Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Chiniqish va uning turlari.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ulanish, ovqatlanish gigienga qoidalariga amal qilish



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə45/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61
valeologiya maruza matni

Chiniqish va uning turlari.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ulanish, ovqatlanish gigienga qoidalariga amal qilish.
Jismoniy mashg’ulotlar bilan muntazam shug’illanish –bu jismoniy mashiqlarni doimo bajarish, kun tartibiga va gigiena qoidalariga rioya qilish, tanani quyosh, havo va suvdan samarali foydalanib chiniqtirish deganidir.
Jismoniy mashiqlarni 3 turi tofovut etiladi:
1. Kuch bilan bajariluvchi jismoniy mashiqlar. Bu jismoniy mashiqlar mushaklarning maksimol qisqarishi bilan amalga oshiriladi. Bu guruhga shtanga , tosh, gantel ko’tarishlar kiradi.
2. Kuch va tezlik bilan bajariluvchi mashiqlar. Bu jismoniy mashiqlarda mushaklar bir vaqitda nisbatan katta kuch va tezlik bilan qisqaradi. Bu guruhga yugurib kelib uzoqqa sakrash, qumga sakrash va disk irg’itishlar kiradi.
3.Chidamlilikka asoslangan mashqlar. Bu mashqlarda mushaklardan kuch va tezlik talab qilinmayda. Bu guruhga sog’lomlashtiruvchi mashqlar kiradi.
Ushbu yuqorida keltirilgan jismoniy mashqlarni bajara olish qobiliyatini shifokor muntazam ravishda kuzatib borishi shart.Chunki jismoniy mashqlarni noto’g’ri tanlash, mashg’ulotlarda organizimning kuchi etmaydigan zo’riqishni bajarish salomatlikka zarar etkazibgina qolmay, sportga bo’lgan ishtiyoqni yo’qotadi. SHuning uchun o’rta va keksa yoshdagi kishilar katta jismoniy kuch sarflanadigan jismoniy mashqlarni bajarishlari maqsadga muvofiq emas. Yaxshisi keksa kishilar uchunchi yoki ikkinchi guruh mashqlarini bajarganlari ma’qul.Har xil jismoniy mashqlardan musobaqalar va o’quv-mashq mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish sistemasi yig’indisi sportini tashkil qiladi va shtkazish sistemasi yig’indisi sportni tashkil qiladi. Sport – ingilizchadan tarjima qilinib, o’yin, ovunchoq ma’nosini bildiradi. Sport inson salomatligi va xarakat aktivligini saqlash uchun zarur bo’lgan muhim omil hisoblanadi. Sport mashg’ulotlarida asosiy talablardan biri- zo’riqish yoshga, jins va jismoniy tayyorgarlikka mos kelishidir. Sportning 2 turi tofovut etiladi.
1. Ommoviy sport. 2. Katta sport.
Ommoviy sport futbol, valeybol, tennis, engil atletika, suzish va hakazolar kiradi. Ommoviy sportning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
1. Umumiy jismoniy rivojlanishni oshirish
2. Mexnat va jamoat aktivligini oshirish.
3. Bo’sh vaqitdan unumli foydalanish.
Katta sportning asosiy maqsadi – sportning ma’lum bir sohasida maksimal, ya’ni rekord natijalarga erishishdir. Mamlakatimizda xar yili 16 mingdan ortiq turli xil sport musobaqalari bo’lib turadi. To’rt yilda bir marta yozgi va qishgi spartakiadalar o’tkaziladi. Bayram kunlarida o’tkazib turiladigan sport musobaqalari o’qtuvchi va talaba yoshlar o’rtasida bo’lib turadigan “ Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “ Unversiada” kabi musobaqalar – salomatlikni mustaxkamlash vositasi sifatida hamda yoshlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishida katta ahamiyat kasb etmoqda. “Umid nixollari ” o’yinlarining tashkil qilinishi O’zbekistonda mamlakat aholisining deyarli yarimini tashkil etuvchi yosh avlodning sog’lom bo’lishi, ham ruhan, ham jismonan uyg’unlikda rivojlanishi uchun kshsatilayotgan aloxida e’tiborning erkin misolidir. Bu o’yinlar Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo’lib, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiyalash hamda sportga ommoviy ravishda jalb qilishning o’ziga xos uch bosqichidagi birinchi bosqichi sanaladi. “ Kichik olimpiyada ” –“ Unversiada ” esa, talabalarni birlashtiradi, sportdagi do’slikni yuzaga keltiradi, hamkorlikni davom etishiga , o’qishda ham muvaffaqiyatlarga erishishga yordam beradi. Bugungi talabalar ertaga ziyolilar safini to’ldirib, oliy o’quv yurtini tugatgach, jon dillari bilan sog’lom turmush tarzini targ’ib qiladilar.
Bugungi kunda sport bilan nafaqat bolalar va o’smirlar, balki keksalar, ayollar- qizlar va hattoki nogironlar ham faol shug’illanmoqdalar. Nogironlar sportning asosiy maqsadi bo’lib- ularniijtimoiy jixatdan to’laqonligiga erishuvini ta’minlash hisoblanadi. SHu maqsadda nogironlar o’rtasida ham turli hil sport musobaqalari o’tkazilib turadi. Masalan, 1981 yilda “ ko’zi ojizlar sport assotsiatsiyasi ” tashkil etilgan bo’lib, muttasil ravishda ko’zi ojizlar o’rtasida jahon chempionatlari uyushtirilib turiladi. Musobaqa ishtiroqchilariga hayrihohlik sportchilarning butun irodasini ishga solib, g’alabali natijalarga erishishga majbur etadi, ularni sog’lom raqobatga hurmat ruhida tarbiyalaydi. O’z sog’ligi va yon atrofdagilar salomatligi haqida g’amg’orlik qilish ma’suliati uchun har bir inson eng avvalo kasallikni o’z organizmiga kiritmaslikka imkon beruvchi minimal bilimlar majmuiga ega bo’lishi lozim. O’zining bilimsizligi yoki ota-ona bilim-sizligi ekanligidan qat’iy nazar, ushbu bilimsizlik barcha kasalliklarning yagona sababi ekanligi tufayli bu juda dolzarb vazifadir.Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya -deganda turli kasalliklarni davolash va oldini olish maqsadida jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish tushuniladi.Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bilan shug’illanish organizimning kurashuvchanligini oshirishga va mustahkamlashga, shuningdek turli kasalliklarning yoki ularning asoratlarining oldini olishga olib kueladi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo’lib aloxida tanlangan metodak ishlab chiqilgan jismoniy mashqlar hisoblanadi.Sohlomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaga oid ma’lumotlar qadimdan ma’lum bo’lgan. Jumladan, eramizdan oldin yashab o’tgan Gippokrat o’z manbalarida davolovchi gimnastika, massaj va suv bilan chiniqtiruvchi mashqlar katta e’tibor qaratgan.Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning turli kasalliklarini engishdagi ahamiyati xaqida byuuk mutafakkir olim Ibn Sini “ Tib qonunlari ” kitobida batafsil to’xtalib o’tgan. Sohlomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yoshlarni jismoniymashqlar va sport bilan shug’illanishga extiyojini mustahkamlash, ularni psixofiziologik asoslarini anglash, jismoniy quvvat va salomatlikni rivojlantirish, sanitar gigienik ko’nikmalarni hosil qilish, sog’lom hayot tarzini yuritishga yo’naltirilgan ko’p qirrali pedagogik jarayondir.Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yoshlarda jismoniy mashg’ulotlar va sportga ehtiyojini shakillantirish, jismoniy quvvatni va xarakterini mustahkamlashda muxim axamiyat kasb etadi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning muhim komponentlaridan biri yoshlarni jismoniy mashg’ulotlarning sog’lomlashtiruvchi samarasi va uning inson tanasiga ta’siri to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish hisoblanadiJismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi – bolalar sog’ligini mustahkamlash va organizmni chiniqtirish, xayot uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirishdir. Jismoniy tarbiya yorug’, toza jihozlangan xonalarda yoki hovlida tibbiyot va pedogogika xodimlari nazoratida olib boriladi.Mashg’ulot turi bolaning salomatligiga qarab belgilanadi.Kun tartibi qanchalik to’g’ri tashkil etilsa,chiniqish va salomatdlik shuncha mustahkam bo’ladi. Chiniqish moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi, asab va ichki sekretsiya bezlari sistemasi faoliyatiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi, qolaversa butun fiziologik jarayonlarni boshqarib turadi. Markaziy asab sistemasining faoliyati o’zgarishi natijasida chiniqish jarayonida ma’lum darajada to’qima va xujayralarda ham moslashish kuzatiladi. Natijada xujayra fermentlarining faolligi va fizik – kimyoviy tarkibi o’zgaradi. Sovuq yoki issiqning ko’p marta ta’sir etishi natijasida organizmning umumiy qarshiligi ortadi. Chiniqish organizmga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatadi.
Bilvosita ta’sirga quyidagilar kiradi:

  1. Sovutish muolajasi qilinganda, meteorologik omillar yoki quyosh nuri ta’siri ostida ultrabinafsha radiatsiyasi ta’siri natijasida organizm chidamliligi oshadi.

  2. Chiniqish ta’sirida organizmning har xil ta’sirlarga, yuqumli kasalliklarini tarqatuvchilarga qarshi chidamliligi oshadi. Chiniqish omillari jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Kasalliklarni kamaytiradi, sog’likni mustahkamlaydi. Organizmni tashqi muhitning yuqori va past haroratida ham chiniqtirsa ham bo’ladi. To’qimalar qarshiligining buzilishi, umumiy va mahalliy immunitetning pasayishi, ximoya reaktsiyalarining kuchsizlanishi natijasida yuqori nafas yo’llarining shilliq qavatida mikrofloralar rivojlanishi uchun yaxshi shart – sharoitlar yaratiladi.Tana haroratini bir xil saqlashda issiqlikni boshqarish mexanizmi xizmat qiladi. Atrof – muhitning meteorologik sharoiti o’zgarishiga qaramasdan organizmning ichki muhitdagi asosiy fizik va kimyoviy ko’rsatkichlarining doimiy bo’lishi ta’minlanadi. Kimyoviy issiqlikni boshqarish deganda, to’qimalarda moddalar almashinuvini boshqarish tushiniladi, bunda uncha katta bo’lmagan issiqlik mushak, jigar va boshqa a’zolar modda almashinuviga uzatiladi. Issiqlik bolalar va o’smirlarda yuqori darajada ajratiladi. Masalan, har kuni 2 yoshdagi bolada 8,1, o’smirlarda (14 yosh) 52, kattalarda esa 35 kkal issiqlik ajralib chiqadi. Fiziologik issiklikni boshqarish deganda, issiqlik berishning ko’payishi yoki kamayishi tushiniladi. Uning ma’nosi quyidagilarda iborat: terining yuqori qismi chegara hisoblanadi, ya’ni u organizm to’qimalarini tashqi muhitdan ajratib turadi. Bu yuzada harorat ichki qismda joylashgan a’zolarga nisbatan past bo’ladi. Qon ichki qismda joylashgan tana qismidan terining yuza qismiga o’tadi. Bunda ancha issiqlik tashqi muhitga ajralib chiqadi. Issqlik darajasidan past issiqlik vaqtida havo va suv orqali chiniqtiradigan vositalarni qo’llaganda teri tomirlarining siqilishi, qonning ichki a’zolar va terining chuqur qavatiga taqsimlanishi kuzatiladi. Chiniqmagan odam terisi issiq va sovuqqa o’ta beriluvchan bo’ladi. Tez orada teri oqaradi, lablar ko’karadi, ba’zan hiqichoq tutadi. Mo’tadil issiqlik vaqtida havo va suv orqali chiniqtirishni o’tkazish (havo uchun 24 – 250S, suv uchun ko’krak terisining issiqligiga teng 35 – 330S, bolaning yoshiga bog’liq), past issiqlik ta’sirida chiniqqan tanada esa adekvat issiqlik ishlab chiqarish boshlanadi.Chiniqtirish vositalarini boshlashdan oldin albatta bola sog’lig’i, shu bilan bir qatorda har bir bolaning jimoniy o’sishi ham baholanadi. Sog’lomlik guruhi va fizik issiqlikni boshqarish turi o’rtasida to’g’ri bog’liqlik borligi aniqlangan. SHunday qilib, bolalar o’rtasida birinchi sog’lomlik guruhiga kiruvchilar 50 % ni(shulardan ko’p bolalar kuchli fizik issiqlik boshqarishiga ega bo’lganlar), 2 – 3 sog’lomlik guruhida 45 – 50 % ni tashkil etadi. Bitta bolada uzoq qo’llash orqali salomatligining holati fizik issiqlikni boshqarish funktsiyasining pasayishi, yuqori nafas yo’llari kasalligining davomiyligi va sonining oshishiga, issiqlikni boshqarish vazifasining yaxshilanishi bolalar sog’lig’ining yaxshilanishiga va o’tkir yuqori nafas yo’llari kasalligining davomiyligi va sonining kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, yashirin yuqumli o’choqlarga e’tibor berish lozim, sovuq payti kasallik paydo bo’lishi mumkin. Quyosh nurlaridan to’g’ri foydalanganda odam organizmi chiniqadi, moddalar almashinuvi ham yaxshilanadi. Terisida Gistamin, adenozin, xolin va boshqa faol moddalarning ahamiyati katta bo’ladi. Bu moddalar qonga tushib, asab sistemasi orqali har xil a’zo va to’qimalarga ijobiy ta’sir qiladi.


Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin