Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə63/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish. Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ikki yoqlama yozuv tizimi asosida buxgalteriya operatsiyalarini qayd etishi kerak, ikki yoqlama yozuv shundan iboratki, bitta operatsiya bo‘yicha bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita hisobvaraqlarida - bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uzluksiz ishlaydigan. ya’ni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan sub’ekt deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash. Barcha operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlarda gi axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul bilan baholanadi.
Ishonchlilik. Axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi. Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlangich hisob-kitob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Ehtiyotkorlik. Qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa etarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Mazmunining shakldan ustunligi. Agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda axborot operatsiyalar va voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan hisob-kitob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishlari lozim.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin