4. Mikrokontrollerlarni ishlatishga mo’ljallangan interfeyslar, dasturlash muhitlari va tillari.
“Mikrokontrollerlarni dasturlash” fani haqida tushuncha.
“Mikrokontrollerlarni dasturlash” fani mikrokontrollerlarni dasturlash asoslari, dasturlash tillari, mikrokontrollerlar arxitekturasi, xotira yacheykalarini tashkil etilishi, kiritish-chiqarish portlarini rostlash, taktli chastotani rostlash, taymerlar bilan ishlash, komparatorlarni boshqarish kabi masalalarni qamrab oladi.
“Mikrokontrollerlarni dasturlash” fanining maqsad va vazifalari.
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga mikrokontrollerlarni dasturlash asoslarini, dasturlash tillarining asosiy tushunchalari va buyruqlarini, dasturiy vositalar ishlash tamoyillarini o’rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarda mikrokontrollerlarni dasturlash asoslarining rivojlanishi, ularning asosiy algoritmlarini hisoblash va ma’lumotlarni qabul qilish va yuborish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishdan iborat.
Mikrokontroller – bu bitta chipda butun mikroprotsessor tizimi. Ushbu chip har qanday elektron qurilmalarni boshqarish va ko‘p funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Elektron qurilmalarning o‘zaro ta’siri mikrokontrollerga o‘rnatilgan dasturga muvofiq amalga oshiriladi.