Mg. Magniy osimliklar uchun juda muhim ,ularda kechadigan fotosintez jarayonini boshqaradi .Bu jarayonni tezlashishda muhim hisoblanadi . Fe.Temir qon tarkibini tashkil etadi .Gemoglabin tarkibidagi gem moddasi temir ionlaridan iborat. Calsiy.Ca suyak tarkibida uchrab unga mustahkamlik beradi .Metall kalsiy ,stronsiy va bariy birinchi marta 1808 yilda Devi tomonidan elektroliz yoli bilan olingan . Cl .Xlor oshqozon suyuqligi 0,3 -0,4 foiz HCL ning bolishi juda katta fiziologik axamiyatga ega .Inson hayvonlar organizmida NaCl ning borligi organzm hujayralarida suv balansini boshqaradi. J. Yod odatda brom uchraydigan joylarda boladi .YODNING tabiatda tarqalganligi katta ahamiyatga ega . Yod birikmalari organzmda yod yetishmay qolganda endemik buqoq vujudga keladi .
Na, K, Cl, hujayra membranalari orqali turli xil moddalar otishini taminlaydi .Nerv hujayralarida hosil boladigan qozgalishlarni otishi ham shu elementlar yordamida amalga oshiriladi .Ca va P suyak toqimalarini hosil qilishda ularning mustahkamligini ta’minlashda ishtirok etadi.Bundan tashqari Ca qonning normal ivishini ta’minlovchi omildir. Ion bu zaryadlangan atom yoki molekula boʻlib, unda elektronlar soni protonlar soniga teng emas va shuning hisobiga ion zaryadlangan zarracha hisoblanadi. Ionlar (yunoncha: ion — borayotgan, harakatlanayotgan) — zaryadlangan zarralar; atom yoki atomlar guruhi (molekulalar, radikallar va b.) elektron (yoki zaryatlangan zarracha) qabul qilganda yo yoʻqotganda hosil boʻladi. "I." tushunchasi va terminini 1834-yilda ingliz olimi M.Faradey birinchi boʻlib tatbiq etgan. U ishqorlar, kislotalar, tuzlarning suvdagi eritmalari elektr oʻtkazuvchanligi I. harakatiga bogʻliq deb hisobladi. Eritmalarning manfiy qutb (katod)ga harakatlanadigan musbat zaryadli I. kationlar, musbat qutb (anod)ga harakatlanadigan zaryadli I. anionlar deyiladi. I. zaryadining kattaligi elektron zaryadiga karrali nisbatdadir: mas, atom 1, 2, 3, ... elektron yoʻqotganda yoki qabul qilganda shunga mos ravishda 1, 2, 3 va h. k. zaryadli I. hosil boʻladi. Elektrolit eritmasida I. erituvchi bilan oʻzaro taʼsir etishi tufayli barqaror boʻladi. I. mavjudligi sababli eritmalar elektr tokini oʻtkazadi (qarang Elektrolitik dissotsiatsiya). Atomdan elektron ajralib, kation hosil boʻlayotganda maʼlum miqdorda energiya sarflanadi va uni atomning ionlash potensiali deyiladi. I. ning xossalari ularning kattaligi va elektron qobigʻining tuzilishiga, zaryadning ishorasi hamda miqdoriga bogʻliq. Ionli bogʻlanish kimyoviy bogʻlanishning bir turi boʻlib, u qarama-qarshi zaryadlangan ionlar yoki elektromanfiyligi keskin farq qiluvchi ikki atom oʻrtasidagi elektrostatik tortishishni oʻz ichiga oladi[1] va ionli birikmalarda yuzaga keladigan asosiy oʻzaro taʼsirdir. Kovalent bog'lanish va metall bog'lanish bilan birga bog'lanishning asosiy turlaridan biridir. Ionlar elektrostatik zaryadga ega bo'lgan atomlar (yoki atomlar guruhlari). Elektron olgan atomlar manfiy zaryadlangan ionlarni (anionlar deb ataladi) hosil qiladi. Elektronlarni yo'qotadigan atomlar musbat zaryadlangan ionlarni (kationlar deb ataladi) hosil qiladi. Elektronlarning bunday uzatilishi kovalentlikdan farqli ravishda elektrovalentlik deb nomlanadi. Eng oddiy holatda, kation metall atomi, anion esa metall bo'lmagan atomdir, lekin bu ionlar yanada murakkab tabiatga ega bo'lishi mumkin, masalan, NH+ kabi molekulyar ionlar.NH