Fanning dasturining shakli Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil " " dagi " ". son majlis bayoni bilan ma’qullangan


O‘quv fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 36,12 Kb.
səhifə2/8
tarix20.11.2023
ölçüsü36,12 Kb.
#166106
1   2   3   4   5   6   7   8
O‘quv fanining maqsad va vazifalari

Fanning maqsadi bo‘lajak bakalavrlarni bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ilmiy, nazariy, metodik asoslari bilan tanishtirish; shu fan bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish haqida bilim berishdan iborat.
Fanning vazifalari – talabalarga bolalarni tabiat bilan tanishtirishning mazmuni, maqsadi va vazifalari, metodlari; tabiat bilan tanishtirish ishlarini tashkil etish; pedagogik kollejlarda tabiat bilan tanishtirish fanidan darslarni tashkil qilish va o‘tish metodikasi haqida bilim berish, tegishli ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanini o‘zlashtirish natijasida bakalavr:
- tabiat bilan tanishtirish fanining maqsad va vazifalari, uning rivojlanish tarixi, pedagog va psixologlarning tabiatni inson hayotidagi ahamiyatini, bola shaxsining rivojlanishida tabiatning o‘rni va vazifalari haqidagi qarashlarni, pedagogik kollejlarida tabiat bilan tanishtirish fanining o‘qitilishi, dars turlari va mazmunini bilishi;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish dasturini tuzish, turli guruhlarda tabiat burchakni tashkil qilish va hayvon yoki qushlarni, o‘simliklarni parvarishlash; tabiat bilan tanishtirishning ish shakllari, metodlari ishni rejalashtirish, tabiat bilan tanishtirish ishiga metodik rahbarlik qilish, tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini rejalashtirish va ularni o‘tkazish; tabiat bilan tanishtirish ishlarini rejalashtirish; sayr va ekskursiyalarni o‘tkazish malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan ketma-ketligi

Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi 5- semestrda o‘qitiladi. Fan bakalavrlarnitayyorlash tizimida muhim o‘rin egallaydi. Uni o‘qitishda Pedagogika, Psixologiya, Tabiatshunoslik asoslari, Ekologiya, Maktabgacha ta’lim pedagogikasi, Nutq o‘stirish metodikasi, Tasviriy faoliyat, Sodda matematik tasvvurlarini shakllantirish metodikasi, Musiqa metodikasi, Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish kabi fanlardan olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarga asoslaniladi.




Yüklə 36,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin