Maktabgacha tarbiya muassasasida tabiat bilan
tanishtirishning mazmuni
Yer va quyosh planetalari haqida tushunchalarni shakllantirish. Tabiatdagi ekologik bog‘lanishlar haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish. Tabiat materiallarni yig‘ish va ularni badiiy ijodda aks ettirish. Tabiatga nisbatan insoniy munosabatlarni shakllantirshda bolalarning yasash, qurish faoliyatlari.
Tabiat haqida beriladigan bilimlarning bolalar yoshiga mosligi.
Tabiat bilan tanishtirish tamoyillari
Tabiat bilan tanishtirishda ilmiylik tamoyili, bolalarning yoshiga mosligi tamoyili, o‘lkashunoslik tamoyili, ensiklopedik tamoyillar, faslchilik tamoyillari. Tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
Maktabgacha tarbiya muassasasida tabiat bilan tanishtirish dasturining mazmuni
Bog‘chada bolalarning tabiat bilan tanishtirish uchinchimingyillikning bolasi tayanch dasturi asosida tayyorlanadi. Dasturda bolalarning yoshi, psixik hamda fiziologik xususiyatlarga mos sur’atda ahloqiy, aqliy jixatda estetik mehnatsevarlik, ekologik tarbiya berish. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiatshunoslik sohasida barcha bilimlarni sodda oddiy tabiatshunoslikka oid bo‘lgan bilimlarni berilishi. Dasturning xar bir bo‘limi yosh xususiyatlarni xisobga olib ta’lim va tarbiyaning ma’lum qirralarini singdirishni rejalashtirilgan. Dasturda tabiatga oid materiallarni murakkablashuvi tamoili asosida joylashuvi. Tabiat bilan tanishtirish dasturida fasllar bo‘yicha bilim berishning mazmuni.
Tabiat bilan tanishtirish metodlari
Kuzatish va uning turlari. Turli guruhlarda kuzatishlarni tashkil etish va rahbarlik qilish. Tarqatma materiallardan foydalangan holda kuzatishlarni tashkil etish.
Texnik vositalar va ulardan foydalanish metodikasi. Kuzatishlarning bolalarga beriladigan bilimlar mazmuniga bog‘liqligi.
Tabiat bilan tanishtirishda og‘zaki metodlar
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi hikoyasi, suhbat, badiiy adabiyotning ahamiyati. Og‘zaki metod va uning turlari bilan tanishtirish. Tarbiyachi xikoyasiga qo‘yilgan talablar xikoyani o‘tkazish metodikasi bilan tanishtirish.
Dostları ilə paylaş: |