“Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ISSN 2181-1784 197
w www.oriens.uz 2021 December
o‘z-o‘zini va boshqalarni tushunish;
o‘z-o‘ziga va boshqalarga baho berish;
o‘z-o‘zini va boshqalarni izohli tahlil qilish.
Refleksiya (lotincha reflxio - ortga qaytish ) sub’ektning o‘z (ichki) psixik
tuyg‘u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi
o‘zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi.
Innovasionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik
qurilmasiga, balki o‘qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga
ham taalluqlidir. Innovasionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi.
O‘qituvchining innovasion faoliyati turli xildagi qarashlarning to‘qnashuvi va
o‘zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko‘zda tutadi.
O‘qituvchining innovasion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-
sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan
beg‘araz munosabat, turli holatlarda rasional vaziyatning tan olinishini uqtirishga
tayyorligi v.b. kiradi.
Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiya-
larning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi
sifatida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi
innovatsiya faoliyatiga bo‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan o‘lchanadi:
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va o‘quv
jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda
o‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va
foydalanishdan iborat bo‘ladi;
ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o‘qitishning yangi
tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
pedagogik yangilikni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan
o‘qituvchining munosabati xarakteri o‘zgarishi.
O‘qituvchining innovasion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini
belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga -
yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda
innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi.
Yangilikpedagogik yangilik me’yori sifatida o‘zida taklif qilinadigan yangini,
yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo‘llanish