Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o'rtasidagi bog'liqlik


-BOB O‘smirlarning ijodkorlik qobiliyatlarini baholashning psixologik usullari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə72/72
tarix11.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#96197
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o\'rtasidagi bog\'liqlik

3-BOB O‘smirlarning ijodkorlik qobiliyatlarini baholashning psixologik usullari 

3.1 O‘smirlarning ijodkorlik qobiliyatlarini baholash 

usullari va mezonlari hamda ularga zamonaviy yondashuv. 

28 


Milliy 
an’analar urf-odatlarimizning tiklanishi, milliy, umumbashariy va 
umumma’naviy qadriyatlarimizni hayotimizga tatbiq etilishi xalqimizning turmush sharoitini 
o‘zgarishiga olib keldi. Jamiyatimiz uchun bilimdon, fidokor, iste’dodli yoshlarni tarbiyalash 
imkoniyati yaratildi. O‘zbek xalqi yuksak aql-zakovatga dunyoni boshqarish qudrati, salohiyati, 
qobiliyatiga ega bo‘lgan sohibqiron Amir Temur kabi sarkardalar, Al-Buxoriy, At-Termiziy, 
Bahovuddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy kabi ulug‘ muhandis majtahid ulamolari, Abu 
NasrForobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi qomusiy olimlari bilan birgalikda Ul-
Umaviy, Hofiz Sheroziy kabi musiqashunos olimlari, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, 
Alisher Navoiy, Ulug‘bek kabi mutafakkirlari bilanfaxrlanib qolmay, ularning ishlarini davom 
etishiga, fan sohasida yangiliklar yaratishga ham qodirdirlar.
Shuningdek, mamlakatimizda nomlari jahon fani tarixiga kirgan olimlarimiz ko‘plab 

topiladi. Bizda madaniy saviyani oshirish, xalqimiz orasida ko‘plab bunyodga kelgan talant va 


salohiyatlarni kamol toptirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Iste’dodning o‘sib kamol 
topishi uchun faqat muhit ta’sirining bir o‘zi kifoya qilmaydi. Bunda eng muhim narsa ta’lim 
va mahsus tarbiyadir. Qobiliyat ta’lim jarayonida, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida, 
bilimlarning ijodiy qo‘llanishida, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilish jarayonida, inson 
faoliyatida kamol topadi. Masalan, muzikachi bo‘lish uchun tabiiy qobiliyat va qulay sharoit 
bo‘lishining o‘zi kifoya qilmaydi, balki o‘qish, muzika nazariyasini o‘rganish, texnikani va 
mahsus fanlarni bilish kerak bo‘ladi. Yaxshi uchuvchi, injener, umuman qanday bo‘lmasin har 
bir sohada mutaxassis bo‘lish uchun tegishli ma’lumot va tarbiya olishi kerak. 
Ta’lim jarayonida kishi mahsus ko‘nikmalar va faoliyat texnikasini egallaydiki, ularsiz 

uning na iste’dodi yuzaga chiqadi va na qobiliyati o‘sib yetiladi. «Men foydalangan 


texnikaning rivojlanganligi soyasidagina – deb yozgan edi A.N.Rimskiy Korsakov, - mening 
ijodiyotim yangi jonli kuchga ega bo‘ladi va mening bundan buyon ijodiy faoliyatim uchun 
yo‘l ochildi». 
Ma’lumki, barcha yuksak iste’dodli kishilar ko‘p va tirishib o‘qiganlar. Iste’dod ayni 

ta’lim-tarbiya jarayonida, kishining tarkib topayotgan qobiliyatlarida ravshanroq ko‘rina 


boshlaydi. Chunonchi, kishining, masalan, muzika, adabiyot, texnika, matematika va boshqa 
shu kabilarga bo‘lgan iste’dodi ta’lim-tarbiya jarayonida oshkor bo‘ladi. 
Qulay sharoit, o‘qitish va tarbiya odamdagi layoqatning barvaqt uyg‘onishiga imkon 

beradi. Masalan, Rimskiy-Korsakov onasi kuylagan kuylarni ikki yoshdanoq, otasi pianinoda 


chalgan kuylarni to‘rt yoshida takrorlar, xirgoyi qilar edi va otasidan eshitgan kichik muzika 
asarlarini tez kunda fortepianoda o‘zi chala boshlagan. Motsart uch yoshdan boshlab 
klavesinani (pianinoga o‘xshash muzika asbobini) chala boshlagan, eshitgan muzika asarlarini 
hayron qolarli darajada darrov esida qoldirgan. To‘rt yoshida o‘zi ham muzika asarlari yarata 
boshlagan. Gaydida to‘rt yoshidayoq muzikaga bo‘lgan qobiliyat ko‘rina boshlagan. Prokofev 
sakkiz yoshida kompozitor bo‘lib tanila boshlagan. 
Rassomlik sohasida Rafaelning ijodiy qobiliyati sakkiz yoshida, Mikelanjeloda o‘n uch 

yoshida, I.Ye.Repin bilan V.A.Serovda to‘rt yoshida, V.I.Surikovda olti yoshida ko‘rina 


boshlagan. Aleksandr Ivanov o‘n bir yoshidayoq tasviriy san’at Akademiyasiga kirgan. Igor 
Grabar o‘zi haqida: «Rassomlikka necha yoshda havas qo‘yganligimni eslay olmayman, ammo 
rasm solmagan vaqtimni xotirlay olmayman», deydi. 
Poeziya sohasida Pushkin va Lermontovlarning ijodiy qobiliyatlari juda erta ko‘rina 

boshlagan. Pushkin to‘qqiz yoshida Lermontov o‘n yoshida, A.Navoiy 5 yoshida ijod qila 


boshlagan. Ularning 7-13 yoshlaridayoq asarlari bosilib chiqa boshlagan. Bayron bilan Shiller 
o‘n olti yoshda yoza boshlagan.
Bizning maktablarimizdagi ta’lim-tarbiya ishlari bolalarga faqat bilim berish bilangina 

cheklanib qolmay, balki bolalarning barcha qobiliyatlarini o‘stirishni nazarda tutgan holda olib 


boriladi. 
Kishilar o‘zidagi turli faoliyatlarga bo‘lgan tug‘ma layoqatlarini jamoada, o‘z ustida 

tinmay ishlash jarayonida ro‘yobga chiqaradilar. Maktablardagi sinf hamda jamoa, guruhlar, 


ilmiy to‘garaklar, fan olimpiadalariga ishtirok etish, ilmiy anjumanlarga ishtirok etish tug‘ma 
layoqatlarni qulay imkoniyatlaridir. Shuningdek, o‘quv va mehnat faoliyatida odamning 
layoqatlari uyg‘onadi va qobiliyatlari o‘sadi, xalq talantlari shular jarayonida oshkor bo‘ladi. 

29 

Har bir shaxsning o‘zi aktiv xarakat qilgandagina ijtimoiy muhit, o‘qish va tarbiya 
kishining layoqatini uyg‘otmog‘i va iste’dod hamda qobiliyatlarini o‘stirmog‘i mumkin. 
Kishining qobiliyatlari uning faoliyatini belgilabgina qolmay, balki kishining qobiliyatlari 
mana shu faoliyatda o‘sadi va tarkib topadi. 
Kishining o‘z faoliyatiga qanday munosabatda bo‘lishi katta ahamiyatga egadir. Agar 

kishi o‘z ishini sevib, mehr bilan qilsa, u vaqtda kishining bu sohadagi salohiyatlari kuchliroq 


yuzaga chiqa boshlaydi, uning qobiliyat va mahorati tezroq o‘sib boradi. Ishga muhabbat 
qo‘yish – u ishga qiziqish, havas qo‘yish demakdir. Shu sababdan kishining qobiliyati uning 
qiziqish-havaslari bilan mustahkam bog‘liq va qiziqishning o‘sib borishiga qarab, kishi 
qobiliyati ham o‘sib boradi. Qiziqishlar esa hammadan ko‘ra ko‘proq, faoliyat jarayonida va 
o‘sib borayotgan qobiliyatlarga bog‘liq ravishda o‘sadi. 
Yuksak va olijanob maqsadlar kishining barcha ruhiy kuch va qobiliyatlarining 

o‘sishiga katta stimul bo‘lib xizmat qiladi. 


Durust, ayrim vaqtlarda kishining qobiliyati bilan havaslari bir-biriga mos bo‘lmasligi 

ham mumkin, masalan, kishi ma’lum bir sohada qobiliyat ko‘rsatadi, ayni vaqtda boshqa bir 


sohaga ham qiziqadi. Bunday hodisa ko‘proq kishining qobiliyatlari hali to‘liq tarkib topib 
yetmagan va oshkor bo‘lmagan davrlarda uchraydi. 
Qobiliyatning o‘sishida mayyan faoliyatga qiziqish va muhabbat qo‘yish bilan bir 

qatorda, kishi o‘z ustida ishlashi, uning mehnat faoliyati hamda bilimlari, ko‘nikma va 


malakalarini ijodiy ravishda – qo‘llana olishi ham katta ahamiyatga egadir. 
Ayrim kishilar bolalik va o‘quvchilik chog‘larida, ular uchun qulay sharoit bo‘lishiga 

qaramay, hech qanday o‘z zehni va qobiliyatlarini ko‘rsata olmaganliklari ma’lumdir. Bunday 


kishilar keyinchalik sabot va chidam bilan o‘z ustlarida mustaqil ishlashlari natijasida 
o‘zlarining zo‘r qobiliyatga ega ekanliklarini ko‘rsatganlar. 
Ko‘p vaqtlardan beri shu narsa ma’lumki qobiliyat bilan o‘zlashtirish hamma vaqt ham 

bir xil bo‘lavermaydi. Masalan, Gogol Nejinskiy gimnaziyasida o‘qiyotganida adabiyotdan 


«3», inshodan esa «2» baho olar edi. Mendeleev gimnaziyada «o‘rta hol» o‘quvchilardan biri 
bo‘lib hisoblanishiga qaramasdan, keyinroq borib genial olim bo‘lib yetishdi. A’lochi bo‘lib 
o‘qiganlardan ko‘pchiligining oddiy xizmatchi bo‘lib qolganligi ham sir emas. 
Moskva matematika maktabiga asos solgan, hozirgi zamon matematikasida yangi oqim 

yaratgan atoqli olim, akademik Luzin maktabda o‘qigan davrlarida matematika fanidan «2» 


bahoga o‘qir edi, uyda matematikadan yordamchi o‘qituvchi bilan tayyorlanar edi. O‘sha 
o‘qituvchining so‘ziga qaraganda, Luzin fanga tamoman layoqatsiz edi. 
Taniqli kinorejissyor S.M.Eyzenshteyn maktabda o‘qigan vaqtida rasm darsidan faqat 

«3» baho olib o‘qir edi. Lekin keyinchalik u o‘z ustida tinimsiz ishlashi natijasida 


kinematografiya san’ati sohasida talantini ko‘rsatdi. 
Mashhur kishilar hayotini olib qarasak, ular ijodiyotida eng muhim o‘rinni ishg‘ol 

qilgan narsa ularning tinimsiz ishlash qobiliyatiga ega bo‘lganliklari, belgilangan maqsad 


yo‘lida oylab, yillab, o‘n yillab ishlay bilishlari va charchamay unga erishish yo‘llarini 
izlashlari bo‘lgandir. Ma’lumki, maktabdagi o‘quvchilar orasida darslardan ulgurmaydigan 
bolalar ham uchraydi. Bunday o‘quvchilarning darslardan ulgurmasdan orqada qolish sababini 
sinchiklab tekshirish shuni ko‘rsatadiki, ularda o‘qishga moyillik bo‘lmaydi yoki ular dars 
tayyorlash yo‘llarini bilmaydilar. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ularda o‘qishga bo‘lgan qiziqish 
va istak tug‘dirish, shuningdek, ularda dars tayyorlash malakasini hosil qilish ularning darsdan 
ulgurib borishlariga imkoniyat beradi. 
Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida har bir 
pedagog o‘quvchilarga muayyan fanlardan bilimlar berish, malaka hosil qilish, ularning his va 
irodasiga ta’sir etish bilan bir qatorda, ularning har birini jamiyatning munosib quruvchilari 
bo‘lib yetishishlari uchun tinmay o‘z ustilarida ishlash lozim ekanligini ular ongiga singdirish 
kerak.O‘quvchilarning kelajak mehnat faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlari faqat ularning 
maktabda oladigan bilim va malakalariga bog‘liq bo‘lmay, balki, asosan, o‘zlarining bundan 
keyingi o‘z ustilarida tinimsiz ishlashlari orqali yangi bilimlar hosil qilib borishlariga bog‘liq 
ekanligini ularga tushuntirish orkali biz ijodiy qobiliyatlarni rivojlatirishga ega bo‘lamiz. 
Ijodiy qobiliyatlar bilimlar, ko‘nikmalarda emas, balki ularni egallagan dinamikasida 
ya’ni bilim, ko‘nikmalar qanday sharoitda tez, chuqur va oson egallanishida namayon bo‘ladi. 
Bu tushunchadan bugungi kunda ham foydalaniladi.Va nihoyat, yana bir tushunchani ko‘rib 

30 


chiqamiz. “Ijodiy qobiliyat – bu bilim ko‘nikma va malakalarni namayon bo‘lishi emas, balki 
ularni tez o‘zlashtirilishi va un amaliyotda samarali qo‘llanilishidir”.Ushbu tushunchaning 
yangiligi va to‘laligi nimadaq
Ushbu tushunchada ijodiy qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarga 
tenglashtirilmay, ularga nisbatan insonning munosabati, bilim, malaka va ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirish yenglligi, tezligi va chuqurligi, hamda ularni ma’lum bir fvoliyatini yengil 
o‘zlashtirishda va shu faoliyatning muvaffaqiyatli bajarishda namayon bo‘ladi. 
Shunday qilib, qarama – qarshiliklarni yengish hamda haqiqatni izlash oqibatida 
olimlar quiydagi xulosaga keldilar, “Ijodiy qobiliyatlar – shaxsning individual psixologik 
xususiyati bo‘lib, unga bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirilishining to‘liqligi, 
yengilligi, chuqurligi, hamda turli faoliyatni o‘zlashtirish va uni muvaffaqiyatli bajarishga 
bog‘liqdi” bu tushunchani psixologiyaga yirik Rossiya olimi B.M.Teplov (1896-1965) kiritgan 
bo‘lib, u bugungi kunda keng tarqalgandir. 
Yuqorida aytib qtilgandek B.M.Teplov qobiliyatlarinng umumiy nazariyasini ishlab 
chiqishiga o‘z xissasini qo‘shgan B.M.Teplovning fikricha “Qobiliyatlar” tushunchasi o‘z 
ichiga uch g‘oyani qamrab oldi: “birinchidan, qobiliyatlar deganda bir odamni boshqasidan 
ajratib turadigan individual psixologik xususiyatlar tushuniladi. 
Ikkinchidan qobiliyat deganda har qanday individual psixologik xususiyatni emas biror 
bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlovchi xususiyat tushuniladi. 
Uchinchidan, “Qobiliyatlar” odamning bilimlari, ko‘nikmlari va malakalariga 
tenglashtirimasligi lozim.”. 
B.M.Teplovning fikricha qobiliyatlar doimiy rivojlanishdagina mavjud bo‘lishi 
mumkin. 
Rivojlanmagan, amaliyotda qo‘llanilmaydigan qobiliyat vaqt o‘tishi bilan yo‘qoladi.
- Axborot texnologiyalari asrida va ayniqsa, talabalar misolida 
- O‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini baholashning iqtisodiy samarali usuli – kompyuterdan 
foydalanish metodikasi 
IQ muammolarini tadqiq etishda ko‘plab ilmiy yondashuvlar mavjud. Ularning 
natijalarini umumlashtirib, kreativ psixologiya va u bilan bog‘liq intellektual qobiliyatlar 
haqida quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin: 
Intellektual “Odarennost(iqtidorli)” shaxsning ijodiy aktivligining shartlaridan biri 
bo‘lib, ijodiy faoliyatni aktivlashtirishda motivlashtirish asosiy o‘rin tutadi.
1. E.Torrens nazariyasi bo‘yicha IQ intellektga bog‘liq bo‘lmagan faktordir, ya’ni 
“intellekt bo‘sag‘asida” bu faktor quyidagicha taqqoslanadi: agar IQ 115-120 dan past 
bo‘lsa intellekt va kreativlik yagona faktorni tashkil etadi, aksincha IQ 115-120 dan 
yuqori bo‘lsa, IQ intellektga bog‘liq bo‘lmagan kattalik bo‘lib qoladi, bundan kelib 
chiqadiki past intellektli kreativlik bo‘lmaydi, lekin past kreativli intellektuallar mavjud
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra shaxsning ijodkorlik xusuiyatini quyidagi mezonlar orqali 
tavsiflash mumkin:
1. Ijodiy muammoni ko‘rish va anglash. Idrok etish. Diqqatlilik va e’tiborlilik 
2. Muammoning asosiy qirrasi va aloqalarini anglash, ko‘ra bilish. Fikrlashning 
serqirraligi. 
3. An’anaviy qarashlardan voz kechish va yangicha fikrni olg‘a surish(Gibkiy 
mыshleniya). 
4. Masalalarni yechishda bir qoliplilik va guruxning fikrlaridan chetlashishga xarakat 
qilish. Real fikrlash. 
5. Ko‘plab g‘oya va aloqalarni qayta guruxlash qobiliyati. Ko‘p variantli fikrlash. 
6. Ijodkorlik talab qiluvchi muammoni tizimlashtirilgan holda aniq, ravshan tahlil etish 
qobiliyati.
7. IQ talab etuvchi muammolarni sun’iy, abstrakt tizimlashtirish qobiliyati. (Abstraktnoe 
mыshleniya) 
8. G‘oyaning bir butunligi va uning strukturasini his etish qobiliyati. 
9. Barcha yangi va g‘ayrioddiy holatlarni qabul qila olish qobiliyati. 
10. Noaniq holatlarda konstruktiv aktivlik qobiliyati 

31 


Ushbu aytib o‘tilgan mezonlar o‘smirlarda qay darajada shakllanganligini bilish maqsadida 
boshlang‘ich vaqtda test savollari, so‘rovnomalar, anketa savol javoblari o‘tkazish ko‘zda 
tutiladi. O‘tkazilgan test natijalari asosida tajriba va nazorat guruxlari ajratiladi. Test savollari 
yuqorida sanab o‘tilgan mezonlarni o‘zida mujassamlashtirgan holda IQ darajasini belgilovchi 
quyidagi parametrlarga nisbatan tuzilgan: 
1. 

Masala yechishga, fizika faniga moyillik darajasi 


2. 

Fanga qiziqish darajasi 


3. 

Ijodiy faollik darajasi 


4. 

Ijodiy diqqatning serqirraligi va barqarorligi 


5. 

Amaliyotga ijodiy qo‘llash 


6. 

Tasavvur ravshanligi va aniqligi 


7. 

O‘z-o‘zini baholash 


Akliy iste’dod testlari mazmun jixatdan kator savollar va masalalardan tashkil topgandir. 
Ularni yechish muvaffakiyati (sarflangan vaktni xisobga olib) balllar yigindisi bilan 
xisoblanadi.
Bolalar testlar to’plamini bajarib bo’lgandan keyin ularning natijalarini 

standartlashtirilgan yul bilan, ya’ni xar bir sinaluvchi olgan ochkolar mikdorini xisoblash bilan 


shugullanishadi 
Endi qobiliyatlarning sifat va miqdor xarakteristikasini ko‘rib chiqaylik. Qobiliyatlarning 
sifat xarakteristikasi haqida gapirilganda kishining qaysi faoliyatda ishlayotganligi 
(konstruktorlik, pedagog, sport, iqtisod va h.k) qaysi faoliyat turida ishlab o‘zini topishi, 
muvaffaqiyatga erishish mumkinligi nazarda tutiladi. 
Qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi uning miqdor xarakteristikasi bilan uzviy bog‘likdir. 
Qobiliyatlarning mikdoriy o‘lchami o‘ziga xos tarixga ega XIX asrning oxiri XX asr 
boshlarida D.Kettel, L.Termen, B.Skinnerlar insonni o‘zi shug‘ullanayotgan faoliyatga 
yaroqligi, uning qobilitlari darajasini aniqlash taklifi bilan chiqadilar. Buning uchun aqliy 
iste’dod testlaridan foydalanish tavsiya etilgan. 
Buni qanday aniqlanganligini ko‘rib chiqamiz. Tadqiq qilinuvchi testlarni tugutgach, 
uning natijalari standartlashgan xalda ballari hisoblab chiqiladi. Bu aqliy iste’dod 
koeffitsientini (IQ — «ay-kyu») aniqlash imkoniyatini beradi. 
IQQ ni aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi: 
aqliy yosh 
IQ =______x 100 
anik; yosh 
Asliy yosh — intellektni aniqlovchi biror — bir shkala asosida belgilanadi. Masalan, 11,5 

yoshli bolaning aqliy yoshi 120 bal shkala bilan aniqlanadi. 


Agar ikki bola 100 balldan yiqqan bo‘lsa, lekin ularning birini yoshi 9,5 
ikkinchisining yoshi 12 da bo‘lsa, u xalda 
Birinchi bolaning IQQ =____ 
= 99, 5 ga 
9,5 
Ikkinchi bolaning IQ =____ 
= 80,1 ga tengdir 
14 
ammo bu borada L.S.Vigotskiyning tanqidiy fikrlari mavjud, zero agar bola berilgan 
vazifani bajarmasa, uning qobiliyat darajasi aniqlanadi deb hisoblash notug‘ri. L.S.Vigotskiy 
iste’dodni aniqlaydigan tadqiqotlarni takroran o‘tkazish lozimligini aytadi, avval mustaqil, 
so‘ng kattalar yordamida. Iste’dod darajasi esa avval mustaqil, so‘ng kattalar yordami bilan 
o‘tkazilgan tajribalar natijalarini solishtirish asosidagi farq orqali aniqlanadi. Iste’dod darajasini 
aniqlashning ushbu usuli L.S.Vigotskiy tomonidan “bola rivojlanishinng yaqin zonasi” deb 
atalgan. 
Shaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi kobiliyatlar unga kandaydir 
tabiat tomonidan tugma ravishda, tayyor xolda berilmaydi, balki xayot va faoliyat jarayonida 
tarkib topadi. Kishi dunyoga xech kanday psixik xususiyatlarsiz, fakat ularni orttirishga 
karatilgan umumiy imkoniyatlar bilan keladi, xolos.
Xozirgi paytda iste’dod nishonalarini miyaning va sezgi organlarining mikrostrukturasi 

32 


bilan boglaydigan nazariya eng maxsuldor xisoblanadi. Miya xujayralarini chukur urganish 
iste’dodli kishining nerv turkumalarini kursatadigan morfologik va funksional xususiyatlarida 
fark borligini aniklash imkoniyatidadir deb taxmin kilish mumkin. Shuningdek, iste’dod 
nishonalarini nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari bilan (nerv kuchi, 
muvozanatlashuvi va xarakatchanligi urtasidagi farklarga karab) va shu bilan oliy nerv faoliyati 
turlari bilan boglovchi gipoteza xam xakikatga yakinrokdir.
Bulardan tashkari, kobiliyatlarni tabiiy asoslarini nerv sistemasining xususiy xususiyatlari 
deb atalgan xususiyatlar bilan boglaydigan, ya’ni ayrim odamlarda kurish, boshka odamlarda 
eshitish, uchinchi bir xilida esa xarakat soxasida namoyon buladigan uziga xos tipologik 
xususiyatlar bilan boglaydigan gipotezalar yana xam xakikatga yakinrokdir. Jiddiy statistika 
kobiliyatlar va iste’dodlarning irsiyat yuli bilan utishini isbotlaydigan xech kanday dalillar 
bermaydi. Kobiliyatlarning irsiyat yuli bilan utishi xakidagi ilmiy nazariyaga xam karama – 
karshidir.Psixologiya fani differensial qobiliyatlarning tug‘ma bo‘lishini inkor etmagan. 
Qobiliyatlarning rivojlanishiga tabiiy zamin bo‘luvchi xatti – harakat organlari va miya 
tuzilishidagi bu morfologik va funksional xususiyatlar layoqat deb ataladi. 
Layoqatlar turlicha yo‘nalishda bo‘ladi, bir layoqat zaminida turli qobiliyatlar shakllanishi 
mumkin, bu faoliyat «xarakter»iga bog‘liqdir. Bugungi kunda qobiliyatlarni rivojlanishida 
tabiiy asosning modiyati hakidagi farazlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi hahida kqplab gapirish 
mumkin. Albatta qobiliyatlar tushunchasi kabi layoqat muammosi ham o‘z tarixiga ega. Lekin, 
ushbu masalarning to‘g‘ri yechimi hali hqm oxiriga yetmagan. 
Qobiliyatni irsiy asoslari bo‘yicha fanda turli qarashlar mavjud. Avstraliya olimi F.Gall 
(1758-1828) miya va alohida qobiliyatlar orasida bog‘liklik bor degan farazni ilgari suradi. 
Ushbu faraz to‘g‘rimiq Qachonlardir bu faraz juda mashhur edi, u qobiliyatlarni miya bilan 
bog‘lagan edi. Lekin F.Gallning aqlning, talant va qobiliyatlarning sifati miyaning katta yarim 
sharlarida ayrim joylarda joylashgan degan fikri fanda inkor etilgan. Lekin hali ham miya 
og‘irligi va qobiliyatlar orasida bog‘liqlik bor degan fikrlar mavjud. Katta peshonali kishilarni 
aqlli, aql-farosatli, muammolarni tez hal qiluvchi bo‘ladi degan fikrlarga hali ham duch 
kelamiz va aksincha peshonasi tor bo‘lgan kishilarga nisbatan esa qarama-qarshi fikrlar 
bildiriladi. Albatta, bu fikrlar o‘z tasdigini topmagan. Inson miyasining ogirligi va k.obiliyatlar 
urtasidagi boglikushk haqidagi fikrlar ham tasdiqlangan esa. Ma’lumki, katta kishi miyasi 1400 
g og‘irlikka ega. Shu jumladan, I.S.Turgenevning miya og‘irligi 2012, D.Bayronniki -1800g., 
N.Franeniki 1017, mashxur ximik Yu.Libixniki 1362 g. bo‘lganligi aniqlangan. 
Yana shu ham ma’lumki bir aqli zaif kishining miya og‘irligi katta bo‘lgan (2kg.ga yaqin). 
Demak yuqorida gapirilgan fikrlar o‘z isbotini topmadi. Fan esa izlanishlarni davom 
ettirmokda. 
Butungi kunda layoqatlarni miyaning mikrotizimi va sezgi organlari orasidagi bog‘liqligi 
haqidagi faraz o‘zining mahsuldorligini namoyon qilmoqda.Bu borada ONFning (umumiy) 
turlari, shuningdek, ONFning maxsus turlari, psixik faoliyati ustunlik qiluvchi birinchi 
signallar sistemasi (badiiy tur) va ikkinchi signallar sistemaining (fikrloviy tur) ustivorligi 
haqidagi ta’limotlari nazarda tutilgan.Shuni unutmaslik kerakki har qanday layoqat qobiliyati 
darajasiga yetishi uchun ma’lum rivojlanish yo‘lini bosib o‘tishi lozim.Har qanday 
qobliyatning birinchi etapi zarur organik tizimlar va funksional organlar yetishishi bilan bog‘liq 
(tug‘ilgandan to 6-7 yoshgacha). Maxsus qobiliyatlarning shakllanishi kichik va o‘rta maktab 
yoshigacha davom etadi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, qobiliyatlarni faol shakllanishi shaxs 
rivojlanishining ilk bosqichlarida namoyon bo‘la boshlaydi. Shunday vakealar ma’lum 
jumladan, Motsart 9 yoshida musiqiy pessalarni chala boshlagan. Rafael 8 yoshida, Repkin - 4 
yoshida rasm chiza boshlagan, Pushkin 7 yoshida. Lermontov esa - 8 yoshida she’r yozgan. 
Kibernetika otasi Viner 12 yoshida universitetga o‘qishga kirgan. Lekin qobiliyatlarni kechroq 
namoyon bo‘lishi ham mavjud (Akeakov, Shishkov). 
Insonning qobiliyatlarini rivojlantiruvchi faoliyatga quyiladigan asosiy talablar: 
- faoliyatning ijodiy xarakteri: 
- ijrochi uchun uning yuqrri qiyinligi: 
- zarur motivatsiya va zarur emotsional tayyorgarlikni ta’minlashni. 

33 


Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, agar bajarilayotgan faoliyat yuqori kiyinchilikda bo‘lsa, u 
bolaning qobiliyatlarini rivojlanishiga asos bo‘ladi, buni L.S.Vigotskiy rivojlanishning yaqin 
zonasi deb atagan. 
Shuni unutmaslik kerak-ki bola uchun, uning qobiliyatlarini rivojlanishi uchun eng hal 
qiluvchi sharoit ta’lim va tarbiyadir. 
Bugungi kunda Respublikamizda qobiliyatlarni shakllantirish muammosi ijtimoiy va davlat 
muammosiga aylangan. Ushbu muammoni xal qilish maqsadida Respublika TAShXIS 
markazlari va barcha viloyat va tumanlarda shunday markazlar tashkil qilingan.Bugungi kunda 
maxsus qobiliyatlari aniqlangan uquvchilar o‘zlarini iqtidorini namoyon qilgan holda kasb-
hunar kollejlari va akademik litseylarga ixtiyoriy-majburiy ravishda uz ishlarini davom ettirib, 
yullarini tanlamokdalar. Bugungi kunda psixologiya fani bu yulda muxim o‘rinlarini 
egallamokda. 
Zero, Prezidentimiz I.A.karimov bu borada: «Biz o‘z iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, 
farzandlarimizga bilim va kasb cho‘qqkilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak», degan 
fikrlari yuqqrida bayon etilgan mulhazalarin!- yorkin dalilidir. 
Inson kobiliyatlarini rivojlantirishning muxim omillari – barkaror maxsus kizikishlardan 
iborat. Maxsus kizikishlar – bu insoniyat faoliyatining kandaydir soxa mazmuniga bulgan 
kizikishlari bulib, bu kizikishlar ana shu turdagi faoliyat bilan kasb tarikasida shugullanish 
moyilligiga usib kutariladi. Bilishga doir kizikish bu urinda faoliyat usullari va uslublarini 
amaliy ravishda egallab olishni ragbatlantiradi.
Chizma-4 
Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin