Фарғона-2023 umumiy pedagogika o’quv – uslubiy majmua


Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə54/137
tarix27.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#149582
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137
Barcha yo`nalish majmua

1.Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. SHu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.
SHu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz.
Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi.
Didaktikada, shuningdek, ta’limusullari atamasi ham keng qo‘llanadi.
Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘ qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin