Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari tasnifi



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə8/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

2. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari tasnifi
Bozor iqtisodiyotidagi xo‘jalik hisobining maqsadi foydaning shakllanish jarayoni ustidan kuzatish hisoblanib, uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot (ish, xizmat)lar sifatini yaxshilash hamda yaratilgan mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish vositalarining katta qismiga ega bo‘lgan tadbirkorlarning manfaatiga rioya qilinadi. Xo‘jalik hisobidan ham xuddi shu yo‘nalishda foydalaniladi. Uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning yangidan - yangi vositalarini topib, amalga oshirilayotgan faoliyatdan eng yuqori yutuqlarga ega bo‘ladilar va ularni olish yo‘llarini aniqlaydilar. SHunday qilib, bozor iqtisodiyotida xo‘jalik hisobidan, asosan tadbirkorlar - mulk egalari manfaati uchun foydalaniladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bunda xo‘jalik hisobi tadbirkorlar uchun nafaqat hisobot tuzish uchun qurol bo‘libgina qolmay, u eng avvalo korxona faoliyatining yuqori samaradorlikka erishishi uchun ishab chiqarishni boshqarish quroli sifatida xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik hisobining ko‘rsatkichlari ichki va tashqiga bo‘linib, axborotdan ham tashqi hamda ichki qiziquvchilar-menejerlar tomonidan foydalaniladi. Tabiiyki, xo‘jalik hisobining bu ma’lumotlari mulkchilikning har xil shakldagi hamda sog‘lom raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida obektiv ravishda tashqi - e’lon qilinadigan va ichki - tijorat siri hisoblangan qismlarga bo‘linishi kerak. Buni yuzaga chiqarish uchun tijorat sirini himoya qiluvchi qonun ishlab chiqilishi kerak bo‘ladi. Bunday qonun tadbirkorlarga o‘z korxonalarining ishi bilan tanishish uchun faqat tashqi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan axborotni berish va tijorat siri hisoblangan ichki axborotni saqlab qolish huquqini beradi. SHu bilan birga ta’kidlash lozimki, tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyati o‘z maqsadlariga munosib ravishda axborotlarda buzib ko‘rsatishning oldini olish uchun bozor munosabatlari mexanizmining zarur shartlaridan hisoblangan mustaqil auditorlik faoliyati keng rivojlantirilishi kerak. Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida mulk egalarining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan ichki rejalashtirish o‘z rivojini topishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik hisobi har bir tadbirkor tomonidan o‘zining xohishiga qarab tashkil qilinib, umumbelgilangan talablarga rioya qilish bilan birga boshqarishning ma’muriy - buyruqbozlik tizimiga xos bo‘lgan qat’iy tartibga solingan hisobning o‘rniga davlat tomonidan qo‘yiladigan tartibotini minimumgacha kamaytirib boradi. Xo‘jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya qilish sharoitida, uning nafaqat shakllari va tashkil qilinishi har xil bo‘lmay, hattoki, hisob ko‘rsatkichlarini olish uslubiyati ham har xil bo‘lishi mumkin. Natijada xar xil mulk egalari ixtiyorida bo‘lgan korxonalardagi bir xil turdagi ko‘rsatkichlar har xil yo‘l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e’lon qilinadigan hisobotdagi ma’lumotlarning solishtiruvchanligini ta’minlash uchun moliyaviy hisobga ilova qilingan tushuntirish xatida korxona tomonidan qabul qilingan hisob siyosati haqida izohlar keltirilishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoiti mulkchilik tuzilishining o‘zgarishi, turli tavakalchilik va noma’lumliklarning yuzaga kelishi, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, o‘z aksiyalarini chiqarish va sotish, valyuta va ko‘chmas mulk muomalalarining vujudga kelishi bilan ifodalanadi. Bunday sharoitda korxona bozor konyukturasini o‘rganadi, o‘z faoliyatini mustaqil rivojlantiradi, iste’molchilarni qidirib topish bilan shug‘ullanadi, tovar, ish va xizmatlarni, korxonalarning sotish narxini o‘zi belgilaydi, tijorat banki kreditlari va boshqa investorlarning mablag‘larini jalb qiladi. Bunday faktlarni to‘g‘ri hisobga olish va boshqarish, shuningdek, barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqishning samarali tizimi zarur. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiyalari o‘lchov obekti bo‘lib hisoblanadi. Ular firmaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qiladigan xo‘jalik hayotining hodisalaridir. Operatsiyalar ikki tomonlama bo‘lib, mustaqil sheriklar o‘rtasida qiymatliklarni almashtirishdan yoki bir tomonlama, stanok va asbob-uskunalarning eskirishi, foizlar bo‘yicha summalarning doimiy jamg‘arilishi va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik hisobi tomonidan qamrab olinadigan obektlar raqam ko‘rsatkichlari vositasida aks ettiriladi. Ularni olish uchun xo‘jalik hisobida moddiy, mehnat va qiymat o‘lchovlari qo‘llaniladi. Moddiy o‘lchov ma’lumotlarni sanash, tortish, o‘lchash yo‘li bilan olish uchun xizmat qiladi. Bu uzunlik (metr, santimetr, millimetr), og‘irlik (gramm, kilogramm, tonna), hajm (kvadrat metr, litr, kubometr) va boshqa o‘lchamlardir. Ulardan qaysi birini tanlash hisobga olinadigan obektlarning xususiyatiga bog‘liq. Moddiy o‘lchovlardan asosan tovar moddiy qiymatliklarning miqdorini hisobga olishda foydalaniladi. Ular zaxiralar darajasining eng muvofiqligi va moddiy resurslarning but saqlanishi ustidan nazorat qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har xil navlarini va nomlari bo‘yicha hisobga olishda ulardan foydalanish nafaqat miqdoriy ko‘rsatkichlarini bera qolmay, shu qiymatliklarning sifat tavsifini ham beradi. Lekin ulardan faqat bir turdagi buyumlarni hisobga olish uchun foydalanish mumkin. Turli xil bo‘lgan predmetlarning natura ko‘rsatkichlarini jamlash mumkin emas. Demak, moddiy o‘lchovlari yordamida korxonaning moddiy qiymatliklarini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko‘rsatkich olinishi mumkin emas. Mehnat o‘lchovi sarflangan mehnat miqdorini hisoblab chiqish uchun qo‘llaniladi va kishi-kuni, kishi-soati birliklarida ifodalanadi. Mehnat o‘lchovi yordamida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari, korxona xodimlarining ish haqi hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari belgilanadi va nazorat qilinadi. Bu o‘lchov ko‘pincha moddiy o‘lchovi bilan birgalikda qo‘llaniladi. Masalan, ishlab chiqarishning normalarini bajarilishini nazorat qilishda mahsulotning u yoki bu miqdorini ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflanayotganligi hisoblab chiqiladi; mehnat unumdorligini hisoblab chiqishda - ularning vaqt birligidagi (kun, soat) ishlab chiqarish miqdori qancha ekanligi va hokazolar hisoblab chiqiladi. SHunday qilib, mehnat o‘lchovi yordamida u yoki bu jarayondagi mehnat sarflarining samaradorligi aniqlanadi. Natura o‘lchovlaridan farqli o‘laroq, mehnat o‘lchovlari ayrim hollarda, masalan, mahsulotning har xil turlarini ishlab chiqarishga qilingan mehnat sarflari miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan normalashtirilgan vaqt ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish yo‘li bilan har xil bo‘lgan hajmlarni o‘zaro solishtirish imkonini beradi. Ish vaqtidan universal o‘lchov birligi sifatida mehnat sarflarini bevosita hisobga olish uchun foydalaniladi. Qiymat o‘lchovi hisob obektlarini yagona, bir xil ifodalashda qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida pul o‘lchovi vazifasini so‘m va uning qismi bo‘lgan tiyin bajaradi. Qiymat o‘lchov yordamida har xil bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lar va jarayonlarning umumlashtirilgan ko‘rsatkichlari, masalan, korxonadagi har xil materiallarning umumiy hajmi yoki undagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qilingan barcha xarajatlarning umumiy summasi hisoblab chiqiladi. Qiymat o‘lchovidan foydalanish qiymat qonunining mavjudligi bilan belgilanadi, chunki unda xo‘jalik faoliyatining eng muhim ko‘rsatkichlari faqat pul shaklida ifodalanishi mumkin. Qiymat o‘lchovi yordamida korxona faoliyatini rejalashtirish hamda korxona va uning tarkibiy qismi faoliyati natijalari ustidan nazorat amalga oshiriladi. U korxona va tashkilotlarning kredit va hisob-kitob aloqalarini ifodalovchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Binobarin, pul o‘lchovi xo‘jalik faoliyatining eng muhim bo‘lgan miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblangan ishlab chiqarish hajmi, foyda, rentabellik, likvidlik korxonaning to‘lov qobiliyati va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqish uchun zarurdir. Qiymat o‘lchovi hisobda ko‘pincha moddiy va mehnat o‘lchovlari bilan birgalikda qo‘llaniladi.



Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin