Idrokning konstantligi va
anglanganligi.
Idrok qilinayotgan tashqi olam, muhit doimo
o‘zgarishda, turli holatlarda, turli sharoitlarda
namoyon bo‘ladi. Turlicha yorug‘likda, fazoda
turli holatlarda, turli masofda bo‘ladi. Bunday
omillar ta’siri ostida ko‘z sezgi organlarimizga
kelayotgan ma’lumotlar turlicha bo‘ladi, ularni
idrok qilish ham turlicha bo‘lishi kerak. Ammo
bizning pertseptiv (idrok qilish) tizimimiz
bo‘layotgan o‘zgarishlarni to‘g‘rilash, tiklash
qobiliyatiga ega.
11
Har bir idrok tarkibiga
kishining o'tmishda hosil
qilingan bilim va tajribalari
kiradi. Biz bunday shakl
buyumlarni ilgari juda ko'p
marta ko'rganmiz. Ular
haqida muayyan
bilimlarimiz bor. Shuning
uchun bu shakllardagi
yetishmagan joylarni o'sha
bo'limlardan olib qo'shamiz
va bir butun aks ettiramiz.
Demak, idrok jarayoniga
xotira faoliyati qo'shiladi.
12
Idrok tarkibiga xayol tasavvurlari kiradi.
Masalan: derazadagi qirovni idrok qilib, tropik
o'rmon yoki gullarga o'xshatish, kesib olingan
daraxt to'nkasini idrok qilib biror yovvoyi
hayvonga o'xshatish, osmondagi para-para
suzib oq bulutlarni idrok qilib, to’plab kuyilgan
paxtaga o'xshatish va boshqalar.
13
Idrokning anglanganligi
.
Ma’lumki idrok qo‘zg‘atuvchining
retseptorlarga bevosita ta’siri natijasida yuzaga
kelsa ham, biroq pertseptiv obrazlar hamma
vaqt ma’lum ma’noga ega bo‘ladi. Odamning
idroki tafakkur bilan, narsaning mohiyatini
tushunish bilan mustahkam bog‘liqdir. Narsani
ongli idrok qilish – uni fikran atash degan
ma’noni anglatadi. Biz idrok kilayotgan
narsalarimiz haqidagi ma’lumotlarni o‘zimizga
tanish bo‘lgan narsalarga o‘xshashligini
aniqlashga, biror sinfga kiritishga, ba’zi
kategoriyalarga qo‘shishga intilamiz.
14
Appertseptsiya
Idrok, uni yuzaga keltirgan qo‘zg‘atuvchi bilan
birgalikda idrok qilinayotgan sub‘ektning o‘ziga
tegishli bir qator omillarga ham bog‘liq. Yakka
holda olingan ko‘z, yoki quloq idrok qila
olmaydi, balki tirik odam idrok qila oladi.
Konkret tirik odamning doimo turli qiziqishlari,
ehtiyojlari, hohishi, hissiyotlari, munosabati
bo‘lib, ular idrok jarayoniga ta’sir qiladi.
Idrokning odam hayoti mazmuniga va odam
shaxsining xususiyatlariga bog‘liqligi
appertseptsiya deb yuritiladi.
15
Dostları ilə paylaş: |