Jismoniy etuklik shaxsni jismoniy tarbiya vositalari yordamida shakllantiruvchi pedagogik jarayon natijasidir. Ta’lim berish - yuksak ishchanlik qobiliyatini tarbiyalash, salomatlikni asrash va mustahkamlash, sog`lom hayot tarziga yo’naltirish uchun kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalar bilan yoshlarni qurollan-tirishdir.
Jismoniy mashg`ulotlar jarayonida mushak-bo’g`im apparati muvaffaqiyatli mustahkamlanishi, tana vaznining kamayishi, yog`lar almashinuvi yaxshilanshi, qon zardobida xolesterin kamayishi, arterial qon bosimining darajasi me’yorga tushishi, markaziy asab tizimining yaxshilanishi, kuchli chiniqish ta’siri yuzaga kelishi, organizmning turli ekstremal ta’sirlarga chidamliligi mustahkamlanishi isbotlangan, ya’ni jismoniy mashqlarning ta’siri organizmning amalda barcha a’zolari va tizimlarining ishida namoyon bo’ladi, lekin ularning yurak-qon tomir tizimiga bo’lgan ta’siri eng muhimdir. Yaxshi jismoniy holatda bo’lish quyidagi tarkibiy qismlaridan tashkil topadi:

Jismoniy rivojlanish darajasini belgilovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlash usullari
1) Chidamlilik – uni sog`lom yurak ta’minlaydi. Yurak uchun eng yaxshi mashqlar – organizm eng ko’p kislorod iste’mol qiladigan mashqlardir. Piyoda yurish, yugurish, velosipedda yurish, suzish, aerobika organizmning chidamliligini oshiradi.
2) Epchillik – yaxshi jismoniy holatda bo’lgan inson o’z harakatlarini muvozanatlashtira olishi va tez reakstiyaga ega bo’lishi lozim.
3) Mushak kuchi – kuchli mushaklar qomatni jozibali qiladi. Kuchni oshirishga qaratilgan mashqlarda organizmga qo’shimcha kislorod talab etilmaydi.
5) Egiluvchanlik – kuchli sog`lom va elastik mushaklar har qanday yoshda, ayniqsa keksa yoshida harakatchanlikni saqlab qolishga imkon beradi. Egiluvchanlikni gimnastika, badminton, raqslar, chang`ida uchish va hokazolar rivojlantiradi.