Taqriz yaratish uchun:
1.Muayyan asarni taqriz qilish uchun ilmning shu sohasida chuqur
bilimlar egasi bo‘lish talab etiladi. SHu sabab, turli sohalardagi asarlarni emas,
o‘zingiz mutaxassis bo‘lgan ixtisoslikka oid asarlarni taqriz qiling.
2. Taqriz qilinayotgan asarning muallifi ijodini batafsil o‘rganing.
Uning ijodiy psixologiyasini, qiziqishlarini tassavvur qilganingizdan so‘ng,
yaratilgan asarning uning ijodida tutgan o‘rnini aniqlang: qanchalik yangiligi,
zarurligi, ahamiyatini ko‘rsating.
3. Yuqoridagi vazifani hal qilish uchun aniq shu sohada, shu mavzuda
yaratilgan ohori ketmagan ilmiy asarlarni o‘qing, solishtiring. SHundagina taqriz
qilinayotgan asarning zamonaviyligini, zarurligini yoki ortiqcha matoh ekanligini
aniqlay olasiz.
4. Asarning yutuq va kamchiliklarini umuman bayon qilmang, balki
har bir fikringizni asosli dalillar bilan isbotlang. Isbotingiz aniq, ravshan, obektiv
bo‘lsin.
5. O‘zingiz yaratgan taqriz mazmun va shakl jihatdan go‘zal bo‘lsin:
etishmovchilik ham, ortiqchalik ham, quruq, isbotlanmagan gap ham bo‘lmasin.
Umumta‘lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar ta‘limi tizimini
o’zgartirdi. Bolalarni o’qitish bir yil oldin — olti yoshdan boshlanadi.
Boshlang’ich maktabda o’qishning davomiyligi bir yilga ko’payadi, bu bolalarni
o’qishga, yozishga va hisoblashga asosli ravishda o’rgatish, ularga oddiy mehnat
ko’nikmalarini singdirishga imkon beradi.
Boshlang’ich sinflarning (1—2 sinflar) o’quv rejasiga «Atrofimizdagi olam»
nomli yangi o’quv predmeti kiritilgan bo’lib, uni o’rganishga haftasiga 1 soat
ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha kursning asosiy vazifalari
atrofdagi hayotning, tabiatning jism va hodisalari to’g’risidagi bolalar
tasavvurlarini to’plash va muntazamlashtirish, ularning axloqiy-odobiy tajribalarini
boyitish, to’g’ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko’chada, jamoat joylarida, tabiatda)
ko’nikmalarini shakllantirish, oila a‘zolariga muhabbat va ular to’g’risida
g’amxo’rlikni, atrofdagi odamlarga (tengdoshlarga, murabbiylarga va boshqalarga)
e‘tibor bilan munosabatda bo’lishni, inson mehnati bilan bunyod yetilgan
narsalarga ehtiyotlik munosabatini, tabiatga mas‘uliyat bilan munosabatda
bo’lishni, jonajon o’lkaga - vatanga muhabbatni tarbiyalashdir.
Kursini o’qitish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalish, bolalarni
kishilarining ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirish, xulq-atvor madaniyatini
tarbiyalashni nazarda tutadi. Bolalarni jamiyatimiz hayoti bilan tanishtirish
formalari, metodlari va vositalari xilma-xildir: ekskursiyalar, atoqli kishilar bilan
uchrashuv, korxona, muzey, teatr, klublarga borish, suhbat va kitoblar o’qish, kino-
film, diafilm va teleko’rsatuvlarni tomosha qilish, bayramlarga tayyorlanish va
hokazolar. Olingan tasavvurlarni bolalar amaliy faoliyatida (o’quv mashg’ulotlari,
didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat qilish bo’yicha mehnat va
boshqalarda) mustahkamlaydilar.
Ikkinchi yo’nalish bolalarni tabiat bilan bevosita muloqotda bo’lishda
tanishtirish, tabiiy ob‘ekt va hodisalar to’g’risida tasavvurlar shakllantirish, ta-
biatga nisbatan mas‘uliyatli munosabatni xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni,
tabiat muhofazasi bo’yicha baholi qudrat faoliyat tashkil qilishni nazarda tutadi.
Tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalar, o’quv sayrlari davomida va shuningdek
amaliy ishlar tashkil qilinganda o’tkaziladigan kuzatishlar asosida amalga
oshiriladi. Tabiat va unda boradigan o’zgarishlarni har kuni kuzatib borishni
tashkil qilish katta ahamiyatga ega.
Odamlar mehnatini va bolalarning amaliy faoliyatini (ijtimoiy-foydali
mehnat, o’yin faoliyatini) tashkil qilish bu ikki yo’nalishlarni bog’lovchi vositadir.
Kursning mazmunini (1—2-sinflar) «Bizning uyimiz va jonajon tabiat»,
«Bizning maktab (bolalar bog’chasi) va jonajon tabiat», «Bizning shahar (qishloq)
va jonajon tabiat», «Jonajon mamlakat» mavzulari ochib beradi. Bu mavzular atrof
olam to’g’risidagi tasavvurlarni asta-sekin yaqindan uzoqqa borish asosida to’plab,
boyitib va tizimga solib borish imkoniyatini beradi.
Pedagoglar olti yoshlilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning
xususiyati o’yin faoliyatidan keng foydalanilish ekanligini doim esda tutishlari
kerak. Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida o’yinlardan foydalanish bolalarda
yangini bilishga tabiiy ehtiyojini rivojlantirishi, o’qishning har xil usullarini
egallab olishga yordam berishi kerak. O’yinlar atrof olamni idrok qilishga,
bolalarning jismoniy rivojlanishi va chiniqishiga, ularda chaqqonlikni, tezkorlikni
va harakatini boshqarishni, muvozanatni his qilishni, fazoda o’zining qaerdaligini
aniqlay olish xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
Atrofni idrok qilishda mazmunli vazifali o’yinlar alohida ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham o’yinlar mazmuniga axloqiy mazmundagi bolalar
yozuvchilarining asarlaridan, xalq ertaklaridan olingan holatlarni kiritish maqsadga
muvofiq bo’ladi. O’yinlar bolalarni jamoat qoidalarini bajarishga, madaniy xulq-
atvor ko’nikmalarini egallab olishga o’rgatadi. Didaktik o’yinlar bolalarning nutqiy
hamda aqliy rivojlanishining muhim manbalaridan biri sifatida o’quv
mashg’ulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlaydi, yangini bilib olishga qiziqish
uyg’otadi, sinchkovlikni rivojlantiradi.
Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida, bolalar tomonidan sinfdagi,
maktabdagi, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalarini o’zlashtirib olishlariga
alohida e‘tibor berish zarur. Bolalarga o’qituvchi, tarbiyachi, o’z o’rtoqlari bilan
qanday aloqada bo’lishni ko’rsatishi kerak. Shunga ko’ra pedagoglar bolalarga
faqat u yoki bu qoidaning mazmuni haqida hikoya qilibgina qolmasdan, balki uni
qanday bajarish kerakligini ham ko’rsatadi. Odamlarning har xil harakatlari (ish
yuritishlari), ularning o’zaro munosabatlari ko’rsatilgan bolalar she‘rlari va
hikoyalarini sahnalashtirish xulq-atvor qoidalarini namoyish qilishning samarali
uslubidir.
Qoidalarni tushuntirish shakllari har xil bo’lishi mumkin: chunonchi, sinf
hayotidan aniq misollar bo’yicha suhbat, unda harakatga ma‘naviy baho beriladi:
hikoyalar o’qish; diafilmlar ko’rish; o’qituvchiga o’quvchilar bergan savollarni
muhokama qilish; bolalar jamoasida sodir bo’lgan ixtilofli vaziyatlarni tahlil qilish.
Barcha tarbiyaviy ishlar bolada o’z o’rtoqlari bilan muloqotdagi, mustaqil
foydalanishdagi, har xil vaziyatlardagi xulq-atvor qoidalarini muvaffaqiyatli
o’zlashtirishga imkon beruvchi faol pozitsiyani (yo’l tutishni) bunyodga keltirishi
kerak Shunda bu qoidalar faqat o’qituvchining yoki ota-onalarning talabi
sifatidagina emas, balki qoida sifatida qabul qilinadi, bolaning o’zi bunga amal
qilishi kerak deb hisoblaydi va bu qoidalar faqat muvaffaqiyatli o’qishgagina emas,
balki bolalar jamoasida yaxshi o’rtoqlik munosabatlarini vujudga kelishiga ham
yordam beradi.
3—4 sinflardagi tabiatshunoslikning mazmuni
Tabiatshunoslik «Atrof olam bilan tanishtirish» kursining davomidir. 3—4-
sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi — o’quvchilarning tabiat jismlari
va hodisalari to’g’risidagi dastlabki bilimlarini kengaytirish, tushunarli misollarda
tabiatdagi shuningdek odamlar bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni
ko’rsatish, tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha odamlar mehnati
bilan tanishtirish, zarur amaliy uquvlarni rivojlantirish va shu asosda o’quvchilarda
boshlang’ich ilmiy moddiy dunyoqarashni shakllantirish, ekologik, estetik,
vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishdir.
Tabiatshunoslik kursining vazifasi faqat o’quv dasgurning bo’limlariga
muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki tabiat to’g’risidagi 1—
2-sinflarda olingan tasavvurlarni chuqurlashtirish va umumlashtirish hamdir.
Tabiatni hamda jamiyat hayotining kompleks tarzda idrok qilish jonsiz tabiat bilan
jonli tabiatning aloqasini, tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish zarurligini
tushunishga imkon beradi. Ekologik ta‘limning maqsadlariga binoan
tabiatshunoslik eng muhim vazifalaridan biri qilib, o’quvchilarni odamning
tabiatga ko’rsatadigan ta‘siri bilan tanishtirishni, jamiyatning ma‘naviy kuch
manbai sifatida tabiat tushunchasini rivojlantirishni qo’yadi. Tabiatshunoslik
darslarida o’quvchilarda odamlar mehnatiga hurmat tarbiyalanadi, ularga zarur
mehnat ko’nikmalari singdiriladi.
3-sinf dasturi ikki: «Jonajon o’lka tabiati» va «Odam organizmi va uning
salomatligini muhofazg qilish» bo’limlaridan iborat.
Birinchi bo’limni o’rganish o’lkashunoslik tamoyili bo’yicha amalga
oshiriladi. Shuningdek tizimlilik va mavsumiylilik qoidalarini bajarishga katta
e‘tibor beriladi. O’rmon, yaylov, dala kabi jamoalar bilan tanishtirishda shu joy
uchun harakterliroqla-oiga afzallik beriladi. Jamoada avval bir nechta misollarda
tipik o’simliklarning tur jixatidan xilma-xilligi o’rganiladi.
4-sinf tabiatshunoslik kursida asosiy e‘tibor o’quvchilarni Vatanimiz
tabiatining turli-tumanligi bilan tanishtirishga qaratiladi. O’quvchilar joyning plani
va uning shartli belgilari bilan tanishadilar, xarita to’g’risidagi oddiy bilimni
o’zlashtiradilar, uning asosiy ifodalarini uqishga o’rganadilar, mamlakatimizning
joylashishi, shimoldan janubga tomon tabiatning almashinishi haqida tasavvurlar
oladilar.
«Insonning tabiatdan foydalanishi va uni muhofaza qilishi» bo’limi
tabiatshunoslik kursini oxiriga yetkazadi va o’quvchilar olgan bilimlarni
umumlashtiradi. Bunda avvalo tabiatni muhofaza qilishdagi odamning roli ajralib
turadi. O’quvchilar tabiat muhofazasi bo’yicha qonunchilik hujjatlari bilan
tanishadilar, ularning bajarilishi har bir o’lka fuqarosi uchun majburiy ekanligini
bilib oladilar. O’zlari uddalaydigan foydali ishlarni belgilaydilar, ularda faol
ishtirok qiladilar.
Maktab o’lkashunosligining vazifasi - o’quvchilar tomonidan ta‘lim-tarbiya
maqsadida har xil manbalar bo’yicha va bevosita kuzatishlar asosida o’z o’lkasi
territoriyasini har tomonlama o’rganishdir.
O’lkashunoslik — hayot bilan bog’lanishning qudratli vositasidir.
Ko’pchilik o’quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va
qishloq xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlarini hisobga olinganda
o’lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.
O’lkashunoslik bevosita tabiat muhoazasi bilan bog’liqdir, chunki o’z
o’lkasini bilish o’quvchilarga uni muhofaza qilish va o’zgartirish bo’yicha ishlarda
ongli qatnashish imkoniyatini beradi. O’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning
mustaqilligini rivojlantiradi, chunki ijtimoiy-foydali mehnatda baholi qudrat faol
qatnashishga imkon beradi.
O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maqsadlariga javob
berishi kerak. Shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o’quv dasturi bilan
belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo’yicha sinfga va
sinfdan tashqarida bo’lishi mumkin, faqat ular barcha o’quvchilar tomonidan
bajarilsin.
O’lkashunoslik qoidasi nazariy tabiatshunoslik kursining o’quvchilar o’z
o’lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo’lishida oladigan tasavvurlarga
sistematik ravishda bog’lanishini nazarda tutadi. O’lkashunoslik bilimlaridan
albatta foydalanish o’quv o’lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun
o’qituvchi o’z ixtiyorida yetarli o’lkashunoslik materiallariga ega bo’lishi va
darslar uchun o’quv materialini o’zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan
mahalliy ma‘lumotlarni tanlab olishi kerak.
O’lkashunoslik qoidasi tabiatshunoslikni o’qitishda ko’pgina didaktik
qoidalardan (o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliligi, aniqdan noanikqa, yaqindan
uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi.
Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni
o’qitishda tushuntirish, taqqoslash va ko’rsatish uchun foydalanadi, o’quvchilar
esa—ko’pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilib olish uchun foydalanadi.
O’lkashunoslik qoidasidan sistemali ravishda foydalanish olingan nazariy
bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo’jalik ishlarining mo’‘tadil, ya‘ni
optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, daryodan
o’tishda xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida uning rejimini aniqlash, mahalliy
qishloq xo’jaligi tashkilotlari uchun o’simliklar yig’ish va h.) bilan bog’lashga
yordam beradi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish «og’zaki sxemada» emas,
balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o’lkashunoslikdan tabiatshunos-
likni o’qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma‘lum bo’ladi. Barcha
darslar o’lkashunoslik printsipida tuzilishi kerak.
Jonajon o’lkani o’rganish umumiy tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan
parallel holda olib borilmog’i lozim. 3—4-sinflardagi o’lkashunoslik
tadqiqotlarining muhim qismi — tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga tavsif
berish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o’rganish, tabiat muhofazasidir.
O’quvchilar o’zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa daryo, suv havzalari,
yashil ko’chatzorlar borligini va ularni ifloslanish va shikastlanishdan saqlashni
bilib olishlari kerak. Hayvonlar haqida g’amxo’rlik qilish va ularni qirilishdan
himoya qilish kerak. Qimmatli tabiat ob‘ektlarining ta‘rifini tuzish va ularni
qo’riqlash, zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar, o’pirilishlar, yemirilishlardan
hosil bo’lgan uyumlar kabilarning) odamning xo’jalik faoliyatiga ta‘sirini
o’rganish
va
ularning
oldini
olishda
ishtirok
qilish
kerak.
Amaliy metod o’quv jarayonida o’quvchilarning turli-tuman faoliyatini yo’naltirish
bilan belgilanadi. Bu reja ishlab chiqish, jism bilan tanishish topshiriqlari fikrlash
natijalarini rasmiylashtirish, bajarilgan ishga yakun yasash. Ushbu metod predmet,
jism va tabiat hodisalarini eng yaxshi yo’l bilan o’rganish mumkinligidan juda
keng qo’llaniladi.
Amaliy metod og’zaki va ko’rgazmali metod bilan uzviy bog’langan
(ko’rsatish, oldinda turgan ish bo’yicha o’qituvchining tushunchasi). Biror amaliy
ishdan boshlashdan oldin o’qituvchi o’quvchilar oldida topshiriq qo’yadi va uni
bajarish yo’li haqida ko’rgazma beradi. Topshiriqni muammoli tarzda bo’lgani
ma‘qul.uni yechish jarayonida bilim bilan birga o’qituvchining amaliy ishi va
mantiqiy tafakkuri uyg’unlashib ketadi. Bilimlarni o’zlashtirishda o’quv jarayonini
amaliy tarzda uyushtirish o’quvchi mustaqilligi va ijodiy fikrlashini faollashtiradi.
Amaliy ishlar jarayonida faol o’zlashtirilgan bilimlar yengil va ongli bo’lib qolmay
ancha mustahkam bo’ldi. Amaliy metod shu paytda qo’llaniladiki, qachonki faol
amaliy va fikrlash faoliyati natijasida yangi bilimlar olish zarurati tug’ilganda.
Shuningdek, faqat yangi bilimlar hosil qilish emas, shu bilan birga ularni yangi
vaziyatda qo’llay olish o’quvchi yoki amaliy ko’nikmasi hosil bo’lishiga erishish
lozim.
Amaliy metodning bir necha turlari mavjud: kuzatish laboratoriya tajribalari;
tirik mavjudotlarni aniqlash va tavsiflash ishlari; priborlar bilan ishlash; tirik tabiat
burchagida va o’quv tajriba uchastkasidagi amaliy ishlar.
Kuzatish – bu tabiatdagi predmet va hodisalarni maqsadga yo’nalgan holda
idrok qilishdan iborat bo’lib, ularning umumiy va farq qiluvchi belgilarini
qonuniyatlari aniqlanadi. Kuzatish jarayonida o’quvchilarda kuzatuvchanlik
ko’nikmalari shakllanadi. Kuzatish ilmiy metod hisoblanadi, qaysiki o’quvchilar
ancha murakkab ilmiy –tadqiqot ishlarini – tajribalarini qo’yishga, o’tkazishga
tayyorlanadilar. Kuzatishda o’qituvchi tomonidan aniq vazifa qo’yilgan bo’ladi.
Kuzatishlar yakka, guruh hamda frontal shakllarda o’tkaziladi.
K.D. Ushinskiy, V.P. Vaxterov, L.S. Sevruk, A.Ya. Gerd kuzatishga katta
e‘tibor bergan edilar. A.Ya. Gerd o’zining “Maktabda tirik hayvonlar” nomli
kitobida o’quvchilarni kuzatishlar asosidagi harakatlari tadqiqot o’quvchi haqida
o’quv va amaliy topshiriqlarni mustaqil yechish ko’nikmasi bilan qurollanishini
ta‘kidlaydi. Kuzatishlar natijasida 2-3-4 sinflarda “Kuzatishlar kundaligi” daftari
to’ldiriladi, savollarga javob yoziladi. O’simliklarning o’sish, rivojlanish, gullash
va hosil berish jarayonlari kuzatiladi.
Tajribalar: -o’qitish metodi bo’lib, uning yordamida o’rganilayotgan jism va
hodisalar qonuniyatlarini aniqlanadi. Buning uchun unga yangi sharoit yaratib,
ta‘sir qilinadi. O’quvchilarda bu paytda yangi tabiatshunoslik tasavvurlari
shakllanadi.
Tajriba materialistik dunyoqarashni shakllantirishda, mantiqiy tafakkur va
nutqni o’stirishda katta ahamiyatga ega. Ular yordamida mavhum tushunchalar
oydinlashadi, noma‘lum voqeliklarning sirlari ochiladi. Masalan, haroratning
o’zgarishiga qarab termometr, simob ustini harakatlantirishini va yana harorat
ta‘siridagi suvning bir agregat holatida, ikki holatga o’tishini faqat tajriba
vositasida aniqlab o’rganiladi.
Oddiy tajribalar uy sharoitida murakkablari esa o’qituvchi tomonidan dars
jarayonida amalga oshiriladi. Bu paytda o’quvchilar kuzatish jarayonini fahmlash,
uni natijalarini ta‘riflashga o’rganishlari bilan qimmatlidir.
O’quvchilar daryoda quyoshning yerga nisbatan holatida qarab kuzda sovib
borishini bilib olishlari kerak. Uning sababini o’quvchilar quyidagi tajribadan bilib
oladilar, yonib turgan shamga ingichka qog’oz tasmacha tutiladi. Bitta tasmacha
shamning tepasida, 2 si esa shamda sal uzoqroqda ushlab turiladi. O’quvchilar
qog’oz tasmalarning qaysisi oldin yopilganligini aytishlari va nima uchun
shundayligini tushuntirishlari kerak. O’quvchilar bu tajribani yoz va kuzda quyosh
nurining yor yuzasini isitishini tushuntirishga yordam berishini payqashlari kerak.
Tajriba asosida o’quvchilar kuzda quyosh yer ustida kun sayin pasaya
borishi to’g’risida xulosa chiqaradilar. Uning qiya tushayotgan nurlari yer yuzasiga
siyg’anib o’tadi va havoni isitmaydi. Shu bois kuzda sovuq tusha boshlaydi.
Darsni mustahkamlash uchun o’qituvchi va o’zlari o’tkazgan tajribalarni
rasmini chizish yoki ta‘riflab yozish, ba‘zan uni ham buni ham ta‘riflab yoziladi.
4-sinfda “Ko’p yillik manzarali va piyozli sabzavot o’simliklarni ekish
muddatlarining gullash muddati va mo’lligiga ta‘siri” mavzusida tajriba
o’tkaziladi.
Buning uchun mazkur o’simliklarni o’quv-tajriba uchastkasida ekib,
o’quvchilar tajriba va kontrol o’simliklarni o’sishini parallel holda kuzatib
boradilar, ularni o’zaro taqqoslaydilar, ish natijalarini qayd qilib boradilar, rasmini
chizadilar, daftarga o’z xulosalarini yozadilar, farqlarini belgilaydilar. Mavzuni
o’rganishdan oldin bu tajriba o’tkazilganda bolalar materialni chuqurroq
o’zlashtiradilar.
Tajriba paytida muammoli vaziyat yaratish uchun: buni qanday isbotlash
kerak?, qanday aniqlash kerak?, siz hozir nimani ko’rayapsiz?. Bu jarayonlarni
qanday tushuntirish mumkin?, nima uchun siz shunday hisoblaysiz?. Tajriba
tugagach, o’quvchilar ishonchli xulosalar chiqaradilar.
4-sinfda “Tuproq, uning tarkibi, tuproq turlari”, mavzularini o’rganishda
laboratoriya tajribalarni o’tkazish o’quvchilar bilimini chuqurlashtiradi. Har bir
zveno qumli, loyli qoratuproqli va buz va boshqa turdagi tuproqlar ustida tajriba
o’tkazadi. Tuproqning o’simliklarga ahamiyati haqida suhbat o’tkaziladi va bilish
vazifasi qo’yiladi: “yomg’irdan keyin ayrim joylarda suv tezda surilib ketadi,
boshqa joyda esa uzoq vaqt saqlanib qoladi va ko’lmak hosil bo’ladi, keyinchalik
esa tuproqda paydo bo’ladi. Nima uchun shunday bo’lishini tajriba orqali
tushuntiring. Qaysi tuproq suvni yaxshi o’tkazishini tajribada isbotlang”.
O’quvchilar yozma holda topshiriq oladilar:
Dostları ilə paylaş: |