Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o\'rtasidagi bog\'liqlik
Yakunlovchi suhbat. Yakunlovchi suhbat o‘quvchilar o‘rganilgan
mavzu bo‘yicha xulosa chiqara olishlari uchun o‘tkaziladi,. Masalan,
“Granit” mavzusi o ‘rganilgandan keyin quyidagi savollar bo‘yicha
yakunlovchi suhbat o ‘tkaziladi: Biz qanday mavzu bilan tanishdik?
Qanday yangiliklami bildik? Granit qanday tuzilishga ega? Granit
rangi nimaga bog‘liq? Granit tarkibiga nimalar kiradi? Granitdagi
kvars qanday aniqlanadi? Granitning yemirilishi natijasida nimalar
hosil bo‘ladi?
Tasviriy qurollami ko ‘rsatish asosidagi suhbat. Tabiatshunoslik
darslarida ko‘pincha suratlardan foydalaniladi. Masalan, “Dashtlar”
mavzusini (4-sinf) o‘rganishda o‘qituvchi “Bahorda dasht” nomli su-
ratni iladi va uning bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. 0 ‘quvchilar ushbu
345
savollarga javob berishlari kerak: suratda nimalar tasvirlangan? Su-
ratda qanday o‘simliklami ko‘ryapsiz? (qum giyohi, lola, gulsapsar,
saksovul). Nima uchun dashtda o‘simliklar kam? Nima uchun dashtda
baland daraxtlar yo‘q? Suratda tasvirlangan hayvonlami sanab bering
(burgut, ilon, kalxat, dasht qarg‘asi, suvilon, qum quyoni). Bu hayvon
lar nima bilan oziqlanadilar?
Yordamchi savollar bo‘yicha suratni tahlil qilib, o‘quvchilar yan
gi ma’lumot oladilar, chunki o‘qituvchi o‘quvchilaming javoblarini
to‘ldiradi, tushuntiradi va aniqlaydi.
0 ‘qilgan darslik maqolasi asosida suhbat. Suhbatning maqsadi - u
yoki bu tabiat hodisasini bolalar tomonidan to‘g ‘ri tushunilganligini
aniqlash, tabiatshunoslik maqolasini o ‘qishdan olingan yangi bilim
lami mustahkamlash va sistemalashtirishdir.
Shunday maqolalami 1-sinfda o‘qishda qisqa suhbat o‘tkaziladi,
unda bolalaming o ‘qilgan maqola mazmunini qanday tushunganlikla-
rini aniqlashga yordam beruvchi 2-3 ta savol beriladi. Keyin maqola
mantiqan tugallangan qismlar bo‘yicha о‘qiladi va o ‘qilganlaming
mazmuni aniqlanadi. Shundan keyin o ‘quvchilarga o ‘qilgan qismda
qancha jumla bo‘lsa, o ‘shancha savol beriladi. Matn albatta o‘qituvchi
tomonidan sharhlab beriladi, uni hikoya, ko‘rgazmali qurollami,
o‘qitishning texnika vositalarini namoyish qilish bilan birga olib bo
riladi. Suhbat o‘quvchi bilimlarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash bi
lan tugallanadi.