Fan/modul kodi


IV. Talabalar bilimini baholashda umumiy qoidalar



Yüklə 499,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/27
tarix12.05.2023
ölçüsü499,4 Kb.
#111890
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
ЖТН ва У Ишчи дастур Х К

IV. Talabalar bilimini baholashda umumiy qoidalar 
 
1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 
2. Yakuniy nazorat, Jismoniy madaniyat fakulteti dekani tomonidan ishlab chiqilgan 
(o`quv ishlari bo`yicha prorektor tasdiqlagan) Yakuniy nazorat turlarini o`tkazish jadvaliga 


21 
muvofiq o`tkaziladi. 
3. Yakuniy nazorat turini o`tkazish va mazkur nazorat turi bo`yicha talabaning bilimini 
baholash o`quv mashg`ulotlarini olib bormagan professor-o`qituvchi tomonidan amalga 
oshiriladi. Tegishli fan bo`yicha o`quv mashg`ulotlarini olib borgan professor-o`qituvchi 
yakuniy nazorat turini o`tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
4. Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limi tomonidan nazorat turlarini o`tkazilish 
tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o`tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi 
hamda tegishli nazorat turi qaytadan o`tkazilishi mumkin. 
5. Talaba tegishli fan bo`yicha yakuniy nazorat turi o`tkaziladigan muddatga qadar 
oraliq nazorat turini topshirgan bo`lishlari shart.
6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo`yicha «2» 
(qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. 
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi 
bo`yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 
7. Talaba uzrli sabablarga ko`ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan 
taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi 
asosida ruxsat beriladi. 
8. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o`ta 
olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan 
bo`yicha professor-o`qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o`tkazish va talabani baholash 
mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
9. Berilgan muddat davomida mavjud bo`lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba 
bo`yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig`ini, filial 
direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug`i asosida 
kursdan qoldiriladi.
10. Talaba baholash natijasidan norozi bo`lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan 
vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan 
apellatsiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun 
ichida ko`rib chiqiladi. Talabaning apellatsiyasini ko`rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga 
ega. Apellatsiya komissiyasi talabaning apellatsiyasini ko`rib chiqib, uning natijasi bo`yicha 
ushbu semestrda fanni o`zlashtirgani yoki o`zlashtira olmagani ko`rsatilib qaror qabul qiladi, 
qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini ta’minlaydi. 
11. Nazorat turi bo`yicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” 
(a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo`l qo`yilmaydi.

Yüklə 499,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin