Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Yakka tartibdagi asalomatlik - shaxs salomatligining asosidir



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə61/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
valeologiya maruza matni

Yakka tartibdagi asalomatlik - shaxs salomatligining asosidir
Yakka tartibdagi asalomatlikturmushda va ishlab chiqarishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishni ko’zda tutadi. Ijti-moiy profilaktika esa kollektiv salomatligini himoya qilish bo’yicha tadbirlar tizimini o’z ichiga oladi. Profilaktika tushunchasi va uni amalga oshirishning aniq shakllari jamiyatning va fan taraqqiyotining turli tarixiy bosqichlarida o’zgarib turgan . Profilaktik tibbiyot g’oyalari o’rta asrlarning buyuk olimi Abu Ali ibn Sino risolalarida ham o’z aksini topgan. U yakka tartibdagi inson salomatligini asrash va mustahkamlashda, kasalliklar profilak-tikasi va ularni davolashda jismoniy mashg’ulotlarni universal vosita deb hisoblagan, jismoniy mashqlarni inson hayotining turli bosqichlarida uning salomatligi, yoshi, jismoniy tayyorgarligi, jismoniy yuklamaga chidamliligini, shuningdek, iqlim sharoitlari va boshqa omillarni e’tiborga olib kundalik rejimga kiritishni tavsiya etgan.
Kasalliklar - insoniyat uchun ofatdir. Qanchadan-qancha insonlar ular tufayli bevaqt hayotdan ko’z yumadilar, mehnat qilish quvonchidan mahrum bo’ladilar. Kasalliklar bilan insonparvar fanlardan biri tibbiyot shug’ullanadi. Tibbiyot umumbashar madaniyatining ilk davrida paydo bo’lgan va ulkan yutuqlarga erishgan. Ammo kasalliklarning barchasi ham tibbiyot tomondan yengilmagan. Ko’p asrlar davomida shifokorlarning asosiy va yagona vazifasi bemorlarni davolash hisoblangan. Biroq tibbiyotda yangi nuqtai nazar paydo bo’ldi: kasalliklarni nafaqat davolash, balki ularning oldini olish kerak. O’tgan asrdanoq olimlar kelajak profilaktik tibbiyotniki, deb hisoblashgan. Ko’pgina chet davlatlarida hozirgi kunga qadar davolovchi tibbiyot profilaktik tibbiyotdan keskin ajratib qo’yilgan.
Tibbiyotda profilaktika - inson salomatligini mustah-kamlash, kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, ularning oldini olish bo’yicha usul va vositalarning birli-gidir. Individual profilaktika turmushda va ishlab chiqarishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishni ko’zda tutadi. Ijti-moiy profilaktika esa kollektiv salomatligini himoya qilish bo’yicha tadbirlar tizimini o’z ichiga oladi. Profilaktika tushunchasi va uni amalga oshirishning aniq shakllari jamiyatning va fan taraqqiyotining turli tarixiy bosqichlarida o’zgarib turgan.
Ilk tibbiy va gigienik bilimlar inson hayotiy faoliya-tining boshlang’ich bosqichlarida kuzatishlar va tajribalar asosida tug’ilgan va xalq tibbiyotining asosi bo’lishi udumlar, usul va vositalar orqali mustahkamlangan. Kasalliklarning oldi-ni olish va ularni davolashda tabiat kuchlari (quyosh, suv, havo) dan, o’simlik va hayvonot dunyosining davolovchi vositalari katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Zardushtiylikning muqaddasi kitobi «Avesto»da (e. av. IX asr - e. III asri) O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va Afg’oniston hududida eramizdan avvalgi ming yillikda yashagan xalqlar tibbiyoti haqida ko’plab ma’lumotlar berilgan. O’sha davrda inson anatomiyasi va fiziologiyasi haqida ilk tushunchalar paydo bo’lgan. Kasalliklarning oldini olishga katta e’tibor qaratilgan («Kasal-likning ildizini senga tegmasidan oldin qurit»), uning asosida gigienik xarakterdagi - ovqatlanish tartibi, oilaviy hayot, homi-lador va emizuvchi ayollarga munosabat, mast qiluvchi ichimliklar ichishni taqiqlovchi ko’rsatmalar berilgan.
YU. SHodimetovning ta’kidlashicha, profilaktika sog’lom inson tanasining himoya mexanizmini mustahkamlash, chiniqtirish, uning qarshilik kuchini oshirishga yo’naltirilgan. Ular inson tanasi va atrof muhit o’rtasida dinamik mutanosiblikni ishlab chiqadi va mustahkamlaydi.
Abu Ali ibn Sino sog’liqni saqlash uchun etti omilga e’tibor qaratgan:
- bosiqlik;
- ovqatlanish tartibi;
- gavdani tik tutish;
- toza havo;
- qulay kiyim;
- jismoniy va ruhiy harakatlar (uyqu va uyg’oqlik holati) ning ravonligi.
Gippokrat tibbiyotga falsafa sifatida qaragan olim bo’lib, kasalliklarning kelib chiqishida turmush tarzi va atrof-muhit-ning roliga ahamiyat bergan, insonlarning gavda tuzilishi va temperamentiga qarab bemorga tashxis qo’ygan va uni davolagan.
Tibbiyot fanining ilg’or arboblari va shifokorlari ijtimoiy profilaktika taraqqiyoti, davolovchi va profilaktik tibbiyotning o’zaro birligi tibbiyotning kelajagini belgilaydi, deb hisoblashgan.
Profilaktika to’g’risida zamonaviy tushuncha davlat, jamoat va tibbiy tadbirlarning kompleks tizimini o’z ichiga oladi. Inson salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek insonning jismoniy va ruhiy quvvatini har tomon-lama rivojlantirish ushbu tizimning maqsadidir.
SHunday qilib, profilaktika, keng ma’noda, insonlarning salomatligini mustahkamlash, mehnat faolligini oshirish, umri-ni uzaytirish, mehnat, turmush, dam olish sharoitlarini yaxshilash, hamda jismoniy madaniyatini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan tadbirlarni anglatadi.
XXIII Jahon sog’liqni saqlash assabmleyasi 1970 yilda qabul etgan rezolyutsiyasida milliy sog’liqni saqlash tizimini tuzish va rivojlantirishning samarali printsiplari sifatida «aholi salomatligini muhofaza qilishda davlat va jamiyatni mas’ul deb bilish», «sog’liqni saqlashning yagona milliy rejasini tuzish», «ijtimoiy va individual profilaktika choralarini ko’rish», aholini «malakali, bepul profilaktik va davolash yordami bilan ta’minlash» va h.z. larni tavsiya etadi.
O’zbekiton Respublikasi mustaqillikka erishgach davlat tomondan aholi salomatligini mustahkamlashga bevosita va bilvosita yo’naltirilgan qarorlar, qonuniy va me’yoriy aktlar qabul qilinganligini ta’kidlab o’tish lozim. Bu «Davlat yoshlar siyosati haqida»gi, «Ta’lim to’g’risida»gi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunlardir.
O’zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan «Sog’lom avlod uchun» nodavlat halqaro jamg’armasi tashkil etildi. Jamg’arma maqsadi - o’sib kelayotgan avlodni va katta yoshdagi aholini sog’lomlashtirish. Maqsad bitta, uni amalga oshirishning esa ko’plab usul va vositalari mavjud. Oilani uyg’unlashtirish, sog’lom hayot tarzini shakllantirish (bu, o’z navbatida, onalar va bolalar kasallanishi va o’limini kamaytirishga sabab bo’ladi), shuningdek, aholini kasalliklar profilaktikasi haqida axborot bilan ta’minlash shular jumlasiga kiradi.
«Salomatlikni asrashni, - yozgan edi At-Taboriy, - ikki nuq-tai nazardan ko’rib chiqish kerak. Ulardan biri - insonning yoshi, odatlari, shuningdek, yil fasllariga mos keluvchi, tanasining o’sishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi ovqatlanishdir. Ikkinchi nuqtai nazar - ovqatlanish natijasida hosil bo’lgan ortiqcha va zararli moddalardan halos bo’lish. Bunda insonga tabiiy harorat, quyosh, shamol ijobiy ta’sir ko’rsatadi».
SHunday qilib, shifokor olimlar ko’zlagan maqsadga insonning yoshi, yil fasliga mos ratsional ovqatlanishi va gigie-nik tadbirlarning butun bir kompleksiga rioya qilishi bilan erishiladi. Ular ovqatning yaxshi xazm bo’lishi va tanadan ortiqcha moddalarning chiqib ketishiga yordam beradi. Ovqat hazm bo’lishi jarayoning jismoniy mashqlarga bevosita bog’liqligi haqida sharqiy Uyg’onish davri olimlari risolalarida ham katta e’tibor berilgan. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlar insonni ortiqcha vazndan xalos etadi, tanaga yengillik baxsh etadi, kun bo’yi yig’ilgan ortiqcha yukdan xalos etadi.
Ovqatlanish va jismoniy mashg’ulotlar, Maymonid fikricha, bir-birini me’yorga solib turuvchi qarama-qarshiliklardir. U, xususan, shunday deb yozgan edi: «Gimnastik harakatlar o’rnini hech narsa bosa olmaydi: ular tabiiy issiqlikni oshiradi, hatto kuchli taomlarni yetarlicha eganda ham tanada ortiqcha vazn hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydi».
Respublika hukumati ozod O’zbekistonda aholini jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida sog’lomlashtirish, sog’lom avlodni tarbiyalash, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish masala-larini hal etishni muhim vazifalar deb hisoblaydi. «O’zbekiston mustaqilligi - bizning ma’naviy va madaniy boyligimiz gurkirab o’sishi uchun muhimasosdir», - deb yozadi Respublika Prezidenti I.Karimov o’zining «O’zbekiston yangilanish va taraqqiyotning o’z yo’li» kitobida.
Jismoniy tarbiya va sport - umuminsoniy madaniyatning tar-kibiy qismlaridir. SHu sababli davlatimizda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti muammolariga chuqur e’tibor berilishi lozim. Bu borada O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» gi qonuni muhim ahamiyatga ega.
Bu qonunda yoshlarni sog’lomlashtirish shakllari va usul-larini muntazam takomillashtirish haqida alohida ta’kidlanadi. CHunki davlat kelajagi ham jismonan, ham ma’nan sog’lom yoshlar qo’lidadir.
Sog’lom avlod - nafaqat jismonan, balki aqlan etuk avloddir. Har tomonlama komil shaxsni tarbiyalash uchun tibbiy-psixologik xizmatni tashkil etish, bog’cha yoshdagi bolalar va yoshlar, shuningdek katta yoshdagi aholi bilan jismoniy sog’lomlashtirish ishlarini tashkil etish kerak. Buning uchun eksperimental - asoslangan sog’lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni o’quv-sog’lomlashtirish pedagogik jarayonga jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida tadbiq etish lozim.
Jismoniy madaniyat - umummadaniyatning tarkibiy qismi-dir. U nafaqat salomatlikni mustahkamlaydi, balki ayrim tug’ma orttirilgan kasalliklardan forig’ qiladi, osteoxondroz, trombo-flebit kabi kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish - bu jismoniy mashqlarni muntazam bajarish, kun tartibiga va gigiena qoidalariga rioya qilish, tanani quyosh, havo va suvdan samarali foydalanib chiniqtirish demakdir. Jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi - bu sportdir. Sport bilan shug’ullanish - doimiy mashg’ulotlar, doim ortib boruvchi yuklamalar yo’li bilan musobaqalarda yuqori natijalarga erishish demakdir.
YOshlarni valeologik tarbiya qilish - davlat ahamiyatiga molik ish bo’lib, hukumatimiz unga katta ahamiyat bermoqda. SHu sababli «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» gi qonunda, «Sog’lom avlod uchun» hukumat qarorida yosh avlodni, yoshlarni sog’lomlashtirish tizimini ko’rib chiqish va tadbiq etish zarurati haqida so’z boradi. SHuning uchun sog’lomlashtirish tadbirlari tizimi yoshlar ijti-moiy hayotida «salomatlik - yuksak obro’» degan tushunchani targ’ib etib, ularni jismoniy mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ulla-nishga zararli odatlar (aroqxo’rlik, kashandalik va h.z.) dan voz kechishga, to’g’ri ovqatlanish, sog’lom hayot tarzi yuritishga yo’naltirishi lozim.
O’zbekiston Respublikasining direktiv hujjatlarida ham har tomonlama etuk, faol shaxsni shakllantirishda sog’lomlash-tiruvchi jismoniy mashqlar yordamida kasalliklarni profilaktika qilishning muhim o’rni haqida so’z yuritiladi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yoshlarni jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanishga ehtiyojni mustahkamlash, ularning psixofizio-logik asoslarini anglash, jismoniy quvvat va salomatlikni rivojlantirish, sanitar-gigienik ko’nikmalarni hosil qilish, sog’lom hayot tarzi yuritishga yo’naltirilgan ko’p qirrali pedagogik jarayondir.
Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyada yoshlarda jismoniy mashg’ulotlar va sportga ehtiyojni shakllantirish, jismoniy quvvatni va xarakterni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning muhim komponent-laridan biri yoshlarni jismoniy mashg’ulotlarning sog’lomlash-tiruvchi samarasi va uning inson tanasiga ta’siri to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish hisoblanadi.
Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyada quyidagilar muhim o’rin tutadi:
- jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, yurak-tomir tizimining ishlashi, salomatlik darajasi ko’rsatkichlari diagnos-tikasi;
- o’quv faoliyati, dam olishni tashkil etish, o’z-o’zini baho-lash, tahlil qilish va nazorat qilish ko’nikmalarini shakllan-tirish;
- pedagogik jarayonda asosiy usul sog’lomlashtiruvchi mashq-lar va jismoniy mashg’ulotdir.
Jismoniy-sog’lomlashtirish ishlari haqida so’z borganda shuni qayd etish lozimki, ko’pchilik mamlakatlarda «fitnes» (jismoniy tayyorlik), «fizikl ed’yukshn» (jismoniy tarbiya) va albatta, «sport» tushunchalari qo’llaniladi.
Jismoniy tayyorlik jismoniy mashqlar, atletik gimnastika, yurish, yugurish, suzish va sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashq-larning noan’anaviy turlari vositasida yaxshilanadi.
SHuning uchun yoshlarni valeologiyaning tarkibiy qismi bo’lgan sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya shakllari, usul va vositalari bilan tanishtirish juda muhim.
SHunday qilib, sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya indi-vidual profilaktikaning asosi hisoblanadi va yoshlar salomatli-gini yaxshilash va asrashning samarali vositasi hisoblanadi. Ayni paytda u tanani sog’lomlashtirish, o’quv jarayoni va mehnat camara-dorligini oshirishning samarali usuli hamdir.
Individual profilaktika yoshlar salomatligini yaxshilaydi va jamiyatning demografik tuzilishi ijobiy tomonga o’zgarishiga yordam beradi. Jamiyatda qari insonlar soni ko’payayotgan bir davrda sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari faol ijodiy faoliyatni davom ettirishga yordam beradi va jamiyat mehnatga qobiliyatli aholining qo’shimcha zahiralariga ega bo’ladi.
Salomatlik borasida imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun mahsus sog’lomlashtirish va o’qitish ta’limi muhiti tashkil qilingan, chunki ularda jismoniy va aqliy rivojlanish hususiyatlari sog’lom bolanikiga nisbatan ancha orqada qolgan bo’ladi. Bunday bolalar uchun mahsus o’qitilgan o’qituvchilar tanlanadi va uyiga borib o’qitish tashkil qilinadi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun tibbiy ko’riklar ham mahsus tashkil qilinadi, shu tibbiy ko’rik natijasiga qarab sog’lomlashtiruvchi tadbirlar olib boriladi. Ular uchun mahsus nogironlar dispanseri tashkil qilingan, shu dispanserda yotib davolanish huquqiga ega bo’lishadi.
«Salomatlikni saqlash muhiti tizimlari»dasturga quyidagi bo’limlar kiritilgan: mehnat sharoiti va muhofazasini tashkil etish; tibbiy ta’minot; ratsional kun tartibini tashkil etish; jismoniy sog’lomlashtiruvchi tadbirlar; uy-joy xizmati; moddiy-texnik ta’minot; sanitar yorituv ishlari. Ushbu dasturniyanada takomillashtirish uchun pedagoglar, ota-onalar, xalq ta’limi, maxalla qo’mitalari vakillari jalb e’tilgan. Ota-onalarga bolalarni sog’lom barkamol o’sishi uchun nimalar zarurligini tibbiy xodimlar tomonidan tushuntirish ishlari olib boriladi. Pedagoglar esa o’qitish jarayonida ularni salomatligini mustaxkamlash uchun turli hil sog’lomlashtiriuvchi jismoniy mashqlarni tavsiya qilishi mumkin. Xalq ta’limi tomonidan esa salomatlikni saqlash uchun axoli o’rtasida ijroni amalga oshirilishini boshqaradi. Maxalla qo’mitalari vakillari esa maxallada yashayotgan axoli o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib boradi.
Salomatlik xolatini tashxislash uchun so’rab-surishtirish va qo’shimcha instrumental tekshirish olib boriladi. Ko’shimcha instrumental tekshirishlarga Uzi, rengen, flyuragrafiya, EKG, EGDS, kampyuter tomografiya kiradi. Tekishirshlarning xulosasiga asoslanib insonning axvoliga baho beriladi.
Aholi salomatligini asrash va mustahkamlash rivojla-nayotgan davlat sharoitida alohida ijtimoiy mazmun kasb etadi va quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi:

    • aholi madaniyati va hayot darajasini muntazam oshirish;

    • tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash;

    • ishlab chiqarish va turmush uchun optimal sharoitlarni yaratish;

    • har bir insonni, uning ilk bolalik chog’idan boshlab, jisoniy va ruhiy rivojlantirish;

    • sog’lom hayot tarzi, mehnat va dam olishning ratsional rejimini shakllantirish;

    • aholining turli qatlamlari xususiyatlarini e’tiborga olib har tomonlama gigienik tarbiyalash;

aholi salomatligini umumdispanserizatsiya asosida dina-mik kuzatish tizimini tadbiq etish.


Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin