Aristotel fikricha, kulgu ayrim hatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va zarar keltirmaydigan hunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, qizg’anchiqlik, subtsizlik, izzatlalablik, shuhratparazlik illatlari kulguliylikning obiektidir. Kulgu-insoniy voqeylik. Inson o’zining aqli yordamida kuladi. U, albatta, o’zining axmoqligidan ham kulishi mumkin, biroq bu kulgu telbaning mazmunsiz kulkusi hisoblanadi. Kulgudagi lazzatning manbaida masxara, istehzo kabi tuyg’ular yotadi. Hazil-mutoiba. Kulgulilikda hazilning o’rni beqiyos. Hazil insonlarni fikirlashga, so’zlarni o’rinkli qo’llashga, qiziqarli iboralar bilan fikrni bayon etishga undaydi. Hazilning qo’pol ko’rinishi mashara hisoblanadi. Kinoya, piching, kesatig’ so’zini hazil orqali ifodalashda muhim vositalardir. Kulgu-tanqidning estetik shaklidir. Kulgu tabiatiga ko’ra tabaqalanishiga qarshi, mansab va amal oldida bo’yin egmaydi. Kulgu tengsizlik, zo’rovonlik, manmanlik, amalparastlik, nodonlikning barcha shakllariga qarshi kurashuvchi buyuk kuch sifatida maydonga chiqadi. Kulguning turlari: Masxara, o’xshatma (parodiy), piching, kesatiq, hazil-mutoyiba, hajviy rasm (karikatura), mubolag’a, latifa, askiya. Ma’lumki, “Gulmisiz-rayhonmisiz, jambilmisiz” deb nomlangan askiya payrov so’z o’yini o’zbek milliy askiya san’atining gultoji xisoblanadi. Bunda zukkolik, zakiylik nafaqat fazilat sifatida, balki u kulgu hissini yuzaga keltiruvchi faol, badiiy shakli sifatida ham namoyon bo’ladi. Foydalangan adabiyotlar: 1. Bichkov.V. Estetika A.S.T.2004 2. Qurbonmamadov A. Estetichiskoye doktrina sufizma.Dushanbe.Donish.1987. 3. Muhammad Toqi Ja’fariy.San’at va go’zallik.Islom nuqtai nazarida (fors tilida). –Texron.1987 4. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar (Oliy ta’lim muassasalari uchun qo’llanma).-T:Yangi asar avlodi.2001
Dostları ilə paylaş: |