Sahna ko`rinishi
13-o’quvchi: 41-modda: Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
Ilmli kishini qadrlar zamon.
Ne zamon qadrlar jumlayi jahon,
Ilm bilan bezar umrini bashar.
Ilm-katta boylik, ilm-siymu zar,
Ilm bilan bezar umrini bashar
Umri oqibatda topgaydir qadr,
Ilmdan yaratdi eng oliy qasr.
14-o’quvchi: 2004-yil 22-may “2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi farmoni e’lon qilindi. 2017 yil 15 martda “Umumiy o`rta ta`lim to`g`risidagi nizom” qabul qilindi.
15-o’quvchi: 49-modda Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir
Obidalar, qo`lyozmalar
Ham osori atiqa,
Bobolardan xabar berar,
Har nafas,har daqiqa.
Yodgorlikni asrar bo`lsang
Asraganday ko`zingni,
Shunda saqlab qolajaksan
Kelajakni, o`zingni
16-o’quvchi: 50-modda Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar
Bugun ekkan qalamchang
Ka-a-tta terak bo`ladi.
Faqat uni avaylab
Asrash kerak bo`ladi
Tog` go`zal, o`tloq go`zal,
Sevamiz gulatrini.
Esda tutaylik, do`stlar,
Tabiatning qadrini
Kamalak” qo`shig`i yangraydi
17-o’quvchi: 55- modda Yer,yer osti boyliklari , suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Yer,yer osti boyliklar,
Suv, o`simlik dunyosi-
Umummilliy xazina,
Topilmaydi qiyosi.
Qanoat, insof darkor,
Tagi mo`l bo`lgan bilan,
Kelajakning haqqi bor,
Oqilona foydalan!
|