Operativ hisob rejalaming bajarilishini nazorat qilish va ishlab chiqarishga tezkor rahbarlikni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan kundalik ma’lumotlarni olish va umumlashtirishga xizmat qiladi. U tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Operativ hisob yordamida korxona resurslari va ular miqdorining o'zgarishini joriy tartibda kuzatish, buxgalterlik va statistik hisobda aks ettirilmaydigan qator ma’lumotlarni ko'rsatish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilishi, shartnoma majburiyatlaming bajarilishi, mashina va qurilmalardan foydalanish darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Operativ hisob xo'jalikka tezkor rahbarlik qilishni ta’minlash uchun iqtisodiy ma’lumotlarni to'plashda bevosita xo'jalik bo'linma- larida amalga oshiriladi. Ayrim operativ hisob ma’lumotlaridan faqat bevosita korxonada foydalanilib qolmasdan, balki ular korxonaga rahbarlik qiluvchi yuqori tashkilotlarda, hatto iqtisodiyot tarmoqlari miqyosida alohida operativ hisobot ko'rinishida ham umumlashtirilishi mumkin. Bunday hisobotlardan esa, mahsulot ishlab chiqarish miqdori va sifati, xomashyo bilan ta’minlanganlik darajasi, hosilni yig'ishti- rishning borishi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlami olishda foydalaniladi.
Nazorat qilinayotgan xo'jalik muomalalarining mazmuniga ko'ra operativ hisobda natura va mehnat o'lchovlari, ayrim hollarda esa pul o'lchovlari qo'llaniladi.
Ta’kidlanganidek, operativ hisob tomonidan boshqaruv apparatiga taqdim etiladigan axborot kundalik xo'jalik muomalalari alohida qism- larimng mazmuni to'g'risida javob bera olishi sababli zarur. Mazkur axborotning vaqt oralig'ida chegaralanganligi - operativ hisobning birinchi ajralib turuvchi belgisi hisoblanadi.
Bunday axborotlami hisobning boshqa turlaridan olish ularga g'ov bo'lishi va qo'yilgan vazifalami hal etishga tizimli yondashuvni qo'llashni yuzaga chiqarmasligi mumkin. Shuning uchun ushbu bo'sh- liqni o'z tabiatiga ko'ra bir xil bo'lmagan, operativ hisob to'ldiradi. Operativ hisob xo'jalik hisobiga xos bo'lgan uchala o'lchovdan foydalansa ham, shunga qaramasdan, pul o'lchovidan foydalanish unda cheklangan. Bu operativ hisobda asosan doimiy ravishda umumlashtirish talab qilinmaydigan, ayrim bir xil xo'jalik muomalalari aks ettirilishi bilan bog'liq. Mazkur hisob turining farq qiluvchi ikkinchi belgisi ham mana shundan iborat.
Bunday axborotlami dlishning tezkorligi operativ hisobning uchinchi farq qiluvchi belgisi hisoblanadi. Operativ axborotlami olishga bo'lgan talablaming soddalashtirilishi shundan kelib chiqadi. Operativ hisob axborotlari hujjatlashtirilmaganligi bois, ular yuridik dalillovchi kuchga ega emas. Agar operativ hisob axborotlarining tayinlanishidan kelib chiqiladigan bo'lsa, bunday dalillash shart emas. Operativ hisobning to'rtinchi farqlovchi belgisi mana shundan iborat.
Operativ axborotlar, odatda, og'zaki, telefon yoki telegraf, teletayp orqali uzatiladi. Ayrim hollarda bunday axborotlar ma’lumotnoma, xizmat yozuvi va boshqa ko'rinishda rasmiylashtirilib, bu operativ hisobot tuzish deb qaralishi mumkin. Zarur hollarda operativ hisobda statistik va buxgalterlik hisobdan olingan axborotlar ham qo'llaniladi. Bu operativ hisobning beshinchi o'ziga xos belgisidir. Hisobning boshqa turlariga xos bo'lgan, axborotlarga ishlov berishning maxsus usullari va amallarini qo'llash operativ hisobda ishlatilmaydi.