Farg’ona davlat universiteti mavzu: Tabiatshunoslik darsligini tahlil qilish va taqriz yozish



Yüklə 422,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix06.02.2023
ölçüsü422,02 Kb.
#83211
1   2   3   4
BarnoAlisherQizi

1-topshiriq. Suvli stakanni ko’zdan kechiring: 1-stakanda /nomerlangan/ 
qumli tuproq solingan, 2-stakanda esa loyli-sochiq tuproq. Stakanlarda bir xil 
hajmli suv soling, chiziqcha bilan belgilangan. Qaysi stakanda suv tezroq 
shimilishini kuzating. 
2-topshiriqni bajarishdan oldin o’qituvchi muammoli savol qo’yadi: nima 
uchun tuproq ancha rangli va sochilib turadi. O’quvchilar o’quv-tajriba 
uchastkasidan tuproq oladilar. 
2-topshiriq. Suvli stakanga tuproq soling: 1-sida go’ngli, 2-sida qum solib 
diqqat bilan aralashtiing va tindirib qo’ying. 
Bu paytda o’quvchilar 3-5 minut davomida tuproq namunasini ko’radilar va 
darslik bilan ishlaydilar. So’ngra xulosa chiqaradilar: 1-stakandagi suv qoramtir va 
uzoq tinmaydi, 2 stakan esa qumoq loyqasi cho’kadi, yuqorida esa toza suv qatlami 
hosil bo’ladi. Olingan natijalar asosida suhbat o’tkaziladi va umumlashtiriladi. 
Darsdan tashqari vaqtda shu mavzuda tajriba o’tkazish mumkin, turli tuproqlar 
tajribada turlicha mineral tuzlarga bo’linishini aniqlash maqsadida. 
Xuddi shuningdek, nazorat jismlar bilan tadqiqot jismlarini o’zaro umumiy 
va farqiy belgilarini taqqoslash asosida aniqlash bo’yicha ham tajriba o’tkazish 
mumkin. Bunday tajribalar tirik tabiat burchagi hamda o’quv-tajriba 
uchastkasidagi o’simliklar ustida o’tkaziladi. Masalan, sabzavot, donli o’simliklar 


o’rganilgach, 3-sinfda bahorgi-yozgi vaqtda dala tajribasi o’tkazishga tayyorlanadi: 
“Ekish muddatini va yaganalashning sabzi hosiliga ta‘sirini aniqlash”, 
“Sug’orishning bodring hosildorligiga ta‘sirini aniqlash”, “Oziqlantirishning 
bug’doy hosiliga ta‘sirini o’rganish”, “Nom” mavzularida tajribalar qo’yiladi. 
Buning uchun tajriba rejasi ishlab chiqiladi. “O’quv” va fenologik kuzatish 
kundaligi yurgiziladi. O’quv-tajriba uchastkasida “tajriba maydonchasi” va nazorat 
maydonchasi tushunchasini o’quvchilar bilib oladilar. 
Xullas, har bir o’quv tajribasi jism va hodisalar orasidagi, sabab-oqibat 
bog’lanishlarini aniqlashga imkon beradi. Uning natijalari haqiqat mezoni 
hisoblanadi. O’quvchilarga ilmiy bilimlar va amaliy ko’nikmalar hosil qilish uchun 
tajribalar o’tkazish zaruriy holdir. 
Sinf xonasida olib boriladigan amaliy ishlar tarqatma materiallar bilan 
bog’liq bo’ladi. Bu paytda o’quvchilarning sezgi organlarining faolligi ko’chayadi, 
qabul qilish imkoniyati kengayadi. O’quvchilar kichik tajribalar o’tkazadilar. 
Masalan, biror narsa yoki bolg’acha bilan o’rib ko’rish yordamida narsaning 
mo’rtligi, egish bilan egiluvchanligini aniqlaydilar. Tarqatma materiallar – 
hasharotlar, o’simliklar va ularning qismlari, mayda hayvonlardir. 
Amaliy ish boshlanishidan oldin ish maqsadi e‘lon qilinadi, o’qituvchi yo’l-
yo’riqlar beradi, topshiriq mazmuni tushuntiriladi, materiallar tarqatiladi, kuzatish 
ish natijalari bo’yicha suhbat, xulosalarni daftarga yozish, rasmlar chizish. 
Amaliy ish vaqtida o’qituvchi ayrim o’quvchilarga yordam beradi, 
faollashtiradi. 
Tirik tabiat burchagida amaliy ishlar o’tkazish katta ahamiyatga molikdir. U 
uzoq muddatda kuzatish va tajribalar o’tkazish bilan bog’liq. Tirik tabiat 
burchagida o’tkazilayotgan amaliy ishlarda avvalo uning maqsadi va bajarish 
izchilligi tushuntiriladi. O’quvchilar qo’liga savolnoma berish kerak. Tabiat 
burchagidagi ishlarning natijalaridan tegishli mavzular o’rganilayotganda 
foydalaniladi. 
Amaliy ishlar jarayonida o’qituvchi qo’shimcha tushuntirishlar beradi, ish 
sifatida baholaydi, yaxshi bajarganlarni rag’batlantiradi, yo’l qo’yilgan xatolarni 


bartaraf etishni taklif qiladi. Dars oxirida yakunlovchi suhbatda yakun yasaladi: 
darsda bolalar qanday yangi ma‘lumotlarni bilib olganliklari, nima qila olishni 
o’rganganliklari aniqlanadi. 
Xotimada o’qituvchi ekilgan urug’lar yoki o’tkazilgan tajribalar qanday 
tashkil qilingani to’g’risida ma‘lumot beradi. 
Sayohatlar jarayonida amaliy ishlar tashkil qilish, ko’zlangan maqsadga 
erishishda katta samara beradi. Mustaqil ishlar, o’simlik bargini yig’ish, 
o’lchashlar, o’simliklarni tashqi ko’rinishini taqqoslash, dorivor o’simliklarni 
o’rganish va foydali qazilmalar, hasharotlar kollektsiyasini yig’ishga qaratiladi. 
Amaliy ishga kirishidan oldin o’qituvchi topshiriq beradi, ya‘ni ishni 
bajarish usuli bilan tanishtiradi – qanday barglar yig’ish, shoxlarni qanday kesish, 
o’simliklarni qanday kovlab olish; sachoqdan qanday foydalanish kerakligi 
ko’rsatiladi va shu kabi ish paytida ham ularga yerdan beriladi. 
Sayohat jarayonida ko’rgazmali qurollar tayyorlashga alohida e‘tibor 
beriladi. Bulardan, tuproq turlari, foydali qazilmalar, hasharotlar kollektsiyalari, 
karam kapalagi, tut ipak qrtini rivojlanishini aks ettiruvchi stend: turli o’simlik 
guruhlari – barg turlari, ranglarini o’zgarishlari, o’lkaning manzarali daraxt, 
bo’talari, o’t o’simliklari, o’simliklarni urug’dan rivojlanish bosqichlariga doir 
gerbariylar tayyorlanadi. Bu ko’rgazmalar tabiatshunoslik kabinetini bezaydi 
hamda dars jarayonida foydalaniladi. 
SHunday qilib, mashg’ulotlar jarayonida o’qituvchi turli-tuman metod va 
uslublarni qo’llaydi, ular kompleks holda bo’lishi, bir-birini to’ldirishi kerak, 
hamda ular o’rganilayotgan jism va hodisalarni bolalar tomonidan yaxshi qabul 
qilishi va kurs tushunchalarni to’g’ri shakllantirishni ta‘minlashi kerak. 
 
 
 
 
 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1. V.M. Pakulova, V.I. Kuznetsova. Metodika prepodavaniya prirodoveniya. 
Moskva ... Prosveshenie. 1990. 
2. A.G. Grigoryants. Tabiatshunoslikn o’qitish. Toshkent “O’qituvchi”. 
1992 yil. 
 
 
 
 

Document Outline

  • Taqriz yaratish uchun:

Yüklə 422,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin