Farg’ona davlat universiteti mavzu: Tabiatshunoslik darsligini tahlil qilish va taqriz yozish



Yüklə 422,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix06.02.2023
ölçüsü422,02 Kb.
#83211
1   2   3   4
BarnoAlisherQizi

berishni xayol qilish shoirona jununlik emas. Balki ota-ona oldidagi farzandlik 
masʼuliyatini his qilishning yorqin eʼtirofidir”. Ijodkor sheʼrlariga ana shunday 
shoirona baho berish bilan taqriznavis ikki muddaoga erishgan: birinchidan, 
oʻquvchiga yangi va yaxshi kitob haqida yetarli maʼlumot berib, uni sheʼriyatga 
oshno etmoqda, ikkinchidan, taqrizning vazifalarini toʻliq boʻlmasa-da, 
bajarmoqda. 
Tilga olingan taqrizlarda, birinchidan, yangi eʼlon qilingan asar tahlilining 
mavjudligi, ikkinchidan, mazkur asarga adabiy-badiiy jarayon nuqtai nazaridan 
turib berilgan baho oʻz aksini topganligi ularning ijobiy xususiyatlaridir. 
Uchinchidan, asarning yozuvchi ijodida qanday oʻrin egallashi: bu – uning 
yutugʻimi, ijodiy gʻalabasimi yoki avvalgi asarlariga qaraganda orqaga 
chekinishmi, bu haqida fikr bildirilganda, taqrizlarning yanada mukammalligi 
taʼminlangan boʻlur edi. 
Shu bilan birga, taqriznavislikda bir xillik, maʼlum qoliplarga boʻysunish, 
baho berishdan koʻra maqtash, syujet voqealarini bayon etish kabi qusurlar ham 
uchraydi. Gazetaning (2004) 25-sonida birdaniga uchta taqriz bosilgan. Birinchisi, 
O. Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” kitobiga taqriz boʻlib, u tanqidni 
tanqid ruhida yozilgan. Ikkinchisi, X. Sultonning “Boburiynoma” asariga 
bagʻishlangan “Maʼrifatning badiiy talqini” deb nomlangan taqrizda bu maʼrifiy 
romanning yutuqlari haqida soʻz yuritilgan. Uchinchi taqriz, shoir Mirpoʻlat 
Mirzoning “Saylanma”si bosilib chiqishi munosabati bilan yozilgan, 
adabiyotshunos olim E. Ochilov qalamiga mansub, “Hassos koʻngil mavjlari” deb 
nomlanadi. Unda shoir sheʼrlariga baho beriladi, baʼzilari tahlilga tortiladi, 
shoirning “serqirra isteʼdod sohibi ekanligi” koʻrsatiladi, baʼzan maqtovlar haddan 
oshiriladi: shoir ijodining “beqiyos samimiyati” haqida soʻz yuritilganda 
kitobxonda “hamma sheʼrlaridami?” degan ishtiboh uygʻonadi yoki shoirni “goʻzal 
va hassos ishqiy sheʼrlar muallifi sifatida mashhur” deb hisoblagan taqrizchi 


shunday sheʼrlarining nomlarini keltiradi, xolos. Nazarimda, fikr dalillar 
yordamida isbotlanishi kerak edi. Yoki shoir Salim Ashurning “Sensiz” deb 
nomlangan kitobiga shu ruknda “Hijrondek yaqin, visoldek olis” deb nomlangan 
taqriz (2004, № 42) eʼlon qilingan. Taqriz muallifi A. Mengqobilov shoir 
sheʼrlarining tahliliga kirishishdan oldin shunday daʼvoni ilgari suradi: “… yangi 
kitob shoir ijodiy mahoratining sheʼrdan sheʼrga, kitobdan kitobga yuksalayotgani 
dalilidir”. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. 
Taqrizda bevosita tahlildan tashqari, ijodkorga munosabat masalasi ham 
muhim. Taqriz hajmi katta-kichikligidan qatʼi nazar, yangi asar haqida oʻquvchida 
maʼlum taassurot uygʻotsin, rost soʻzlasin. Baʼzan shunday boʻladiki, taqrizchining 
vaʼdalari, maqtovlariga ishonib, qoʻlingizga olgan kitob sizni oʻziga tortmaydi, 
yolgʻon aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham, adabiyotshunos ham 
kitobxonga rost gapirishi kerak. 
Adabiyotshunos olim H. Karimov qalamiga mansub taqriz “Ziddiyatlar 
talqini” deb atalgan (2004, №32). Isteʼdodli yozuvchi A. Yoʻldoshning 
“Timsohning koʻz yoshlari” qissalar toʻplamiga yozilgan taqrizni oʻqir ekansiz, 
adib ijodiga qiziqishingiz oshadi. Taqrizda, garchand, qissalar mazmunini soʻzlab 
berishga koʻp oʻrin ajratilgan boʻlsa-da (aslida, V. Belinskiydan qolgan bu usulni 
akademik M. Qoʻshjonov oʻzbek tanqidchiligiga olib kirib, tahlilning yaxshi 
usullaridan biri sifatida koʻrsatgan edi), kitobxon asar qahramonlarining hayoti, 
taqdiriga qiziqadi. Ayniqsa, “Otchopar yoxud 13–uy” qissasi tahlilida Nozima 
obrazi birmuncha aniq tahlil etilgani yaxshi. 
Olim taqrizning oʻqishli chiqishi, kitobxonning diqqatini tortish, oʻz 
fikrlarini isbotlash uchun Belinskiy maqolalariga murojaat qiladiki, oʻquvchi 
taqriznavis daʼvolarining asosli ekanligiga shubha qilmaydi. Ammo yozuvchi 
qissalari adabiyotimizda yaratilayotgan qissalardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi, 
adibning oʻziga xos uslubi qay tarzda namoyon boʻlgan, degan savollar ochiq 
qoladi. Adib yoʻl qoʻygan kamchiliklar ham koʻrsatilsa edi, taqrizning butunligi 
taʼminlangan boʻlur edi. 


Shuni unutmaslik zarurki, asarga birinchi boʻlib baho berish, uning yozuvchi 
ijodi va adabiy jarayondagi oʻrnini koʻrsatish; baholashdagi tezkorlik va 
hozirjavoblik; tashviqiy mohiyatga ega ekanligi; kitobxonga yangi asar haqida 
maʼlumot berib, uning estetik tasavvurini boyitish hamda oʻsha asarni oʻqishga 
daʼvat qilish jihatidan adabiy tanqidda taqriz ayricha oʻrin kasb etadi. Taqrizda 
asarning qisqa tahlili orqali uning mohiyati hamda badiiyatiga berilgan baho 
asosiydir. 
Olimjon Xoldor Qamchibek Kenjaning ikki jildli “Saylanma”siga yozgan 
“Ehtiros va eʼtirof” deb nomlagan taqrizida (2009, № 3), asosan, ikki jildlikning 
mundarijasi haqida soʻz yuritilgan. Muallif oʻz fikrlarini isbotlash uchun koʻchirma 
keltiradi. Bu – yaxshi usul. Ammo kichik bir taqrizda T. Toʻla, O. Yoqubov, M. 
Shayxzoda va yana qaysidir adabiyotshunos (nomi berilmagan)ning fikrlarini 
keltirish oʻquvchini taqriznavisning oʻz soʻzlari yoʻq ekanmi, degan ishtibohga 
olib bormaydimi? 
Keyin taqrizda sanoq koʻpligi bois tahlilga kam oʻrin berilgan, ammo 
taqrizchi “Saylanma”ning qusurlarini ham birma-bir koʻrsatadi. Shunisi qiziqki, 
adib hikoyalarida “xulosa chiqarish esa koʻpincha oʻquvchining oʻziga qoldiriladi” 
deya, bu xususiyatni ham nuqson sanaydi. Holbuki, modern yoʻnalishga mansub 
asarlarning koʻpchiligida olimlar ayni xususiyatni yutuq hisoblaydilar. Shu bois 
oʻquvchi nazariga havola etiladigan har bir tanqidiy asar, u taqrizmi, maqolami, 
suhbatmi – qaysi janrda boʻlishidan qatʼi nazar, masʼuliyat bilan yozilmogʻi, 
kitobxonda shubha emas, ishonch uygʻotishi lozim. Ayniqsa, taqrizchilikda bu juda 
muhimdir. Baʼzan shunday boʻladiki, asarni oʻqimasdan oldin u haqidagi taqrizni 
oʻqib qolasiz. Samimiy, ortiqcha maqtovlarsiz, xolislik bilan bitilgan taqriz sizni 
tezroq oʻsha asarni topib oʻqishga undaydi. Shuning uchun ham adabiy jarayonda, 
kitobxon qiziqishlarida doimo taqrizning oʻrni muhim boʻlib kelgan. 
Agar eʼtibor qaratsak, bosilayotgan taqrizlarning koʻpchiligi dabdabali va 
juda yuksak pafosga ega sarlavhalar bilan chiqadi. Ularning baʼzilari shu 
sarlavhani oqlasa, baʼzilari “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” ekanligi sezilib qoladi. 
Shuning uchun sarlavha tanlanganda ham masʼuliyat va eʼtibor juda zarur ekan. 


Asarga sarlavha topish uning mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. M. 
Qoʻshjonovning “Adashganlar fojiasi” deb nomlangan taqrizi A. Qahhorning 
“Sarob”iga bagʻishlangan. Unda ortiqcha dabdaba ham yoʻq, ammo u asarning bor 
mazmunini oʻzida aks ettira olganligi bilan diqqatni tortadi. O. Sharafiddinovning 
“Sheʼr koʻp, ammo shoir-chi?” maqolasi nomidanoq ayovsiz tanqid ruhida ekanligi 
seziladi. Biz nazardan oʻtkazayotgan taqrizlarning koʻpchiligida sarlavha 
oʻquvchiga koʻp narsa vaʼda qiladi, ammo ichidagini oʻqisangiz, vaʼdaga vafo 
yoʻqligiga amin boʻlasiz. 
“Doimiy hamroh” rukni ostida bosilayotgan taqrizlar koʻpincha janr talabiga 
javob bermaydi, chunki materiallarning baʼzilari yangi asar haqida qisqacha 
maʼlumot beradi, baʼzilarida qisqa tahlil koʻrinadi, baʼzilari faqat xabar berish 
vazifasini bajaradi, xolos. Masalan, gazetaning (2005) 44-sonida berilgan 
maʼlumotnoma – taqriz emas. Ularni yangi asarlar (T. Joʻrayevning “Arvohlar 
tunda izgʻiydi” romani, A. Hamroning “Xayol ranglari” toʻplamlari) haqidagi 
xabar-taqriz, deyish mumkin. Chunki xabar-taqrizning bosh maqsadi, koʻpincha 
xabar berish va qisqa baholashdan iborat. Uning hajmi juda qisqa boʻladi. Demak, 
bunday taqrizlarning asosiy xususiyati darak berish, tashviq etishda namoyon 
boʻladi. 
Gazetaning (2009) 17-sonida yana shu ruknda A. Otaboyning “Otalar 
hikoyati” M. Xudoyqulovaning “Dadam haqida hikoyalar” kitobiga yozilgan 
taqrizi haqida ham shu mulohazalarni aytish mumkin. U ham xabar-taqriz 
hisoblanadi. Shu ruknda (2005, № 33) berilgan ikkita maʼlumotning bittasi muallif 
nomidan, bittasi muallifsiz berilgan. Bundayam bir xillikka erishish kerakmi? 
“Taqriz” ruknida bosilayotgan asarlarda masʼuliyat yanada oshadi, chunki 
ular janr talablariga javob bera olishi zarur. Masalan, “Taassurot” degan rukndan 
taqriz janri vazifalarini talab qilishning hojati boʻlmasa kerak. Chunki nomi bilan 
asardan olingan taassurotlar kitobxon bilan baham koʻriladi. Shuning uchun 
tahririyatlar ham ana shu masalaga diqqat qaratsa, ayni muddao boʻlur edi. 
“Soʻqmoqlarda toblangan muhabbat” deb nomlangan taqriz (2005, № 51) R. 
Bobojonning “Muhabbat mezoni” romaniga bagʻishlangan ekan. Toʻgʻrisi, men 


ham shu taqrizdan keyin shoir R. Bobojonning roman yozganidan xabar topdim. 
Viloyatlarga hamma kitoblar ham yetib kelavermaydi-da. Taqrizda romanda 
tasvirlangan davr, asar qahramonlari haqida fikr yuritiladi. Ammo bu qahramonlar 
qaysi jihatlari bilan xarakter darajasiga koʻtarilgan, qaysi tomonlari bilan bugungi 
kun oʻquvchisining ongu tafakkurini oʻzgartirishga xizmat qiladi, degan savollarga 
javob ololmaymiz. Shu bilan birga, unda asardan olingan his-hayajon, kechinmalar 
taʼsiri sezilmaydi. Oʻrtamiyona taqrizda romanning adabiy jarayondagi, 
romanchilikdagi oʻrni koʻrsatilmagan. 
“Tabiiy tuygʻular talqini” deb nomlangan L. Boʻrixonning “Jaziramadagi 
odamlar” romaniga bagʻishlab yozilgan taqrizda (2007, № 3) taqriznavis X. 
Hamroqulova romandan olgan taassurotlarini nihoyatda samimiyat bilan bayon 
etgan. Roman qahramonlarining, asarning original jihatlarini koʻrsatib bergan. Bu 
asar oʻzbek romanchiligida “yangi bir toza nafas boʻldi”, deyiladi taqrizda. Ammo 
qaysi fazilatlari bilan? “Lolaxon. Ergash, Samad kabi kichik taqdir egalari orqali 
ularning ulkan ruhiy olamlarini yorita olish, omma oʻrtasidagi shaxs darajasiga 
chiqqan obrazlarni yaratish yosh adibning ijodiy yutugʻidir” soʻzlari bilan 
tugallangan taqrizda asarning birorta nuqsoni koʻrsatilmaydi. Bu mulohazalardan 
taqrizlarda kamchilik koʻrsatilishi qatʼiy qilib qoʻyilgan ekan-da, degan xulosa 
kelib chiqmasligi lozim. Shunday sanʼat asarlari boʻladiki, ular badiiyligi, tabiiyligi 
va jozibasi bilan oʻquvchi qalbini tezda rom eta oladi, ulardan chiroq yoqib 
izlasangiz ham nuqson topolmaysiz. Ammo ular koʻp emas. Shu bois ana shunday 
asarlar koʻpayishini istagan taqrizchi soʻzga masʼuliyat bilan qarashi, oʻzi tahlil 
etayotgan asardan ham shuni talab qilishi zarur boʻladi. 
Boshqa ruknlarda ham taqrizlar berilmoqda. Masalan, “Oʻquvchi fikri” 
ruknida “Bir asar quvonchi”, degan kichik taqriz (2006, № 29) berilgan, muallifi 
Axtamqul Karim. U dastlab Luqmon Boʻrixonning ijodi adabiy gurunglarda bahs-
munozaralarga sabab boʻlayotganligi haqida gapirib, adibning “Tahlika” qissasiga 
munosabat bildiradi. Asarda “yorqin obrazlarni” koʻrgan, bundan “huzurlangan” 
taqrizchi qissadagi har bir detal, har bir manzara tasviri oʻz oʻrnida, maʼlum bir 
maqsadni koʻzlab qoʻllanilganligini uning yutugʻi sifatida koʻrsatadi, shu bilan 


birga, ayrim juzʼiy nuqsonlarga ham toʻxtaladi. Ammo negadir uning fikrlarida 
chalkashlik seziladi. Masalan, qissani “qiziqish bilan oʻqigan” muallif shunday 
yozadi: “Tahlika” detektiv janrning unsurlariga tayangan boʻlsa-da, meningcha, u 
koʻproq lirik asarlar sirasiga kiradi”. Balki buni isbot qilish kerakdir yoki taqrizchi 
asarda lirizm kuchli demoqchimi? Chunki yozuvchi bir jinoyatning sodir etilishi va 
fosh qilinishi jarayonini tasvirlar ekan, aslida, qalam quvvatini oʻsha jinoyat 
tevaragidagi qahramonlarning xarakterini, ruhiyatini ochishga qaratadi”. 
Nazarimizda, bu lirik asarlarga xos xususiyat emas. 
“Nigoh” ruknida berilgan taqriz “Yaxshi odamlar sogʻinchi” deb nomlangan 
(2007, №31). Shoira Oʻktamoy Xoldorova ijodiga bagʻishlangan taqriz muallifi 
prof. H. Qudratullayev ijodkorning “Sogʻinch qushlari”,”Oqqush izlari”, “Sabrga 
suyanib” kitoblari haqida fikr yuritib, sheʼrlarni mutolaa qilish jarayonida undan 
olgan taassurotlarini kitobxon bilan oʻrtoqlashadi. Bu taqrizda ham maqtov haddan 
ziyod. Shoiraning baʼzi sheʼrlaridan namunalar keltirib tahlil qilgan taqrizchi 
ularda biror bir kamchilik koʻrmaydi. Albatta, har bir shoir ijodida muvaffaqiyatli 
chiqqan sheʼrlar, quyma misralar, original tashbehlar boʻlishi, tabiiy. Koʻpincha, 
taqrizchilar ayni shunday satrlar yoki parchalarni misol sifatida keltiradilar. Shu 
bois bunday taqrizlarni oʻqiganda, hamma ijodkorlar zoʻr yozishar ekan-da, degan 
xulosa kelib chiqadi. Holbuki, bunday toʻplamlarni qoʻlga olib varaqlab 
koʻrsangiz, ularda oʻrtamiyona sheʼrlar tiqilib yotgan boʻladi. 
“Taqriz ham sanʼat, shuning uchun uni shunday yozish kerakki, 
kitobxon taqrizchi bilan muloqotda boʻlganidan qoniqish his etsin”, deb yozgan edi 
rus olimi V. Yanovskiy. Darhaqiqat, ham keng jamoatchilikning yangi asarni 
qanday qabul qilishi, maʼlum jihatdan, uni baholagan, tahlil qilgan taqrizga ham 
bogʻliq. Bu qonuniyat tusiga kirgan hodisa boʻlmasa-da, haqqoniy taqriz yangi asar 
haqida jamoatchilik fikrining shakllanishiga muayyan darajada taʼsir koʻrsatadi. 
Negaki, taqrizchi asarning mohiyatini ilmiy-estetik tahlil vositasida yoritish orqali 
kitobxon dunyoqarashiga taʼsir qilib, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi, estetik 
didini oʻstirishga koʻmaklashadi. Mana shu nuqtai nazardan qaraganda, matbuotda 
bosilayotgan hamma taqrizlar ham bu xususiyatlarni oʻzida jamlamaganligi 


koʻrinadi. Bu esa adabiy tanqid va adabiyot rivojiga maʼlum darajada taʼsir 
koʻrsatishini unutmasligimiz lozim. Adabiy tanqidning bosh vazifasi esa 
adabiyotni yuksaklikka koʻtarishga koʻmaklashishdan iborat 
Taqriz janrining bosh vazifasi – u yoki bu (ilmiy, badiiy asarlar, 
spektakl, kinofilm va sh.k.) asarning tahlili orqali uning ilmiy jarayon va muallif 
ijodiyotidagi o‘rnini aniqlash, unga xos bo‘lgan yutuq hamda kamchiliklarni 
isbotlash va baholashdan iborat. 
Jumladan, 
badiiy 
asarni 
taqriz 
qiluvchi 
yozuvchi 
ijodiy 
laboratoriyasiga kirishi, uning ichki yo‘nalishini aniqlashi, san’atkorning o‘ziga 
xos bo‘lga n ijodining asosiy, bosh qonunlarini tushunishi, asarga badiiy asar 
sifatida mehr bilan yondoshishi,chuqur ijodiy izlanishi kerak. Bu izlanishlarning 
natijasini siqiq, original shaklda, o‘sha asar mohiyatining butun siru asrorini ochib 
beradigan usulda bayon qilishi lozim. 
Aks holda, ma’lum bir asar haqidagi taqrizda tahlil bo‘sh chiqadi-da, 
har xil badiiy asarga nisbatan bir-biriga yaqin baholar, kamchilik va nuqsonlar 
qayd qilinib qoladi va taqrizni qolipga mubtalo qiladi. Natijada suv tomchilaridek 
bir-biriga o‘xshaydigan, yasalgan (ijodiy yaratilmagan) taqrizlar yuzaga 
kelaveradi. 
Holbuki, taqriz-konkret ilmiy asar ekan, unda qayd qilinadigan har bir 
fikr, yangilik yoki nuqson taqrizchi tomonidan quruq qayd qilinmasligi kerak, 
balki aniq dalillar misolida har tomonlama isbotlanishi va bunga yozuvchini ham, 
kitobxonni ham ishontira bilishi kerak. Taqrizda konkret asar yozuvchining butun 
ijodi va harakatdagi ijodiy jarayon bilan bog‘lanishi, solishtirilishi shart: ana 
shundagina asarning ahamiyati, qimmati, yangiligi ochiladi, yozuvchi mahorati 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Taqriz-ilmiy uslubda bitilishidan qat’iy nazar, unda taqrizchining 
ehtirosi-haqiqatni izlashdagi hissiyoti ko‘rinib turishi lozim. CHunki har bir asar 
o‘zicha ayrim bir dunyo ekan, unga kirish yo‘llari o‘ziga xos bo‘ladi: taqriz 


shaklining umumiy qonuniyatlariga jo bo‘lgan ana shu o‘ziga xoslik uning rang-
barang bo‘lishini, originalligini ta’minlaydi.
1

Yüklə 422,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin