Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə3/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Hisob o‘lchovlari - xo'jalik resurslari va jarayonlarini o'lchash va hisoblash asosida xo'jalik yurituvchi subyektning har xil ehtiyojlari uchun ko'rsatkichlami shakllantiradigan o'lchov birliklari.
Xo'jalik mablag'larini va jarayonlarini hisobda miqdoriy aks ettirish uchun natura, mehnat vapul о VcAovlaridan foydalaniladi.
Natural o‘lchovlar - hisob obyektlarini og'irlik (kg, ts, t ), hajm(m.kub, litr), uzunlik(mm, sm, m, km) , maydon (kvadrat metr,ga) va boshqa o'lchovlarda ifodalash uchun qo'llaniladi.
Natural o'lchovlarda yuritiladigan hisob miqdoriy yoki natural hisob deb ham ataladi. Miqdoriy hisob asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o'matiladigan asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar, tayyor mahsulotlar va boshqa hisob obyektlarini natural (fizik) hajmi to'g'risida axborotlar bilan ta’minlashdan iborat.
Natural o'lchovlardagi hisob obyektlarining ko'rsatkichlari ushbu obyektlaming sifat (navi, yaroqlilik muddati, toifasi va h.k.) va miqdor (massasi, uzunligi, hajmi, maydoni va h.k.) parametrlarini tavsiflovchi belgilari bo'yicha bo'linadi. Bunda miqdoriy hisob qo'llaniladigan o'lchovlarga ko'ra butun korxona bo'yicha jami resurslar to'g'risida taqqoslama ma’lumotlar bera olmaydi. Hisob obyektlarining tavsifini batafsil ko'rsatish uchun shartli natural o'lchovlar qo'llaniladi. Bunda asosiy obyektlar kiritiladigan hisob obyektlarining natural tarkibi texnik talablar, davlat standartlari yoki boshqa shartlar bilan oldindan belgilanadi. Shartli natural ko'rsatkichlarga ta’mirlash dastgohlarining komplekti, ma’lum turdagi lOOta juft poyabzal, lOOta shartli banka konserva va shunga o'xshashlar misol bo'ladi. Natural o'lchovlaming boshqa turlari - shartli (keltirilgan) birliklar, ekspluatatsiya birliklari, ish birliklari kabilar ham mavjud.
Soliq hisob-kitoblarida soliq birligi tushunchasi, ya’ni soliqqa tortish obyektining sifat o'lchovi birligi qo'llaniladi. Masalan, yer solig'ini hisoblashda maxsus natural o'lchovlar - gektar, aksiz solig'ini hisoblashda - litr, barrel kabilar qo'llaniladi.
Natural va shartli natural o'lchovlardagi mablag'laming har xil turlari ulaming o'ziga xos o'lchovi bo'yicha alohida hisobga olinadi.
Bunday o'lchovlar xo'jalik mablag'larining saqlanishini hamda xo'jalik faoliyatiga tezkor rahbarlik qilishni ta’minlaydi. Natural o'lchovlar bir xildagi xo'jalik mablag'larini hisobga olishda qo'llaniladi. Turli xil natural ko'rsatkichlarini jamlash mumkin emas. Shuning uchun ham har xildagi xo'jalik mablag'larini tavsiflovchi umumlashgan ma’lumotlami olishda bunday ko'rsatkichlardan foydalanib bo'lmaydi.
Sarflangan ish vaqtini hisobga olish uchun mehnat o‘lchovidan foydalaniladi. Mehnat o'lchovlari - odam/kuni, odam/soati, norma/soat va boshqalarda ifodalanadi. Mehnat o'lchovlari ko‘p hollarda natura o'lchovlari bilan birga qo'llaniladi. Masalan, bir ishchi bir soatda yoki bir kunda qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqargan va h.k. Ular asosan vaqtbay ishlovchilarga ish haqi hisoblashda, ishbay ishlovchi- laming normalarini bajarishini nazorat qilishda, mehnat unumdorligini o'rganishda va hokazolarda qo'llaniladi.
Shunday qilib, mehnat o'lchovlari, natura o'lchovlari kabi qat’iy belgilangan qo'llanilish chegaralariga ega.
Turli xildagi xo'jalik mablag'larini, xo'jalik ehtiyojlarini, hisob- lashuv va kredit munosabatlarini hisobda aks ettirishda hamda xo'jalik faoliyatining yakunini pul ifodasida chiqarishda pul o'lchovi qo'lla­niladi. U tovar-pul munosabatlari mavjudligi, mablag'lardan juda tejab foydalanish, raqobatbardoshlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlan- tirish bilan bevosita hamda chambarchas bog'liqdir.
Pul o'lchovi ko'pincha natura va mehnat o'lchovi bilan birga qo'llaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini aniqlash uchun bu mahsulot miqdorini va bahosini, ishchiga ish haqi hisoblash uchun esa ishchi tomonidan ishlangan kunlar va vaqt birligi uchun to'lanadigan haq summasini bilish zarur.
Hisob birligi deb u yoki bu asosiy hisob obyektiga kiruvchi tarkibiy obyektlaming umumiy nomlanishiga aytiladi. Masalan, «Mate- riallar» nomli asosiy hisob birligiga ishlab chiqarish jarayoni va unga xizmat ko'rsatishda mustaqil funksiyalami bajaruvchi materiallar(hisob obyektlarijning ko'plab turlari kiradi. Har bir material turiga hisob birligi - nomenklatura raqami beriladi. Shuningdek, u tayyor mahsu- lotlar, inventar va xo'jalik jihozlari, o'matiladigan asbob-uskunalarga ham hisob birligi sifatida foydalaniladi. Asosiy vositalaming hisob birligi bo'lib inventar obyekt hisoblanadi. Ularga inventar raqamlari beriladi.

    1. Xo‘jalik hisobining turlari va ularning tavsifi

Mamlakatimizdagi alohida xo'jalik yurituvchi subyektlaming serqirra moliya-xo'jalik faoliyatini har tomonlama aks ettirish uchun xo'jalik hisobining har xil hisob turlaridan foydalaniladi(1.2- rasm).


1.2-rasm. Xo jalik hisobining turlari.
Ulaming har biri o‘z predmetiga mos bo'lgan hisob obyektlariga va mazkur predmetni o'rganadigan o'z metodiga ega bo'lganliklari bois mustaqildirlar. Ayni vaqtda ulardan har birining mustaqilligi o'zaro bog‘liqlik va bir-birini taqozo qilishidan mustasno emas.
Hisobning har bir turi bir xildagi xo‘jalik jarayonlarining turli jihatlarini o'rganib, axborotdan foydalanuvchilami qiziqtiradigan axbo- rot oqimlarining alohida bosqichlarda kesishishiga to'sqinlik qilmaydi. Bu hisobning barcha turlariga taalluqli bo'lgan, ular uchun juda muhim bitta xususiyat tufayligina mumkin. U ham bo'lsa, yuqorida ko'rib chiqilgan uchta: natura, mehnat va pul o'lchovlarining uchala hisob turida ham qo'llanilishidir. Shu boisdan, hisobning uchta turini alohida va batafsil ko'rib chiqamiz. .

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin