1)o‘quv faoliyati mazmuni, metodi va sur’atini to‘la individualashtirish imkoniyatining mavjudligi; 2)aniq bir masalani hal etishda ta’lim oluvchining har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishi.
vaqtning tejamli emasligi;
o‘qituvchi ta’sirining cheklanganligi (o‘qituvchining vazifasi o‘quvchiga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat);
boshqa o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashuv
jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi);
jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.
XVI asrdan boshlab individual o‘qitish shaklining ahamiyati pasayib, uning o‘rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo‘lsada, bugungi kunda ham keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda. Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta’limi sanaladi. U G‘arbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g‘arbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk bor qo‘llanilgan va u sinf- dars shaklining asosi bo‘lib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda YAn Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida nazariy jihatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga o‘quv yili, o‘quv kuni, dars, mashg‘ulotlar orasidagi tanaffus, o‘quv ta’tillari kabi tushunchalarni kiritdi.
o‘qituvchining o‘quvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta’sir ko‘rsatishi;
o‘qituvchi uchun o‘qitish mazmuni va o‘qitish sur’atlari hamda metodlari bo‘yicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchilikning yuzaga kelishi
bilimsizlikdan bilimlarni o‘zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi.
katta va kichik yoshli o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo‘lgan o‘quvchilarni o‘qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. SHunga mos ravishda tanlab o‘qitish shakli yuzaga keldi (AQSHda Batov,Evropada Mangeym tizimi). Evropa va AQSHda, XX asr boshida o‘quvchilarning individual, faol, mustaqil o‘quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko‘rilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o‘qituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo‘llanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar. Birinchi universitetlar paydo bo‘lishi bilan ta’limning ma’ruza- seminar tizimiyuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta o‘zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo‘yicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar tizim sifatida o‘qishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Leksiya-seminar tizimi o‘zining sof ko‘rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo‘llaniladi. Dars - ta’lim tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
YAngilanayotgan pedagogik tafakkur o‘quvchilariga ko‘ra zamonaviy dars o‘quv muassasasining mulkiy mansubligidan qat’i nazar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim: ta’limning tarbiyaviy maqsadlarga bo‘ysundirilganligi, o‘quvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yo‘naltirilganligi, ilmiyligi va izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta’minlashga qaratilganligi, insonparvarlik yo‘nalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirishga qaratilganligi, amaliy axamiyatga egaligi va h.k.6 Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o‘quvchilarning doimiy guruhi, o‘quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o‘z xususiyatini ham aks ettiradi).