Tashqi (amaliy) va ichki (aqliy) harakatlar. Xar qanday predmetli ish – xarakat bir qancha harakatlardan tashkil topadi.
Biror faoliyatni bajarishdagi barcha harakatlar kishi tomonidan nazorat qilinib tuzatilib boriladi. Nazorat qilish va xolatlarni to`zatish qobiliyatidan maxrum bo`lgan kasallar xatto eng oddiy ish-xarakatni ham muvoffakiyatli bajara olmaydi. Ular stakanni stoldan olishda, ogizga olib kelishda xatolarga yo’l qo’yadilar.
Nazorat qanday yo`l bilan amalga oshiriladi? Bu sezgi organlari /ko`rish, eshitish, muskul sezgi va boshqalar/ orqali amalga oshiriladi. CHunki xar bir ish – xarakatni bajarayotganimizda barcha xarakatlarimizni ko`zimiz orqali yoki eshitish sezgimiz orqali tekshirib turamiz.
Albatta, xarakatni boshqarish va nazorat qilishda bosh miya ham katta rol o`ynaydi. Xar qanday xarakat o`zining oxirida oladigan natijasining maqsadiga qarab boshqariladi va nazorat qilinadi. Bajarilgan xaraktning natijalari uning maqsadi nuktai nazaridan baxolanadi va to`zatiladi. Xar qanday ish xarakatni bajarishdan oldin uning modeli miyada tayyor bo`ladi, ana shu modelga karab u boshqariladi, olingan natija modelga karab baxolanadi.
Faoliyat bevosita psixik jarayonlar bilan bog’liqdir. Psixik jarayonlar aktivlashishi evaziga faoliyat ro`y beradi.
Faoliyat - voqelikka nisbatan faol munosabat bildirishning shunday bir shaklidirki, u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam o`rtasida real bog`lanish hosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga, narsalarga, boshqa kishilarga ta'sir ko`rsatadi. Faoliyatda u o`z ichki xususiyatlarini ishga solib va namoyon qilib, narsalarga nisbatan sub'ekt sifatida, odamlarga nisbatan esa shaxs sifatida gavdalanadi. O`z navbatida ularning javobiy ta'sirotini his qilgan holda, u shu yo`l bilan odamlarning, narsalarning, tabiat va jamiyatning haqiqiy, ob'ektiv, muhim xususiyatlarini bilib oladi. Uning qarshisida narsalar ob'ektlar sifatida, odamlar esa shaxs sifatida gavdalandi.
Toshning og`irligini bilish uchun uni ko`tarib ko`rmoq, parashyutning chidamlilignni aniqlash uchun esa unda samolyotdan sakrab ko`rmoq kerak. Kishi toshni ko`tarayotib va parashyutda tushayotib, faoliyat orqali ularning real xususiyatlarini bilib oladi. U ana shu real harakatlarni timsoliy harakatlar bilan almashtirishi, ya'ni «tosh og`ir» deb aytishi yoki parashyutda tushish tezligi va traektoriyasini tegishli formula bo`yicha hisoblab chiqishi mumkin. Lekin hamisha ham ish, amaliy faoliyat birinchi galda turadi. Ushbu faoliyatda faqat tosh yoki parashyutning emas, balki kishining ham o`z xususiyatlari (u nima uchun toshni ko`tardi, parashyutdan foydalandi va hokazo) ham namoyon bo`ladi. Amaliyot kishining nimani bilishi va nimani bilmasligini, uning olamda nimani ko`rayotgan va nimani ko`rmayotganini, nimani tanlab olayotgani va nimani rad etayotganini belgilaydi va ko`rsatadi. Boshqacha so`zlar bilan aytgaada, u kishi psixikasining mazmunini va uning mexanizmlarini belgilab beradi va shu bilan barobar ularni namoyon qiladi.