Fanning ta’limdagi o‘rni
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani bo‘lajak mutaxassisni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur fanni o‘rganish natijasida bakalavr yosh avlodni tabiat bilan tanishtirish, tabiat bilan uyg‘unlikda yashashga o‘rgatish, Bolalarni tabiat hodisalari bilan tanishtirish, ularning mohiyatini tushuntirish kabi malakalarni egallaydi. Bu esa uning kasbiy – pedagogik faoliyatida juda muhim sanaladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanidan bilimlarni puxta o‘zlashtirishi uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslariga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar tanlanadi. Fanni o‘qitishda «Tarmoqlar», «Aqliy hujum», «Bumerang», «Yelpig‘ich», «Baliq skeleti» kabi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Bunda har bir mavzuning o‘ziga xosligi hisobga olinadi.
Shuningdek, audio-, video-, kompyuter texnikasidan foydalaniladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy (leksiya) mashg‘ulotlari mazmuni
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish
metodikasi - pedagogik fan
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Tabiat bilan tanishtirish metodikasining fan sifatida shakllanishi. Sharq va G‘arb olimlarining tabiat, uning inson hayotidagi o‘rni haqidagi qarashlari.
Maktabgacha tarbiya muassasalari va oilada tabiatshunoslik ishlarini tashkil etish
Tabiat – bolalarni har tomonlama kamol toptirishida asosiy omil sifatida. Turli yosh guruhi bolalarining tabiat haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishida o‘ziga xosliklar. Tabiat bilan tanishtirish orqali bolalarning psixik xususiyatlarini rivojlantirish. Tabiat yordamida bolalarning tafakkuri, diqqati, xotirasini rivojlantirish. Tabiat vositasida bolani xar tomonlama barkamol qilib tarbiyalash. Tabiat bilan tanishtirish va aqliy, ahloqiy, jismoniy, nafosat, ekologik, mehnat va iqtisodiy tarbiy.
Dostları ilə paylaş: |