buning iloji bo'lmasa, muomala tugallanganidan so'ng darrov tuziladi. Agar dastlabki hujjatlami to'lg'azishda kompyuterdan foydalanilsa, kompyuter orqali to'lg'azilgan qog'oz maxsus blankada rasmiylash- tirilgan dastlabki hujjat kuchiga ega. Birorta xo'jalik muomalasi ham tegishli tarzda rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatsiz muomala manbai sifatida buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilmasligi lozim. Dastlabki hujjatlami tuzgan va' tasdiqlagan shaxslar ulardagi axborotlaming to'g'riligi uchun javobgardir. Dastlabki hujjatlardagi tuzatishlar hujjatni to'lg'azgan shaxs tomonidan, tuzatish sanasi ko'rsatilib tasdiqlanishi lozim. Zarur hollarda esa xatoga yo'l qo'yilgan hujjat haqida izoh berilgan tuzatuvchi hujjat rasmiylashtirilishi lozim.
Buxgalteriya yozuvlari qo'lda yozilganida ham, kompyuter yordamida amalga oshirilganida ham, baribir quyidagi qoidalarga rioya qilinishi lozim:

  • yozuvlami dastlabki hujjatlarga asosan amalga oshirish;

  • xo'jalik muomalalarini o'z vaqtida xronologik tartibda ro'yxatga olish;

  • har oyning birinchi sanasiga bosh daftardagi sintetik (umumlash- tiruvchi) schotlami yordamchi analitik (batafsil) schotlar bilan har oyda solishtirish.

Barcha xo'jalik muomalalari tegishli tarzda hujjatlashtirilishi zarur. Xususan, har bir muomala bo'yicha isbotlovchi hujjat rasmiylashtirilib, sodir bo'lgan xo'jalik muomalasining mavjudligi va to'liqligi tasdiqlanishi lozim (isbotlovchi hujjatlar). Schot-fakturalar, cheklar va boshqa hujjatlar isbotlovchi hujjatlar bo'lib hisoblanadi. Tuzatish, hisoblash va boshqa ichki ко'chirib o'tkazish yoki hisob-kitoblarga asoslangan, ro'yxatga olingan moddalar uchun isbotlovchi hujjatlar korxona ichida to'lg'aziladi. Bu gap ma’lumotlami elektron ishlov berishning buxgalterlik tizimlariga taalluqlidir. Elektron ishlov berilgan ma'lumotlami saqlash va pechat qilishga tayyorgarligiga qo’shimcha talablar qo'yiladi.
Dastlabki hisobda qo'llaniladigan barcha hujjatlar tegishli tarzda saqlanishi uchun shart-sharoitlar mavjud bo'lishi lozim (bu haqda 22- moddada ma’lumot batafsil beriladi).
10-modda - buxgalteriya hisobi registrlari to‘g‘risida. Hozirgi paytda barcha turdagi mulkchilik korxonalarida asosan hisobning uch turi qo'llaniladi. Jumal-order, bosh jumal (memorial order shaklining bir mri) va avtomatlashtirilgan shakl. Buxgalteriya hisobi jumal-order shaklida yuritilganda hisob axborotlari qo'lda yoki avtomatlashtirish vositalaridan foydalanib qayd qilinadi. Jumal-order registr sifatida ikkita xususiyatga ega:
a) xronologik yozuv (jumal) b) sistematik yozuv (order) Ko‘p jumal-orderlar sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birlashtiradi. Bunday jumal-orderlar uyg'unlashgan hisob registrlari deb ham ataladi. Alohida bitta schot uchun yuritiladigan (masalan 1-2 jumal-order) yoki o'zaro bog'liq bo‘lgan schotlar guruhi uchun mo‘ljallangan jumal- orderlar ham mavjud. Ularga qo‘shimcha ravishda (ko'proq analitik hisob uchun) yordamchi vedomostlar yuritiladi (debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va sh.o*.uchun).
Jumal-order va vedomostlar bilan birga umumlashtiruvchi sintetik hisob registri-BosA daftar ham yuritiladi. Bosh daftarda har bir sintetik schot uchun yoyiq bir bet ajratilgan bo'lib, unda tegishli schotning oy boshiga va oy oxiriga qoldig'i, debet oborotlari yoyiq holda, ya’ni kreditlanuvchi schotlar hamda shu schotlar yuritiladigan jumal-orderlar raqami ko'rsatilib, kredit oboroti esa umumiy summasi bilan aks ettiriladi. Bosh daftar bir yilga ochilib, har oy uchun bir qator ajratiladi. Bosh daftar va boshqa hisob registrlarining qismlariga asosan balans hamda hisobning boshqa shakllari to‘lg‘aziladi.
Bosh-jumal shakli hisobning memorial-order shakli ko'rinishlaridan biri hisoblanadi. Uning mazmuni shundan iboratki, xo'jalik muoma- lalarini qayd qilish uchun maxsus yig‘ma hisob vedomostlaridan foydalaniladi.
Hisob registrlarini to‘lg‘azish uchun dastlabki hujjatlar asos bo'ladi. Hisobning bosh-jumal shakli asosan kichik va o‘rta-biznes korxonalarida, xususan mikrofinnalarda qo'llaniladi.
11 -moddada aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish to g'risida so'z yuritiladi. Barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniqligim tasdiqlash uchun aktivlar va majburiyatlarini vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya qilib turishlari lozim.
Inventarizatsiya o'tkazish tartibi va muddatlari №19-«Inventa- rizatsiyani tashkil etish va o'tkazish» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) bilan aniqlanadi.
Qonunga muvofiq ishlab chiqarish zaxiralari va korxonaga tegishli bo'lmagan, amnio buxgalteriya hisobida turgan (mas’ul saqlash uchun olingan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) mulklaming boshqa turlari, shuningdek, qandaydir sabablarga ko'ra hisobga olinmagan mulklar ham inventarizatsiya qilinishi lozim.
Qonunning 12-moddasida aktivlar va majburiyatlami baholash masalasi bayon qilingan bo'lib, ulaming ishlab chiqarish tannarxi yoki sof realizatsiya qiymati bo'yicha baholanishi ta’kidlangan. Shu o'rinda ishlab chiqarishni tannarxi mazkur mahsulot (ish, xizmat) turini ishlab chiqarish (bajarish) bilan bog'liq xarajatlar ekanligini, sof realizatsiya qiymati esa mahsulot (ish, xizmat)laming realizatsiya qilinishi murnkin bo'lgan bahosidan realizatsiya qilish bilan bog'liq xarajatlami chegirib tashlangandan so'nggi qolgan summa ekanligini eslatish zarur.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin