FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
___________________________________yo‘nalishi _______bosqich
__________guruh talabasi_______________________________ ning
MALAKAVIY AMALIYOT
KUNDALIGI
Malakaviy amaliyot universitet rektorining _________dagi
buyrug‘iga asosan ________dan_______gacha o‘tkaziladi.
Malakaviy amaliyot rahbari:________________________
Farg‘ona -2023-2024
2
Talabalar uchun eslatma
Universitet talabalarining malakaviy amaliyoti o‘quv jarayonining asosiy qismi
hisoblanib, ta’lim yo‘nalishlariga mos muassasalarda o‘tkaziladi.
Malakaviy amaliyotning maqsadi talabalar olgan nazariy bilimlarni
chuqurlashtirish,
mustahkamlash, talabalarni o‘z kasbiga amaliy tayyorlash, kasbiy
mahorat malakalari va fazilatlarini tarkib toptirish hamda rivojlantirishdir.
Amaliyot davrida :
I.
a) talabalarning huquqlari:
1.
Taklif va fikr-mulohazalari bilan universitetning o‘quv bo‘limiga,
fakultet,
kafedralar va maktab rahbarlari, o‘qituvchilarga murojaat qilish.
2.
Talabalar metodist-rahbarlardan uslubiy maslahatlar, yo‘l-yo‘riqlar olish.
3.
Kafedralar va o‘quv muassasalarining o‘quv moddiy- texnikaviy bazasidan
foydalanish.
4.
Talaba malakaviy amaliyotni 3/4qismini bajarib uzrli sabablar bilan malakaviy
amaliyotni nihoyasiga yetkaza olmasa, o‘quv mashg‘ulotlaridan ajralmagan holda
malakaviy amaliyotni davom ettirish va nihoyasiga yetkazish huquqi beriladi.
I . b) talabaning burchlari:
1. Malakaviy amaliyot darsida 6 soatlik ish kuni davomiyligida amaliyotni
o‘tayotgan xizmat manzilida bo‘lishi kerak.
2. Amaliyotchi talaba “Malakaviy amaliyot dasturi” da ko‘rsatilgan ishlarni o‘z
vaqtida bajarishi shart.
3. Amaliyot rahbarlari topshiriqlariga to‘la
rioya qilishlari, ularni bajarishlari
lozim bo‘ladi.
4. Amaliyot davrida talabalardan biri shu guruh sardori qilib tayinlanadi. U
amaliyot ishlarini tashkillash, uslubchi rahbarlar tomonidan qo‘yilgan
vazifalarni
bajarishda tashkilotchilik qiladi. Malakaviy amaliyotga doir ma’lumotlarni
rasmiylashtirish, bayyonnoma va ro‘ynomalarni yurgizishda yordam beradi.
I.
v) talabalarning vazifalari:
1. Talaba amaliyot davrida ichki tartib qoidalariga amal qilmasa muassasa
rahbariyati unga ma’muriy chora ko‘radi va bu haqida universitet ma’muriyatiga
ma’lumot beradi.
2. Amaliyotchi talaba o‘z vaqtida amaliyotni o‘tamasa, bir hafta muddatda
sababsiz uzilish sodir etsa amaliyotdan va o‘qishdan chetlatiladi.
Bunday talaba
keyingi o‘quv yilida chetlangan kursiga shartnoma asosida o‘qishni tiklashi
mumkin.
3.Amaliyot rahbarlari tomonidan o‘quv, tarbiyaviy, jamoatchilik
topshiriqlarini
bajarmagan, tartib qoidani buzgan talabani amaliyotdan chetlashishga tavsiya berish
mumkin.
4.Talaba amaliyot davridagi malakaviy faoliyatini va kuzatishlarni qayd etish uchun
kundalik yuritadi.
3
5.Amaliyot davrida talaba rasmiylashtirishi uchun
beriladigan barcha hujjat, ma’lumot
daftarlari talabada bo‘lishi zarur. Universitet ma’muriyati va nazorat organlari tomonidan
so‘ralganda ko‘rsatilishi shart. Agar tekshirish uchun talab qilingan vaqtda ish daftari yo‘q
bo‘lsa, o‘sha daftar yoki hujjat yuritilmagan deb hisoblanadi.
6.Malakaviy amaliyotga borib- kelish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, har
bir talabaning o‘z zimmasida bo‘ladi.
II. Amaliyot tugagach bir hafta davomida amaliyotchi talaba yozma hisobotga quyidagi
hujjatlarni qo‘shib topshiradi.
a) kundalik daftar;
b) amaliyot davomida tayyorlagan ko‘rgazmali qurollar yoki yo‘nalishning
xususiyatidan kelib chiqib tayyorlagan mahsulotlaridan namunalar;
Talaba amaliyot davridagi faoliyatini universitet rektorining buyrug‘i bilan
tasdiqlangan komissiya oldida himoya qiladi va reyting tizimi bo‘yicha baholanadi.