Farg‘ona davlat universiteti ijtimoiy gumanitar fakulteti
Farg‘ona davlat universiteti ijtimoiy gumanitar fakulteti
Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi
22.08 guruh, 2- bosqich talabasi
Axunova Elnoza
Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda ertaklarni o’rgatish metodikasi
Reja:
Ertak janri haqida ma’lumot.
Ertak o’qitish metodikasi.
Ertaklarni o`rgatishda
Sinkveyn, krossvord va o`yin texnologiyalaridan foydalanish
“Ur to`qmoq” ertagini sahnalashtirilgan ko`rinish
Ertak janri haqida ma’lumot
Xalq og’zaki ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri ertakdir.
ERTAK – hayot haqiqatiga asoslangan, hayolot va fantastika xususiyatlari bilan yo’g’rilgan, odamlarga ibrat-o’git beruvchi og’zaki hikoyalar hisoblanadi. O’zbeklar o’rtasida ertaklar varsoq, cho’pchak, masal kabi atamalar bilan yuritiladi.
Ertaklarning o’ziga xos janr xususiyatlari quyidagilar:
1.Og’zaki hikoyaga asoslangan qiziqarli syujetga ega bo’lishi;
2.Voqealarning ongli tarzda hayoliy uydirmalar orqali aks ettirilishi;
3.Estetik vazifaning yetakchilik qilishi;
4.O’ziga xos badiiy shakily qolip hamda tilga ega bo’lishi (ertaklar bir bor ekan, bir yo’q ekan… kabi maxsus boshlamalar bilan boshlanib, murod maqsadiga yetibdi, birga turib, birga yashabdilar, soqoli ko’ksiga yetibdi kabi maxsus tugallanmalar bilan yakunlanadi.)
Xalq ertaklari mazmunan 3 guruhga bo’linadi:
Xalq ertaklari mazmunan 3 guruhga bo’linadi:
1.Hayvonlar haqidagi hamda majoziy ertaklar (Susambil)
2.Sehrli – fantastik ertaklar (Guliqahqah ),
3.Hayotiy-maishiy ertaklar (Malikai Husnobod)
Ertaklarni yozib olish va nashr qildirish, asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan boshlandi.