Boshlang’ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she’r, ertak, masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o’rganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop maqolalar ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari jihatidan o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lib, o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Shunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchi unga mos metodlar tanlashi talab etiladi.

Ertak o’qitish metodikasi
Ertak xalq og’zaki ijodida eng keng tarqalgan janr bo’lib, ularda kishilar hayotida uchraydigan oddiy hodisalar va fantastik sarguzashtlar hikoya qilinadi. Ertaklarning ko’pida real hayot tasviri fantastik elementlar bilan qo’shilib ketadi.
Maktabgacha ta’lim va kichik maktab yoshidagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar hajm jihatidan kichkina, mazmuni sodda bo’lishidan tashqari, rasm va bo’yoqlar bilan boy bo’lishi shart.
Maktabgacha ta’lim va kichik maktab yoshidagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar hajm jihatidan kichkina, mazmuni sodda bo’lishidan tashqari, rasm va bo’yoqlar bilan boy bo’lishi shart.
Bu ikki guruhga kiruvchi ertaklar vositasida tabiat, ona-Vatan, hayvonot olamiga g’amxo’rlik qilish, to’g’ri so’zli, odobli bo’lish, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni e’zozlash kichkintoylarning ong-tushunchalariga yetkaziladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ertak bilan amaliy tanishtiriladi
Ertakning o’tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulotda, ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi; undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, undagi ezgu kuchning – yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi.
Ertakda qabul qilingan hikoya qilish formasi, bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, oxangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifodali vositalarining jonliligi bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z obrazlarga bo’linadi.