«bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalteriya xizmatidan foydalanish;
buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan buxgalteriya markaziga yoki tarkibiga buxgalteriya subyekti ham kiradigan xo'jalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo 'limiga yuklash;
buxgalteriya hisobini mustaqilyuritish».
Shuningdek, rahbar quyidagilami ta’minlashi shart:
«ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqilishini:
xo ‘Jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini;
buxgalteriya hisobi to ‘liq va aniq yuritilishini;
hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini;
tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotning tayyor- lanishint;
soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyor- lanishini;
hisob-kitoblar о 'z vaqtida amalga oshirilishini».
3. Buxgalteriya hisobini tashkil etishni
rejalashtirish tizimi Buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etishni ta’minlashda rejalashtirish tizimi muhim ahamiyatga ega bo'lib, alohida ish turlari bo'yicha rejalami ishlab chiqish va bajarishni o‘z ichiga oladi (16.3- rasm).
16.3-rasm. Alohida ish turlari bo 'yicha rejalar.
Hujjatlashtirish rejasida xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olisli bo‘yicha dastlabki hujjatlar blankalariga bo'lgan ehtiyoj hisob-kitobi tuziladi. Bunda xo'jalik yurituvchi subyekt dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllaridan foydalanishi yoki o‘zi inustaqil ishlab chiqqan hujjat shakllarini qo‘Hashi mumkin.
Dastlabki hujjatlar blankalariga bo'lgan ehtiyoj aniqlanganidan so'ng ulami sotib olishga yoki bosmaxonada chop etishga buyurtma beriladi. Dastlabki hujjatlar blankalari bilan markazlashtirilgan holda ta’minlashda ulami olish uchun yuqori tashkilot tomonidan buyurtma beriladi.
Dastlabki hujjatlaming namunaviy shakllari ham, korxonada ishlab chiqilgan shakllari ham 0‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunida ko'zda tutilgan talablarga rioya qilgan holda tuziladi.
Dastlabki hujjatlami tashkil etishning asosi korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar aylanishi grafigi hisoblanadi.
Inventarizatsiya o'tkazish rejasida rejadagi va rejadan tashqari inventarizatsiyalami o'tkazish tartibi, shakllari va muddatlari ko'rsa- tiladi. Inventarizatsiya rejasi aktivlar va majburiyatlami tekshirish korxonaning normal ishlashiga ta’sir ko'rsatmaydigan qilib tuzilishi lozim. Rejadan tashqari inventarizatsiya o'tkazish muddatlari moddiy javobgar shaxslarga bildirilmasligi lozim.
Hisobot taqdim etish rejasida quyidagilar ko'rsatiladi: hisobot shakllari, u yoki bu hisobot tuzilishi lozim bo'lgan hisobot davri, hisobotlami topshirish muddatlari, korxona, tashkilot va muassasa nomi va manzili hamda hisobotni qabul qiluvchi mansabdor shaxs familiyasi va ismi-sharifi, hisobotlami taqdim etish usuli (elektron, pochta va b.) va hisobotlami tuzish uchun mas’ul shaxslaming familiyasi va ismi-sharifi, ular bajaradigan ishlar aniq ko'rsatilgan holda. Hisobot taqdim etish rejasi qoidaga ko'ra, ikki qismdan iborat. Birinchi qismda tashqi foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, ikkinchi qismda korxonaning alohida bo'linmalaridan olinadigan hisobotlar bo'yicha zarur ma’lumotlar keltiriladi.
Buxgalteriya hisobini texnik rasmiylashtirish rejasida mazkur korxonada qo'llaniladigan hisob shaklining batafsil tavsifi keltirilib, korxonada qanday elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar va boshqa texnik vositalardan foydalanilishi ko'rsatiladi. Buxgalteriya hisobining shaklini tanlashda mazkur masalaga oid yo'riqnomalar va ko'rsatma- lardan foydalanish, korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlarini hisobga olish, buxgalteriya hisobi amaldagi shakllarining afzalliklari va kamchiliklarini o'rganish tavsiya etiladi.
Buxgalteriya hisobini texnik jihozlash rejasida hisobni kompyu- terlashtirish masalasiga alohida o'rin ajratish lozim. Elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish bilan birga, turli hisoblash jadvallari va mexanik o'lchagich vositalari (o‘lchagich idish, tarozi va h.k.)dan ham foydalanish zarur.
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etish rejasida buxgalteriya apparatining tuzilishi va shtat jadvali aniqlanib, har bir xodimga lavozim yo'riqnomasi ishlab chiqiladi, ulaming malakasini oshirish bo'yicha tadbirlar belgilanadi, hisob ishlarining grafiklari tuziladi.
Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo'linmalar bilan aloqa qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish to'g'risidagi masalani hal etish zarur.
Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobida korxonaning hisob apparati markaziy buxgalteriyada jamlanadi va unda alohida bo'linmalar (bo'lim, omborxona va h.k,)dan kelib tushuvchi dastlabki va yig'ma hujjatlarga asosan sintetik va analitik hisob bitta joyda amalga oshiriladi. Korxona bo'linmalarida esa faqat xo'jalik operatsiyalart dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobida hisob apparati korxonaning alohida bo‘linmalariga tarqatilib, u yerda sintetik va analitik hisob amalga oshiriladi hamda bo'limna, bo'lim va boshqa tarkibiy bo'linmalaming balans va hisobotlari tuziladi. Bu holda markaziy buxgalteriya tarkibiy bo'linmalaming balans va hisobotlarini umumlashtirib, butun korxona bo'yicha yig'ma balans va hisobotlarni tuzadi hamda tarkibiy bo'linmalarda buxgalteriya hisobi va hisobotning yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobini markazlashtirish bosh buxgalter tomonidan rahbarlik va nazorat qilishning ta’sirchanligini ta’minlaydi, hisob xodimlari o'rtasida mehnat taqsimotini maqsadga muvofiq amalga oshirish va EHMdan samarali foydalanishga imkon beradi. Shuning uchun, buxgalteriya hisobini faqat yirik korxonalarda markazlashtirilmagan holda tashkil etish maqsadga muvofiq.
Aksariyat korxonalarda markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi qo'llaniladi. Ayrim korxonalarda muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qisman markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobi tashkil etilib, tarkibiy bo'linmalarda dastlabki hujjatlami tuzishdan tashqari ayrim sintetik schotlar bo'yicha analitik hisob yuritiladi, xarajatlar hisobi amalga oshiriladi, mahsulot (ish, xizmat)laming haqiqiy tannarxi hisoblanadi va h.k. Lekin, tarkibiy bo'linmalarda yakuniy buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Balans hamda boshqa hisobot shakllari tuzilmaydi.
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ishlarining grafigini tuzish muhim bosqich hisoblanadi.
Hisob ishlari grafiklarining asosiy maqsadi xodimlar o'rtasida vazifalarni taqsimlash, ishlarning bajarilish muddatlarmi aniqlash bo'lib, hisob xodimlarining mehnatini ilmiy tashkil etish bo'yicha tadbirlar belgilanmoqda. Bunday grafiklar individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo'lishi mumkin.
Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi tomonidan qanday ishlar va ular qaysi muddatlarda bajarilishi ko'rsatiladi. Grafikda xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda (hafta, oy, chorak va h.k.) band bo'lishi ta’minlanadi.
Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida tarkibiy bo'linmalari (hisob-kitob bo'limi moddiy bo'lim, omborxona va h.k.) tomonidan qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi ko'rsatiladi.
Yig'ma grafikda butun korxona bo'yicha alohida hisob ishlarini bajarish (inventarizatsiya o'tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlami tuzish va sh.k.) muddatlari ko'rsatiladi. Unda korxona bo'yicha butun hisob-jarayoni umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. lining bajarilishi uchun korxona bosh buxgalteri mas’ul hisoblanadi. Hisob ishlarining grafigi jadvallar ko'rinishida tuzilib, ularda rejalashtirilgan ishlarning bajarilish muddatlari to'g'risida belgi qo'yish ko'zda tutiladi.
4. Buxgalteriyaning tashkiliy tuzilmalari Buxgalteriya korxonani zarur va mustaqil tarkibiy bo'linmasi bo'lib, uni bosh buxgalter boshqaradi. Buxgalteriya apparatining tuzilishi korxonaning boshqaruv tuzilmasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, hisob ishlarining hajmi va texnik vositalar mavjudligiga bog'liq. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda buxgalteriya tuzilmasini tashkil etishning asosiy 3 ta tipi shakllangan (16.4-rasm).
Buxgalteriya chiziqli tashkil etilganda barcha buxgalteriya xodimlari bevosita bosh buxgalterga bo'ysunadi. Bundan buxgalteriya apparati tuzilmasi xodimlar soni 7-9 kishidan iborat bo'lib, uncha katta bo'lmagan korxonalarda qo'llaniladi.