Farg'ona davlat universiteti Matematika va informatika fakulteti Matematika oʻqitish metodikasi y



Yüklə 39,5 Kb.
tarix15.05.2022
ölçüsü39,5 Kb.
#58065
2 5278687211066234171


Farg'ona davlat universiteti Matematika va informatika fakulteti Matematika oʻqitish metodikasi yo'nalishi 18.02-guruh talabasi Iskandarova Hayotxon Farg'ona viloyati Yozyovon tumani XTBga qarashli 38-aniq va ijtimoiy fanlarga iqtisoslashtirilgan davlat umumiy o'rta maktabi 9-sinfda boʼlib o'tgan " Kvadrat funksiyani grafik yordamida yechish " mavzusidagi ochiq dars

BAYONNOMASIDAN KO’CHIRMA

QATNASHDILAR:


  1. Maktab direktori: I.Sheraliyev

  2. O'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari: Sh.Xodjayev

  3. Matematika fani o'qituvchisi: K.Malikov

  4. Tarix fani o'qituvchisi: M.Ahmedova

  5. FarDU Matematika kafedrasi o'qituvchisi amaliyot rahhari: O.Ahmedov

Ko'rilgan masalalar: Amaliyotchi Iskandarova Hayotxonning 9- sinflarda “Kvadrat funksiyani grafik yordamida yechish” mavzusidagi ochiq dars tahlili masalalari.

Eshitildi: Ushbu masala yuzasidan maktab direktori I.Sheraliyev so'zga chiqdi va 9-sinf o'quvchilariga " Kvadrat funksiyani grafik yordamida yechish " mavzusidagi ochiq darsda Internet ma'lumotlari, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan va ko'rgazmali qurollarga o'rinli foydalanganligi aytib o'tildi.

So'zladilar: O’IBDO' Sh.Xodjayev talaba tomonidan dars mazmunli tashkillanganligi, dars Davlat Ta'lim Standartlari asosida ekanligi aytib o'tildi.



So'zladilar: Matematika fani o'qituvchisi K.Malikov tomonidan dars davomida ilmiy xatolarga yo'l qo'yilmaganligi, masalalar tartib bilan ishlanganligi takidlab o'tildi.

So'zladilar: O.Ahmedov so'zida talaba H.Iskandarovaning universitetdagi va maktabdagi faoliyati haqida gapirib amaliyot davomida yo'l qo'yilgan kamchiliklarga to'xtaldi.

Talabaning o'zini tutishi o'quvchilar bilan o'zaro kamtar munosabati, ochiq darsga puxta tayyorlanganligini ko'rish mumkin. Lekin dars davomida ayrim kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi va o'z vaqtida kamchiliklarni anglab to’g’ri landi. Shuningdek avvalgi ochiq darsdagi kamchiliklar bartaraf etilganligi aytib o’tildi.

Masalan yangi mavzu bayoniga oz vaqt ajratildi. Talabaning ushbu kamchiligini kelgusida bartaraf etishga ishonaman. Darsni ijobiy baholash mumkin.

Qaror qabul qilindi:

1. Amaliyotchi H.Iskandarovaning 9-sinfda " Kvadrat funksiyani grafik yordamida yechish " mavzusidagi ochiq darsi ijobiy baholandi.

2. Yuqorida ko'rsatib o’tilgan kamchiliklar kelgusi faoliyatida bartaraf etish ko'rsatib o'tilsin.

Yig'ilish raisi: A.Islomov
Yüklə 39,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin