Faoliyati tuzilmasining tarkibi


“Uchinchi renessans: ilm-fan va



Yüklə 499,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix23.05.2023
ölçüsü499,95 Kb.
#120193
1   2   3   4   5
31 Xaydarov Ilxom Yusupovich 194-198

“Uchinchi renessans: ilm-fan va 
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” 
 
ISSN 2181-1784 
195 
w
www.oriens.uz
2021
 December
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek: “Bugun biz 
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan 
innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, zamon 
shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi 
g‘oya, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya bu – kelajak degani. Biz 
buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan 
innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”

1

.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani 
islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi etakchilari qatoriga kirish yo‘lida 
tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, 
ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi

2


O‘zbekiston Respublikasida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning asosiy 
maqsadi - mamlakatimizda ilmiy salohiyatni oshirish, oliy ta’lim muassasalari 
professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon 
ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va 
ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yaratish shuningdek, rivojlangan 
mamlakatlarning ilg‘or tajribasini chuqur va tanqidiy o‘rgangan holda mamlakatimiz 
iqtisodiyotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi bosqichiga olib chiqishdan 
iborat. 
Bu borada hukumatimiz tomonidan ko‘plab, farmon va qarorlar qabul qilindi. 
Jumladan: O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktyabr “Ilm fan va ilmiy 
faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-576-son, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 
iyulda «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida» gi O‘RQ- 630-sonli Qonunlari hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr “O‘zbekiston 
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son, 2020 yil 29 oktyabr “Ilm-fanni 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-6097-sonli Farmonlaridir. 
Innovasion pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o‘z-o‘zini 
boshqarishi va o‘zini-o‘zi safarbar qila olishi hisoblanadi. Uning eng muhim 
yo‘nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish. 
Bunday yo‘nalish talabalarning o‘quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy 
ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o‘z ichiga oladi.
Tayanch yo‘nalishlar - ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi, 
ularning o‘zaro aloqalarida yangi tamoyillarga o‘tish. 
Shunday qilib, innovasion faoliyat omillari nazariyasi tahlili uning eng muhim 
yo‘nalishi gumanistik aksiologiya ekan degan hulosaga olib keladi. 



Yüklə 499,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin