Omborxonalarar
|
Tovar moddiy boyliklar harakati bo'yicha hujjatlar
|
Reja-moliya ho 4imi
|
Korxona faoliyatining turlari bo'yicha tasdiqlangan reja ko'rsatkichlari (xarajatlar va daromadlar smetasi) va boshqalar
|
Mehnat va ish haqi bo'limi
|
Mehnatga haq to'lash va ayrim toifa xodimlarini mukofotlash to'g'risida nizom, maosh stavkalari, okladlar, shtatlar va boshqalar
|
Kadrlar bo ‘limi
|
Ishga qabul qilish, ishdan bo'shatish va lavozimini o'zgartirish to'g'risida buyruqlar, xodimlar ro'yxati va boshqalar
|
Muhandislik- texnika bo ‘lim
|
Qurilmalaming harakati va ulami ta’mirlash, avtotransport va boshqalarga doir hujjatlar
|
16.6-rasm. Buxgalteriyani tarkibiy bo'linmalari bo'yicha tashkil etish.
Buxgalteriya korxona va uning alohida bo'linmalari faoliyati to'g'risidagi axborotlami korxona (bo'linma) rahbariyatiga va korxona boshqaruviga, menejerlarga va boshqa axborot foydalanuvchilarga muntazam ravishda taqdim etadi.
5.Hujjatlar aylanishining mazmuni
Hujjatlar aylanishi - korxonada hujjatlaming rasmiylashtirilgan yoki olingan vaqtidan to ulaming ijro qilinib, arxivga topshirilguniga qadar harakatlanishini o‘z ichiga oladi (16.7- rasm).
16.7 rasm. Hujjatlar aylanishining asosiy bosqichlari.
«Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to'g'ri- sidawgi Nizotnning 51-bandiga muvofiq, hujjatlaming korxona buxgalteriyasida harakatlanishi (korxonada rasmiylashtirilishi yoki boshqa korxonalardan olinishi, ishlov berilishi, arxivga topshirilishi - hujjatlar aylanishi) grafik bilan tartibga solinadi.
Hujjatlar aylanish grafigi chizma yoki korxonaning har bir tarkibiy bo'linmasi tomonidan bajariladigan ishlar ro'yxati hamda barcha ijrochilar bilan ulaming o'zaro bog'liqligi va ishlaming bajarilish muddatlari ko‘rsatilgan holda tuziladi. Hujjatlar aylanishi grafigining to‘g‘ri tuzilishi va unga rioya qilinishi hisob xodimlari o'rtasida vazifalami oqilona taqsimlash, buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasini kuchaytirishga yordam beradi va hisobotlaming o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi.
Hujjatlar aylanishi grafigini tuzish ishlari bosh buxgalter tomonidan tashkil etiladi. Hujjatlar aylanishi grafigi korxona rahbari tomonidan tasdiqlanib, undan har bir xodimga uning faoliyat sohasiga doir hujjatlar ro'yxati keltirilgan ko’chirma beriladi.
Hujjatlar aylanish grafigi bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya apparati xodimlari bilan birgalikda tuzilib, rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Hujjatlar aylanish grafigi tasdiqlanganidan so’ng bosh buxgalter barcha hisob xodimlarini va boshqa daxldor shaxslami u bilan tanishtirishi lozim. Reja grafik xo'jalik operatsiyalarining sodir bo'lishi va ulaming tegishli hujjatlarda aks ettirilishi hamda yig’ma ma’lumotni markaziy buxgalteriyaga taqdim etish oralig’ida uzilish bo’lmasligini ta’minlaydi, shuningdek, u hujjatlashtirishning eng takomillashgan usul va vositalari - avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishni nazarda tutadi. Biznesni boshqarishda foydalaniladigan hisob ma’lumotlarini shakllantirishning tezkorligini ta’minlash hujjatlar aylanish grafigini aniq va puxta tuzishga bog‘liq. Hujjatlar aylanish grafigi butun buxgalteriya xodimlari hamda xo’jalik operatsiyalarini hujjatlashtirishga aloqador boshqa xodimlar mehnatini me’yorlash va tartibga solish vositasi ham hisoblanadi. Uni ishlab chiqish uchun avvalo, korxonada dastlabki va yig'ma hujjatlarni tuzish hamda o‘z vaqtida taqdim etish bo'yicha mas’ul shaxslar aniqlanadi.
Reja-grafikda belgilangan dastlabki hujjatlarni umumlashtirish muddatlari tezkor tahlil o'tkazish uchun zarur bo'ladigan - umumlashgan ma’lumotlami zudlik bilan olishni, analitik va sintetik hisobni to'g'ri tashkil etishni, shuningdek, statistik va moliyaviy hisobotlami tuzish va taqdim etishni ham ta’minlashi lozim.
Har bir korxona uchun hujjatlar aylanish grafigi uning muayyan shart- sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Bular, ishlab chiqarish hajmi, faoliyat turi, boshqaruv tuzilmasi va sh.k. Hujjatlar aylanishi grafigiga har bir hujjat bo'yicha quyidagilarni kiritish tavsiya etiladi: 1) hujjatni yaratish: nusxalar soni; yozish uchun mas’ul; rasmiylashtirish uchun mas’ul; bajarish uchun mas’ul; bajarish muddati; 2) hujjatni tekshirish: tekshirish uchun mas’ul; kim taqdim etadi; taqdim etish tartibi; taqdim etish muddati; 3) hujjatni ishlash: bajaruvchi; ijro etish muddati; 4) hujjatni arxivga topshirish: bajaruvchi; topshirish muddati.
Nazorat savollari
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tushunchasini tariflang.
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish bo'yicha asosiy hujjatlami aytib bering.
Buxgalteriya xizmati qanday vazifalami bajaradi?
Buxgalteriya hisobini tashkil etishga qanday talablar qo'yiladi?
Korxona rahbari buxgalteriya hisobini tashkil etish sohasida qanday huquqlarga ega?
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning qanday shakllarini bilasiz?
Buxgalteriya hisobining qanday tashkiliy tuzilmalari mavjud?
Hujjatlar aylanish grafigini va uning ahamiyatini tushuntirib bering
Bosh buxgalteming huquqi, majburiyatlari va javobgarligi nimalardan iborat?
Bosh buxgalter ishlarini qabul qilish-topshirish tartibi qanday?
Nazorat testlari
Dostları ilə paylaş: |