Fan/modul kod 05 Oʻquv-yili



Yüklə 124,63 Kb.
tarix12.10.2023
ölçüsü124,63 Kb.
#154945
INTELLEKTURL TIZIMLAR VA ROBITA TEXNIKA — sirtqi 2-OT




Fan/modul kod
3.05

Oʻquv-yili
2023-2024

Semestr
8

ECTS-Kreditlar



Fan/Modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
Oʻzbek

Haftadagi dars soatlari
2

1

Fanning nomi

Auditoriya
mashgʻulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Intelektual tizimlar va Robototexnika

8

38

46

2

I.Fanning mazmuni
Fanni oʻqitishdan maqsad - fani matematika va informatika yoʻnalishidagi fan hisoblanadi. U matematika va informatika fanlarini amaliy ilmiy va injenerlik fanlari bilan bogʻlovchi asos hisoblanadi. Robototexnika talabalarda ilmiy va injenerlik ishlaridagi fikrlarini oshirish, masalalarni bilish va ularni yechish, masalalarni sonli natijalargacha olib kelishda asosiy fan hisoblanadi. Ilmiy ishlar olib boruvchilar uchun qoʻyilgan masalani ilmiy va amaliy yechishlarini topishda Robototexnika fani keng qoʻllaniladi.
Fanning vazifasinazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, maktabda bolalarga Robototexnikaga oid dasturlash boʻyicha koʻnikmalarni shakillantirish.
II.Asosiy nazariy qism(ma’ruza mashgʻuloti)
II.I. Fan tarkibiga quydagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Robototexnikaga kirish. Mashgʻulotlarda texnika xavfsizligi.
Robot texnologiyasi bir qator texnik fanlarga tayanadi, ya’ni sanoat robotlarining xavfsizligini ta’minlash mexanik xavfsizlik, elektr xavfsizligi va funktsional xavfsizlikni oʻz ichiga olgan bir nechta baholashni talab qiladigan keng qamrovli mashqlar oʻrganiladi.
2-mavzu. Tezlik va yoʻnalish. Burilish va orqaga qaytish. Robotlarni boshqarish uchun datchiklar va sensorli modullar.
Arduino dasturi yordamida ishlovchi ikkilik datchiklarning tuzilish va ulani harakat jarayonlari bilan ishlovchi algoritmlar haqida tushunchalar beriladi. Robototexnikada foydalanuvchi mikrokontrollerlar ularda oʻrnatilgan tizim va uning yordamida operatsiyalarni boshqarish kiritish chiqarish jarayonlarni amalga oshirish oʻrganiladi.
III. Amaliy mashgʻulot boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar

  1. Mavzu: Ikkita motorli robotni yigʻish. Dasturlarni kompyuterga oʻrnatish.

IV. Laboratoriya mashgʻulot boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar

  1. Mavzu: Oʻquv robotini yigʻish. Boshqaruv dasturi interfeysi. Dastur oynasi, buyruq palitrasi, boshqaruv pulti. Robotni oldindan belgilangan masofaga oʻtkazish uchun tezlik datchigini qoʻllash.

IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan topshiriqlar:



Mavzular

Mustaqil ishni bajarish tartibi

Soat

1

Robototexnika va uning zamonaviy dunyoda qoʻllanilishi

Slayd tayorlash

2

2

Manipulyatorining mexanik tizimi.

Slayd tayorlash

2

3

Robotlashtirishning afzalliklari.

Slayd tayorlash

2

4

Robotlashtirishning afzalliklari.

Slayd tayorlash

2

5

Sensorli tizim va uning elementlari.

Slayd tayorlash

2

6

Ijro etuvchi tizimlar.

Slayd tayorlash

2

7

Robotlashtirishning kamchiliklari.

Slayd tayorlash

2

8

Robotning aloqa tizimi.

Slayd tayorlash

2

9

Motorli tizimlar.

Slayd tayorlash

2

10

Robotlashtirishning afzaliklari

Slayd tayorlash

2

11

Robotning aloqa tizimi.

Video dars tayorlash

2

12

Sensorli tizim elementlari.

Amaliy koʻrsatish

2

13

Tugmalar va ularning turlari.

Amaliy koʻrsatish

2

14

Yorugʻlik diodlarni mikrokontrollerga ulash.

Amaliy koʻrsatish

2

15

Datchik ma’lumotlarni qayta ishlash.

Amaliy koʻrsatish

2

16

Yoritish va shamollatish tizimlarni boshqarish.

Amaliy koʻrsatish

2

17

“Aqlli uy ” avtomatlashgan loyixalarni ishlab chiqish.

Amaliy koʻrsatish

2

18

Robototexnik manipulyatorlarni yigʻish

Amaliy koʻrsatish

2

19

Avtomatlashgan bino prototipi.

Amaliy koʻrsatish

2

Jami:

38 soat




3

V. Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba:

  • Robototexnika fani maqasdi va vazifalari, asosiy tushunchalarga haqida tasavvurga ega boʻlish;

  • Arduino qurilmalari va dasturiy ta’minot, masofadan boshqariladigan avtonom robotlar, atrof –muhit parametrlarini oʻlchaydigan datchiklar haqida nazariy va amaliy tushunchalarga ega boʻladi;

  • Arduino dasturi yordamida robotlarni loyihalashda arduinoning maxsus kutubxonalardan foydalanishni oʻrganadi;

4

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • ma’ruzalar;

  • amaliy ishlarni bajarish va xulosalash;

  • interfaol keys-stadilar;

  • blis-soʻrov;

  • guruhlarda ishlash;

  • taqdimotlarni qilish;

  • jamoa boʻlib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar;

5

Fan boʻyicha talabalarni bilimini baholash va
nazorat qilish mezoni


1. Oraliq baholash
1.1. Amaliy mashgʻulotlarda qatnashib, uning topshiriqlarini toʻliq va sifatli bajargan talabaga 5 baho qoʻyiladi, sifatli va meʻyor talablari darajasida qisman kamchiliklardan iborat boʻlsa 4 baho , agar topshiriqlar toʻliq boʻlmasa kamchiliklari boʻlsa, bajarish darajasiga qarab 3 baho qoʻyiladi.


1.2. Tajriba ishlari boʻyicha talabalar berilgan topshiriqlarni toʻliq va sifatli bajargan talabaga 5 baho qoʻyiladi, sifatli va meʻyor talablari darajasida qisman kamchiliklardan iborat boʻlsa 4 baho ,agar topshiriqlar toʻliq boʻlmasa kamchiliklari boʻlsa, bajarish darajasiga qarab 3 baho qoʻyiladi.


1.3. Mustaqil ish mavzu boʻyicha hisobotni toʻliq va sifatli, ijodiy tarzda bajargan va himoya qila olgan talabaga – 5 baho, sifatli va meʻyor talablari darajasida – 4 baho , oʻrta darajada – 3 baho qoʻyiladi.
Mustaqil ta’lim.
19-16 tagacha 5 a’lo
15-12 tagacha 4 yaxshi
11-8 tagacha 3 qoniqarli
8 tadan kam bulsa 2 qoniqarsiz


1.4. Oraliq nazorati test sinovi tarzida oʻtkaziladi va 30 ta test savollariga kompyuter yordamida javob bajarishadi. Quyidagicha baholanadi:

  • agar 27 dan 30 (90-100%) tagacha test savollariga toʻgʻri javob bergan boʻlsa 5 baho;

  • agar 21 dan 26 (70-89%) tagacha test savollariga toʻgʻri javob bergan boʻlsa 4 baho;

  • agar 12 dan 20 (60-69%) tagacha test savollariga toʻgʻri javob bergan boʻlsa 3 baho;

  • agar 0 dan 11 (0-59%) tagacha test savollariga toʻgʻri javob bergan boʻlsa qoniqarsiz baho;

  • Qoniqarsiz baho olgan talabaga qayta topshirishga yana bir marta imkoniyat beriladi.




  1. Yakuniy baholash

2.1. Yakuniy baholash nazorati test sinovi tarzida oʻtkaziladi va 30 ta test savollariga kompyuter yordamida javob bajarishadi. Quyidagicha baholanadi:

  • agar 27 dan 30 (90-100%) tagacha test savollariga toʻgʻri javob bergan boʻlsa 5 baho;

  • agar 21 dan 26 (70-89%) tagacha test savollariga toʻgʻri javob bergan boʻlsa 4 baho;

  • agar 12 dan 20 (60-69%) tagacha test savollariga toʻgʻri javob bergan boʻlsa 3 baho;

  • agar 0 dan 11 (0-59%) tagacha test savollariga toʻgʻri javob bergan boʻlsa qoniqarsiz baho;

  • Qoniqarsiz baho olgan talabaga qayta topshirishga yana bir marta imkoniyat beriladi.




6

Asosiy adabiyotlar

  1. Nazarov X. N. Robotlar va robototexnik tizimlar. Darslik. - “MAShHUR PRESS”, 2019, -236 b.

  2. Angeles J. Fundamentals of Robotic Mechanical Systems Theory, Methods, and Algorithms. -VerlagNew York, Inc., 2003. 545 p.

  3. Kurfess T. Robotics and automation handbook. CRC Press LLC, 2005. —519 p.

  4. Yurevich Ye.I. Osnovы robototexniki – SPB, BXV – Peterburg, 2010. -368 s

Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 son «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida» gi Farmoni.

2. Nazarov X.N. Robototexnik tizimlar va komplekslar: Oʻquv qoʻllannma Toshkent “Iqtisod-Moliya” 2017 – 64 b
3. Nazarov X.N. Robototexnicheskiye sistemы i kompleksы. Uch. posobiya – T.: TGTUb 2004,101 s
Axborot manbaalari

  1. www.uzinfocom.uz

  2. www.google.com

  3. www.ziyonet.uz

  4. www.Robototexnika.com

  5. https://www.youtube.com/watch?v=GzQ4w9UT5ns// Robototexnika kurs

7

Fan dasturi Nizomi nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Unversitetining Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar bo’yicha O’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashni tomonidan 2022-yil 26-avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.

8

Fan/modul uchun masʻullar:
I.E.Saidaxmedov –DTPI, “Axborot texnologiyalari “ kafedrasi oʻqituvchisi.

9

Taqrizchilar:
Z.Xudoyquov – “TATU kriptogrfiya” kafedrasi mudiri, dotsent
R.Mamajanov –“Axborot texnologiyalari” kafedrasi oʻqituvchisi, dotsent



Yüklə 124,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin