Ochiq suv manbalari. Ochiq suv xavzalari ayniqsa daryolar, suvi ko’pligi va kam tuzligi bilan faqlanadi. Daryo suvi agar yomg’irni xisobga olmasak, eng yumshoq suv xisoblanadi. Fizikaviy xususiyati er osti suv manbalariga qaraganda ko’pincha kamroq qoniqarli bo’ladi. Ochiq suv xavzalarining ximyaviy tarkibi, fizikaviy xususiyati va bakterialogik xolati barqaror bo’lmaydi, u yil fasliga qator maxalliy sharoitlarga bog’liq. Suv xavzasi qancha kichik bo’lsa, unda ifloslanish xavfi shuncha yuqori bo’ladi. Aholi yashaydigan joylardan uzoqdagi chuqur va katta ko’llarda va sun’iy suv omborlarida suvning sifati deyarli qoniqarlidir.Er ostidagi qatlamlararo suvni ochiq xavza suvi bilan gigienik jihatdan taqqoslaganda birinchisi ancha qoniqarli bo’lib, uni tabiiy ravishda qaynatmasdan ichsa bo’ladi, ikkinchisi esa oldindan tozalashni va zararsizlantirishni talab qiladi.Oqib turadigan xavzasi, ya’ni daryo, suv almashmaydigan xovuz, ko’l va sun’iy ko’llarga nisbatan oqib turishi tufayli yaxshi va suv manbai xisoblanadi. Bu eng avvalo daryodagi suvning ko’p bo’lishiga shuningdek, suvning o’z-o’zidan tez tozalanishiga bog’liq. Bundan tashqari suvi almashmaydigan xovuz ko’llarda vaqti-vaqtida “gullashi” bilan xarakterlanadi va bu uning sifatini pasaytiradi.Suv xavzasining o’z-o’zidan tozalanishi suv yuzasidagi osilma moddalarning suv tagiga cho’kishidan, suvdagi erigan kislorod xisobiga organik moddalarning oksidlanishidan iborat bo’ladi, mikroblar miqdorining kamayishi esa, ifloslarning erib ketishidan va quyoshning 0,5-1,0 sm suv ichiga kirib boradigan ultrabinafsha nurlar ta’sirida o’lib ketishidan bo’ladi. Suv sifati Iste’mol qiladigan suvning sifati uning fizikaviy xususiyati, ximyaviy tarkibi va unda bakteriya xamda gijjalar bo’lishi bilan normalanadi.Suv xavzalari va suzish uchun sun’iy suv basseyinlariga etkazilib beriladigan suvning sifati iste’mol qilinadigan. (ya’ni ichiladigan) suvdan farq qilmasligi lozim, ya’ni suvning fizikaviy xususiyatiga qo’yiladigan talablar bilan birdir. Suzish uchun suv xavzalarining suv sifatiga baxo berishda aloxida normativlar ishlatiladi. Tozalanmasdan iste’mol qilinadigan quduq suvlari ichiladigan suvga qo’yiladigan umumiy talablarga javob berishi lozim.