Ish-xarakatlarni bajarish usullari (operatsiyalar). Ish harakatlarnibajarish usullari faoliyat strukturasi bo`yicha amalga oshadi. Asosan aqliy operatsiyalar shaxsning barcha harakatlarini nazorat qiladi.
Sa'i-harakatlarning bajarilishi uzluksiz ravishda nazorat qilib va uning natijalari harakatning pirovard maqsadi bilan taqqoslangan, holda to`g`rilab (korrektirovka qilib) boriladi.
Ana shunday nazorat va korrektirovka buzilgan taqdirda bemorlar hatto eng sodda harakatlarni ham muvaffaqiyatli bajara olmaydigan bo`lib qoladilar. Ular stol ustidagi stakanni qo`liga olishda hamisha adashib, qo`lini boshqa tomonga cho`zadilar, suv ichish uchun stakanni og`izlariga to`g`ri olib bora olmaydilar, uni keyin o`rniga qo`ya olmaydilar. Ular stulga to`g`ri o`tirisha olmaydi, nonni kesaman deb qo`l barmoqlarini kesib yuborishadi, satrlarga rioya qilgan holda chiziqlar o`tkazishga qodir emaslar va hokazo.
Harakat qay yo`sinda nazorat qilib boriladi? Bu o`rinda hali ko`p narsa aniqlangan emas. Bu, shubhasiz, sezgi a'zolari (ko`rish, eshitish, mushaklar sezgisi) vositasidagina ro`y berishi mumkin. Sa'i-harakatlarni sensor nazorat qilish (sezgi a'zolari yordamida nazorat qilish) ning roli sinab ko`rilayotgan kishi geometrik shaklning, masalan, olti burchakli yulduzning tasvirini uning oynadagi aksiga qarab turib chizishi lozim bo`lgan tajribalarda durustgina isbot etiladi.
Odatda buni oldiniga sira bexato bajarib bo`lmaydi, chunki kishi oynada qalamning odam qo`li harakat qilayotgan tomonga emas, balki qarama-qarshi tomonga qarab yurgizilayotganini ko`radi. Sinalayotgan kishi faqat mashq qilish tufayligina ko`rish natijasida olingan ma'lumotlardan foydalanishni va ularni qo`lning harakati bilan to`g`ri muvofiqlashtirishni o`rganadi.
Sinab ko`rilayotgan odamga tajriba jarayonida narsalarning va qo`l harakatlarining amaldagi holatini jiddiy ravishda buzib ko`rsatadigan prizmali ko`zoynak taqilib o`tkazilgan tajribalar shu nuqtai nazardan olganda yanada qiziqarliroqdir.
Bunday holatda kishi o`zining sa'i-harakatlarini to`g`ri boshqarish (narsalarni ushlash, ularga yaqinlashish, belgilangan joyga qo`yish va shu kabi jarayonlarni bajarish) qobiliyatini mutlaqo yo`qotib qo`yishi ma'lum bo`ldi. Faqat uzoq vaqt mobaynida mashq qilganidan keyingina u bunday buzilishlarni to`g`rilashga o`rgandi. Agar ko`rish signallari yana taxminan 0,27 sekundga kechiqa boshlagan bo`lsa, buzilishlarga ko`nikishiga hech qanaqa mashq bilan erishib bo`lmasdi. Ha, aytgancha, faol sa'i-harakat qilish imkoniyatidan mahrum bo`lgan hayvonlar ham agar oldingi oyoqlarinnng harakatlarini ko`rib turmasalar, uni boshqara olmaydilar.
Bundan ma'lumki, sa'i-harakatlarni boshqarish teskari aloqa printsipiga binoan amalga oshiriladi. Sezgi a'zolari ana shunday aloqa vositasi, narsalar va sa'i-harakatlarning muayyan idrok etiladigan va harakat mo`ljallari (orientirlari) rolini o`ynaydigan belgilari axborot manbai bo`lib xizmat qiladi. Teskarm aloqaning bunday shaklini P. K. Anoxin teskari afferentatsiya deb atadi.
Shunday qilib, ashyoviy (yoki boshqa xildagi tashqi) harakatning bajarilishi ma'lum bir sistemaga oid sa'i-harakatlarni amalga oshirish bilangina cheklanmaydi. U muqarrar ravishda sa'i-harakatlarning joriy natijalari va harakatlar ob'ektining xususayatlariga muvofiq tarzda sa'i-harakatlarni sensor (hissiy) nazorat va korrektirovka qilishni o`z ichiga oladi. Miyaga tashqi muhitning holati, unda sa'i-harakatlar qanday ro`y berayotgani va uning natijalari haqidagi axborotni yetkazib turadigan. xissiy orientirlarini o`zlashtirish ana shu jarayonning negizi hisoblanadi.
Qaytarma afferentatsiya va «ish-harakatlarning aktseptori» bo`yicha rus olimi P.K. Anoxin ko`pgina ishlarni olib borilgan.
Har qanday harakatning tahlil etilgan jihatlarini tegishli tarzda uning motor (harakat), sensor (hissiy) va markaziy qismlari deb atash mumkin. Shunga muvofiq ushbu qismlarning xarakatni amalga oshirish jarayonida bajaradigan vazifalari ijro etish, nazorat qilish va boshqarib turishdan iborat bo`lishi mumkin. Kishi faoliyat jarayonida harakatlarni ijro etishda, nazorat qilish va boshqarib turishda foydalanadigan yo`l-yo`riqlar ushbu faoliyatning usullari deb ataladi.