Passiv elektron komponentlar nima?
Passiv elektron komponentlar boshqa elektr signallari orqali oqimni nazorat qilish qobiliyatiga ega bo'lmagan narsalardir. Passiv elektron komponentlarning namunalari - kondansatorlar, qarshilik, indüktor, transformatorlar va diodlar.
Faol va passiv komponentlar orasidagi farq nima?
1. Faol qurilmalar elektronga elektr energiyasini yetkazib bera olidi, holbuki passiv qurilmalar har qanday energiya yetkazib berishga qodir emas
2. Faol qurilmalar quvvat olishni ta'minlaydilar, va passiv qurilmalar quvvat olishni ta'minlay olmaydi.
3. Faol qurilmalar energiya oqimini boshqarishi mumkin, passiv qurilmalar buni nazorat qila olmaydi.
Elektron komponentlarning ishlatilishi
Harbiy va aviatsiya bozori - bu juda ko'p elektron komponentlarni talab qiladigan sanoat. Bu bozor sektoriga navigatsiya va qidiruv tizimlari, shuningdek turli asbob-uskunalar, geolokatsiya va skanerlash uskunalari, turli xil datchiklar va korish moslamalari, avtomatlashtirilgan uskunalar, harbiy transportlar va harbiy dronlar, nishonga olish va yetkazuvchi, habarni uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar, oz ichiga oladi.
Maishiy texnikalar va robototexnika bozori juda katta suratlarda rivojlanayotgan bozor hisoblanib, hozirda juda kop elektron komponentlarni ishlatuvchilardan biri hisoblanadi. Bu bozor shu darajada rivojlanayotganligidan barcha texnikalar va qurilmalarda inson omili shart bolmay qoldi, ya‘ni barcha ishlarni avtomatlashtirilgan texnika va qurilmalar yoki robotlar orqali bajarilmoqda.
Elektron komponentlardan foydalanish sohalari juda farq qiladi va ularning ko'pligi bor, lekin har qanday ishlab chiqaruvchi va xaridorni qiziqtiradigan bitta omil bor - bu sifat. Agar sifat elementlari ishlatilsa, u holda korxonada uskunalarning ishdan chiqish xavfi sezilarli darajada kamayadi.
Rezistor nima?
Rezistor - elektr zanjirda tokni va kuchlanishni rostlash uchun qo‘llaniladigan ma’lum qarshilikli elektr qurilma. «Rezistor» so‘zi lotincha «resisto» − «qarshilik» degan ma’noni anglatadi. Rezistor alohida bo'linmalar orasidagi toklar va kuchlanishlarning kerakli taqsimlanishini ta'minlash uchun elektr zanjirlarida ishlatiladigan, normalizatsiya qilingan yoki sozlanishi faol qarshilikka ega bo'lgan o'tkazgichga asoslangan qurilma. Yani qurilmaga qarshilik ko'rsatish orqali elektr platasida elektr toki oqimini boshqaradigan yoki to'sqinlik qilish uchun ishlatiladigan passiv qurilma. Rezistorlar har qanday avtomatlashtirish tizimining ajralmas va eng keng tarqalgan elementlar guruhidir. Rezistorlarning o'ziga xos xususiyati, ular orqali elektr oqimi o'tganda, elektr energiyasi manbai energiyasini issiqlik energiyasining tarqalishiga aylantirish qobiliyatidir. Elektr diagrammalarda rezistorlar R harfi bilan belgilanadi. Xuddi shu harf qarshilikning raqamli qiymatini ham bildiradi - om bilan o'lchangan qarshilikning asosiy xarakteristikasi.
Dostları ilə paylaş: |