Фарғона шахар ҳуқуқшунослик коллежи бошланғич касаба уюшмаси қўмитаси



Yüklə 36,5 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü36,5 Kb.
#130630
Баён


Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining 9-son yig‘ilish
BAYONI

2022-yil 10-mart Farg‘ona shahri.




Raislik etuvchi: R.Xashimov – Texnikum kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
Qatnashdilar: Texnikum kasaba uyushmasining 48 nafar azolari.


Yig‘ilish kotibi: O.Egamova


KUN TARTIBI:
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ma’xsus ta’lim vazirligining 2002 yil 7-fevral kungi 04/15-5/4-185 sonli xatining muhokamasi

(R.Xashimov, B.Movlonov, N.Mahmudov, О.Egamova,)


Yig‘ilish raisi yig‘ilishni kirish so‘zi bilan ochib, so‘zni kengash kotibiga berdi.


Kengash kotibi kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi.
Yig‘ilishining kun tartibi va reglamenti tasdiqlandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Farg‘ona viloyat yuridik texnikumi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi R.Xashimov so‘zga chiqib, yig‘ilish ishtirokchilariga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ma’xsus ta’lim vazirligining xatini o‘qib eshittirdi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2002- yil 19- yanvardagi topshirig‘iga muvofiq mustaqillik bayrami va kasb bayramlari arafasida bir guruh o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni davlat mukofatlari bilan mukofatlashga tavsiya etish to‘g‘risida gapirdi.


Kasaba uyushmasi kengash a’zosi B.Movlonov so‘zga chiqib, yosh avlodni tarbiyalashda o‘zining bilimi va mehnati bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan jamoa xodimlarini davlat mukofotiga tavsiya etish lozimligi haqida gapirib, Texnikumning davlat tilida ish yuritish fani o’qituvchisi N.Qurbonova, maxsus fan o‘qitivchilari O.Egamova, R.Xashimovlarning nomzodlarini ilgari surdi.
Shundan so‘ng kengash a’zosi Sh. Jiyanova so‘z olib, o‘z so‘zida kasaba uyushmasi raisi R.Xashimov va kengash azosi B.Movlonovlarni fikrlariga qo‘shilishi haqida gapirib, ko‘rsatilgan nomzodalarni davlat mukofatlari bilan mukofotlanishga loyiq ekanliklari, kasaba uyushmasi a’zolari yuqorida ko‘rsatilgan nomzodalarni bir ovozdan maqullashlarini bildirdi.

Ushbu fikrni qolgan kengash azolari ham maqulladilar.


Yuqoridagilarni hisobga olib, kasaba uyushmasi yig‘ilishi


QAROR QILDI:

  1. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlarni fikr va mulohazalari ma’lumot hamda ijro uchun qabul qilinsin.

2. Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi davlat tilida ish yuritish fani o’qituvchisi N.Qurrbonova hamda maxsus fan o’qitivchilari O.Egamova, R.Xashimovlarning nomzodalari davlat mukofotlariga tavsiya etilsin.




Yig‘ilish raisi R.Xashimov


Yig‘ilish kotibi O.Egamova
Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin