Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Bolalarni havo muolajalari yordamida chiniqtirish



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə46/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61
valeologiya maruza matni

Bolalarni havo muolajalari yordamida chiniqtirish.
Toza havo chiniqtirishning eng yaxshi va oson turi hisoblanadi.Bolalar ochiq Havoda bo’lganlarida asab va endokrin sistemalari tonusi oshadi,moddalar almashinuvi yaxshilanadi..SHu sababli bola toza havoda,ayniqsa yoz oylari ochiq havoda iloji boricha ko’p bo’lishi zarur.Bu davrda derazalarni ochib qo’yish zarur,shunda ultrabinafsha nurlar xonaga bemalol tushadi.Go’dak bolalarni chiniqtirishni yilning xar qanday faslida (yaxshisi ovqatlangandan 30-40 daqiqa o’tgach) boshlash mumkin.Bola dastlab toza havoda chiniqa boshlaydi.Bu xonani shamollatish,har kuni sayr qilish,ochiq havoda uxlash,havo vannalaridir .Xona kuz-qish faslida kuniga 10 daqiqadan 4-5 mahal,yozda esa kun bo’yi shamollatiladi.Bolla yilning issiq faslida tug’ilsa,tug’ruqxonadan olib kelingan birlanchi kunlardanoq uni havoga olib chiqib turish yoki xona darchasini ochib qo’yib uxlatish zarur.CHaqoloq kuz-qish faslida tug’ilsa,uni darchasi ochiq xonada olib yurib chiniqtira boshlanadi,bir oydan keyin esa harorat amida 8 S bo’lgan havoga oldin 10-15 daqiqa olib chiqiladi,keyin asta sekin sayr 2 soatgacha uzaytiriladi..Bola toza havoga kuniga 2 mahal olib chiqiladi,yilning issiq faslida esa u kun bo’yi ochiq havoda daraxtlar soyasida yoki ayvonlarda bo’lgani ma’qul.Sayr qilganda bolaning yuzi ochiq bo’lgani ma’qul.Bolani toza havoda uxlatish juda foydali.Kunduzi ayvonda uxlagan yaxshi.Issiq kunlarda soyada,havo harorati 30 S va undan yuqori bo’lganda bolalar issiqlab ketmasligi uchun derazalar ochib qo’yiladi.Nimjon,kamqon,o’pka siliga chalingan,asabiy bolalar havo vannalarini soyabon yoki daraxtlar tagida havo harorati kamida 22 S-20 S bo’lganda olishadi.Uyqu va ishtahaning yaxshilanishi,serharakatlilik,kayfiyatning ko’tarilishi havo vannnalari yaxshi ta’sir qilganinin bildiradi.Havo vannalarini bola 1,5-2 oyligidan boshlash lozim.Buning uchun bolani haftada ikki –uch marta 22 S dan past bo’lmagan havo haroratida 2-3 daqiqaga yalongoch qilib qo’yiladi.,keyin bu vaqtni asta uzaytirib go’dak 6 oylik bo’lganda 8 daqiqaga etkaziladi,yoshiga to’lay deb qolgand, kuniga 4 mahal 10-15 daqiqadan o’tkaziladi.Bolaning kiyimlarini echib qo’yish kerak.Bola yalongoch bo’lganda havo kuchli chiniqtiruvchi ta’sir ko’rsatadi.Markaziy Jismoniy mashiqlarni 3 turi tofovut etiladi:
1. Kuch bilan bajariluvchi jismoniy mashiqlar. Bu jismoniy mashiqlar mushaklarning maksimol qisqarishi bilan amalga oshiriladi. Bu guruhga shtanga , tosh, gantel ko’tarishlar kiradi.
2. Kuch va tezlik bilan bajariluvchi mashiqlar. Bu jismoniy mashiqlarda mushaklar bir vaqitda nisbatan katta kuch va tezlik bilan qisqaradi. Bu guruhga yugurib kelib uzoqqa sakrash, qumga sakrash va disk irg’itishlar kiradi.
3.Chidamlilikka asoslangan mashqlar. Bu mashqlarda mushaklardan kuch va tezlik talab qilinmayda. Bu guruhga sog’lomlashtiruvchi mashqlar kiradi.
Ushbu yuqorida keltirilgan jismoniy mashqlarni bajara olish qobiliyatini shifokor muntazam ravishda kuzatib borishi shart.Chunki jismoniy mashqlarni noto’g’ri tanlash, mashg’ulotlarda organizimning kuchi etmaydigan zo’riqishni bajarish salomatlikka zarar etkazibgina qolmay, sportga bo’lgan ishtiyoqni yo’qotadi. SHuning uchun o’rta va keksa yoshdagi kishilar katta jismoniy kuch sarflanadigan jismoniy mashqlarni bajarishlari maqsadga muvofiq emas. Yaxshisi keksa kishilar uchunchi yoki ikkinchi guruh mashqlarini bajarganlari ma’qul.Har xil jismoniy mashqlardan musobaqalar va o’quv-mashq mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish sistemasi yig’indisi sportini tashkil qiladi va shtkazish sistemasi yig’indisi sportni tashkil qiladi. Sport – ingilizchadan tarjima qilinib, o’yin, ovunchoq ma’nosini bildiradi. Sport inson salomatligi va xarakat aktivligini saqlash uchun zarur bo’lgan muhim omil hisoblanadi. Sport mashg’ulotlarida asosiy talablardan biri- zo’riqish yoshga, jins va jismoniy tayyorgarlikka mos kelishidir.
Sportning 2 turi tofovut etiladi.
1. Ommoviy sport. 2. Katta sport.
Ommoviy sport futbol, valeybol, tennis, engil atletika, suzish va hakazolar kiradi. Ommoviy sportning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
1. Umumiy jismoniy rivojlanishni oshirish
2. Mexnat va jamoat aktivligini oshirish.
3. Bo’sh vaqitdan unumli foydalanish.
Mustaqillikning e’lon qilingan birinchi kunlaridanoq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov, Respublikamizning hukumati o’sib kelayotgan yosh avlodning sog’lig’iga doimiy g’amxo’rlik qilingan. Sog’liqni shakllantirish va uyg’un rivojlanish, bolalarning sog’lom turmush tarzini rivojlantirishning muhim omillaridan biri jismoniy tarbiya va sportdir. Ommaviy bolalar sportining rivojlanishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktabrdagi 3154-sonli Farmoni «Bolalar sportini rivojlantirish fondining tuzilishi to’g’risida» va 2002 yil 31 oktabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 374-sonli Qarori «O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish fondi faoliyatining tashkil etilishi to’g’risida» qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda Sog’liqni saqlash Vazirligi oldida o’sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama jismoniy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlashga imkon beruvchi bolalar sporti turlarining asosiy yo’nalishlarini rivojlantirishning tibbiy-ilmiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qo’yilgan.Sog’lom bolalarni rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar bolaning organizmiga jismoniy tarbiyaning hal qiluvchi ta’siridan dalolat beradi. Inson organizmi harakatga bo’lgan biologik ehtiyojni sezadi, ushbu harakatlar jismoniy va intellektual rivojlanishni takomillashtirishning faol biologik rag’batlantirishning omillari bo’ladi. Harakatlarning roli organizmning keskin va kuchli o’sishi va rivojlanishi davrlarida - bolalik va o’smirlik yoshida ayniqsa kattadir.Bola organizmining o’sish jarayonini passiv kuzatish shunga olib keladiki, o’smirlik yoshiga kelib tayanch-harakat tizimi va ichki a’zolari tarafidan kasalliklar shakllanadi. Bolada psixologik ichki noqulaylik kuzatiladi. Bugungi kunda Respublikamiz fuqarosining sog’lig’ini shakllantirish va uyg’un rivojlantirish jismoniy tarbiya va sportsiz tasavvur etilishi mumkin emas. Bolalarning jismoniy tarbiyasi va sport bilan shug’ullanishini to’g’ri tashkil etishn ularning sog’lig’i hamda noqulay tashqi sharoitlarga moslashuvining ko’rsatkichlariga hal qiluvchi ta’siri haqidagi ilmiy asoslangan tadqiqotlar mavjud. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish bolalarda va o’smirlarda hayotga ishonch, shodlik va tetiklikni hosil qiladi, vatanparvarlik tuyg’usi va Vatanga muhabbatni tarbiyalaydi.
Inson tabiatdan olgan eng bebaho ne’mati - salomatlikdir. Xalqda «Salomat, zo’r kishiga hammasi zo’r!» deb bejiz aytishmaydi. Bu sodda va dono haqiqatni organizmda buzilishlar paydo bo’lib, biz shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo’lgan paytimizda emas, har doim eslab turish lozim. Tibbiyot naqadar takomillashgan bo’lmasin, u har bir kishini uning kasalliklaridan xalos eta olmaydi. Inson o’z salomatligining yaratuvchisidir, shuning uchun ham ilk yoshidan boshlab faol va sog’lom turmush tarzini yuritib, chiniqib borish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, shaxsiy va ijtimoiy gigiena qoidalariga amal qilish va shu yo’l bilan oqilona yo’llar orqali haqiqiy uyg’unlikka erishish yaxshi bo’lar edi. Aholining salomatligini mustahkamlash muammosi zamonaviy jamiyat sharoitida unga xos bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik rivojlanish xususiyatlari hamda qadriyat fikrlarining jiddiy o’zgarishini hisobga olgan holda hal etilishi - birinchi darajali ahamiyatiga ega bo’lgan muammodir

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin