Farg`ona davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi 2-kurs 22.135-guruh talabasining Nabiyev Hayotbekning falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti Mavzu; Barqaror taraqqiyotni ta`minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo`nalishlari
1
Globaljarayonlarning shakllanish tarixi.
2
Fundamental globallashuv.
3
Ikkinchi jaxon urushi davrida globallashuvning asosiy belgilari.
Reja; Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.
Er kurrasi shar (globus) ko‘rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat o‘z tarixida birinchi bo‘lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdiva ular qullarni qo‘lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo etish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, o‘z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi.
Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz berishiga ham sabab bo‘ldi; xususan, mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan Amerikaga ommaviy tarzda tashib keltira boshladilar va shu tariqa uningdemografik tarkibini butunlay o‘zgartirdilar. SHuning o‘ziyoq globallashuvturli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan avvalboshdanuzviy bog‘liq bo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. XVII asr boshlariga kelib sharq va g‘arb savdogarlari ulkanhududlarni o‘zlashtirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar. SHutariqa ular insoniyat tarixida birinchi bo‘lib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar.
SHunday qilib, XV-XVI asrlarda yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar jahon tarixining rivojlanish jarayonida tub burilish yasadi va «Evropa siyosatining keskin, misli ko‘rilmagan darajada kengayishiga olib keldi. Dunyo chegaralari muayyan darajada kengaydi. Endilikda Evropa mamlakatlari o‘rtasidagi turli ziddiyatlarga mustamlakalar uchun kurashda raqobat ham qo‘shildi»117. SHu tariqa yangi xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siriga va G‘arbiy Evropa dengiz davlatlarining o‘zlari kashf etgan er kurrasining turli hududlaridagi ekspansiyasiga asos solindi.
Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o‘zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi, XX asr o‘rtalariga kelib esa u to‘la darajada borliqqa aylandi.Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo‘lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi.Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek ma’naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi. Turli-tuman xalqaro tashkilotlar, forumlar, s’ezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga o‘sha davrda aloqa va ommaviy kommunikatsiya vositalarining faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi.
Barqaror taraqqiyotni ta`minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo`nalishlari.
Biosferaga antropogen ta’sirning kuchayishi va insonning real «geologik kuch»ga aylanishi.
Makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko‘rsatkichlariga qadar uzil-kesil «qisqartirgan» havo kemalarida qit’alararo qo‘nmay, to‘g‘ri uchib o‘tishlarlarda namoyon bo‘ldi.
Televizorning ixtiro etilishi, vaqt o‘tishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy targ‘ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi.
Ommaviy madaniyat, avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng iste’mol mollari ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi.
Ammo echilmagan ziddiyatlar va umumiy bog‘liqlikning kuchayishi insoniyat tarixidagi eng katta va davomli urush – Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu safar dunyo miqyosidagi urushda Er aholisining to‘rtdan uch qismi ishtirok etdi, Birinchi jahon urushiga qaraganda bir necha baravar ko‘proq qurbonlar berildi. Dunyo miqyosidagi jarayonlarning globallashuvi nuqtai nazaridan bu urushlarning ikkalasi ham amalda ayni bir global urushning turli bosqichlari edi. Ularning o‘rtasidagi farq faqat miqdor ko‘rsatkichlarida ko‘rinadi. Mohiyat e’tibori bilan, ikkala urush ham ayni bir masalalarni echish – XX asr boshida bo‘lib olingan, yaxlit va o‘zaro bog‘langan dunyoni qayta bo‘lib olishga qaratilgan edi. Urush olib borish usullari ham deyarli bir edi, farqi esa, texnik jihozlanish darajasi va miqyosi Ikkinchi jahon urushida bir necha baravar yuqori, mafkuraviy ta’sir esa avvalgi urushda yo mavjud bo‘lmagan radio, telefon, yo hali yaxshi rivojlanmagan aviatsiya, dengiz, temir yo‘l, avtomobil transporti aloqa va kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish bilan ko‘p karra kuchaytirilishida namoyon bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushining boshqa bir oqibati jamiyat hayotiningijtimoiy-siyosiy sohasida yuzaga keldi va u turli-tuman xalqarotashqilotlarning mislsiz darajada o‘sishida namoyon bo‘ldi. Ularningorasida Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT), hech shubhasiz, ajralibturadi. Evropadagi integratsiya jarayonlari hamurushning tugashi bilanbog‘liq bo‘lib, Buyuk Britaniya bosh vaziri U.CHerchill Evropa qo‘shmaSHtatlarini tuzishga chaqirgan 1946 yilni ularning sanoq boshi debhisoblash mumkin.
Ikkinchi jahon urushi ham, xuddi avvalgi jahon urushidek, urushdan keyingi dunyoviy tartibning o‘ziga xos xususiyatiga aylangan bir qator olamshumul oqibatlarga olib keldi. Ularning orasida eng muhimi shu bo‘ldiki, urush mutlaqo yangi qurol turi (atom va reaktiv qurol) yaratish borasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlarni rag‘batlantirdi. Mazkur davrda ularning ilk namunalari jangovar sinovdan o‘tkazildi va insoniyatga butun dunyoni xarobazorga aylantirish va barcha tirik mavjudotlarni qirib tashlash uchun cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Fan-texnika taraqqiyotining ayni shu yutuqlari keyinchalik «sovuq urush» davrida avj olgan qurollanish poygasining mohiyati va mazmunini belgilab berdi va sayyoramizning nozikligi va makonda tutashligini amalda namoyish etdi.
Ikkinchi jahon urushining boshqa bir oqibati jamiyat hayotiningijtimoiy-siyosiy sohasida yuzaga keldi va u turli-tuman xalqarotashqilotlarning mislsiz darajada o‘sishida namoyon bo‘ldi. Ularningorasida Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT), hech shubhasiz, ajralibturadi. Evropadagi integratsiya jarayonlari hamurushning tugashi bilanbog‘liq bo‘lib, Buyuk Britaniya bosh vaziri U.CHerchill Evropa qo‘shmaSHtatlarini tuzishga chaqirgan 1946 yilni ularning sanoq boshi debhisoblash mumkin. Bosh harbiy jinoyatchilar guruhi va natsistlarning asosiy tashkilotlari ustidan o‘tkazilgan Nyurnberg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida dunyo miqyosidagi hamkorlikning ilk tajribasi bo‘ldi. Bu jarayon 1945 yil 8 avgustda g‘olib mamlakatlar – SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan tashkil etilgan tarixdagi birinchi Xalqaro harbiy tribunal tomonidan amalga oshirildi va hozirgi xalqaro sud tizimini tashkil qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Ayni shu davrda liberalizm vademokratiya g‘oyalari dunyo miqyosida keng tarqala boshladi, ijtimoiy borliqasoslarini, jamiyatning axloqiy negizlari va ijtimoiy rivojlanishning asosiy tamoyillarini qayta anglab etishga qaratilgan jiddiy tadqiqotlarva nazariy ishlovlar majmui paydo bo‘ldi.