Dehqon nopob urug‘ sepsa, achchiq «hosili»ni bir o‘zi «o‘rib oladi». O‘sha yili.
O‘qituvchi bolaning qalbiga nobop urug‘ sepsa, achchiq «hosili»ni butun jamiyat o‘rib oladi. Yigirma yildan keyin...
Muallim moddiy boylik yaratmaydi, deydiganlar jamiyatni ichidan portlatuvchi bombadir!
YOsh o‘qituvchi faoliyatini tahlil qiling. Ancha tarbiyasi murakkab bo‘lgan sinfda ijobiy natijalarga erishishga nima yordam berdi deb o‘ylaysiz?
“Assesment” metodi
TEST Pedagogikani asosiy prinsipi?
*A. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni, bolalarning jismoniy, badiiy, ijodiy, mehnat va boshqa har qanday faoliyatiga pedagogik rahbarlikni tashkil etishga bog‘liq bo‘lgan qonuniy aloqalardir.
B. O‘qituvchi tomonidan amaliy qonunlarni ijodiy va faol ravishda o‘zlashtirish.
C. Jamiyatning alohida bir olingan shaxsga bo‘lgan ehtiyojlarini aks ettirishdir.
D. Hammasi to‘g‘ri.
MUAMMOLI VAZIYAT Bir gazeta redaksiyasiga 7- sinf o‘quvchisining onasidan xat keldi:
“Hurmatli redaksiya! Mening o‘g‘lim to‘g‘ri yo‘l tutgan-tutmaganligini tushunib olishimda menga yordam bersangizlar. U 7-sinfda o‘qiydi. YAqinda u maktabdan kelib geografiya darsida sodir bo‘lgan bir hodisa haqida gapirib berdi. O‘qituvchi bir qizchani doskaga chiqaribdi va Evropa daryolarining nomini doskaga yozishni undan so‘rabdi. Qizcha alang-jalang qilib har tomonga va nomlarni kartadan ko‘chirib yozibdi. O‘qituvchi buni sezmabdi va :
-Juda yaxshi! Senga besh qo‘yaman!- debdi.
SHunda mening o‘g‘lim qo‘lini ko‘tarib joyidan turibdi va qizcha nomlarning hammasini kartadan ko‘chirib yozganligini aytibdi.
O‘qituvchi qizchadan:
-SHu to‘g‘rimi?- deb so‘rabdi.
U hech narsa demasdan boshini ham qilganicha jim turaveribdi. O‘qituvchi uni aldashganlarini tushunibdi va beshning o‘rniga ikki qo‘yibdi.
O‘g‘limning bu gaplarini tinglab turdim, lekin uning bu ishda haq yoki nohaq ekanligi haqida nimagadir hech narsa demadim. Lekin har vaqt o‘ylayman: u boshqacha yo‘l tuta olarmidi va boshqacha yo‘l tutishi kerakmidi? Buni anglab olishda menga yordam bersangizlar”.
BELGILARI:
Quyida keltirilgan jumlalarni o‘qing va jumlaga mos keladigan bir so‘z bilan ifodalanadigan javobni tanlang.
1) o‘zi istamagan holda birovga yomonlik qilib qo‘ysa ham, mazkur ishidan afsuslanadi, vijdon azobida qiynaladi -...
2) individlar ichida bir tur -......................
3) jamiyatda o‘z o‘rniga ega, ijtimoiy axamiyatga ega maqsad yo‘lida bir yoki bir nechta kishini o‘z orqasidan ergashtira oladi -..............................................................